Dunyo xalqlari madaniyatidagi umumiylik va farqlar Madaniyat tasodifan paydo bo'lgan emas, balki u turli bilimlar majmuidan, ishonch-e'tiqodlardan, san'atning barcha ko'rinishlaridan, jamiyatdagi axloqiy tamoyillar, qonun - qoidalardan, urf - odatlardan tashkil topadi. Shuningdek, inson jamiyat a'zosi sifatida o'zlashtirib olgan adolat, burch, mas'uliyat, tenglik, ozodlik, Vatan tuyg'ulari ham madaniyatning paydo bo'lib shakllanishiga ta'sir qilgan. Bir so'z bilan aytganda, madaniyat - insoniyatning butun faoliyatidagi to'g'ri yo'l va natijadir.
Madaniy turmush ancha ilg'or sharoitiga yetishgan bosqich ko'pincha “tsivilizatsiya“ degan nom bilan ham yuritiladi. Ammo madaniyat va sivilizatsiya aynan bir–biriga teng tushuncha emas. Madaniyat sinfiy jamiyatgacha bo'lgan davrda ham mavjud edi. Sivilizatsiya – insonlarning yovvoyi, ibtidoiy hayotdan qabila, millat, xalq bo'lib birlashuvi asosida yuzaga keldi. Keyinchalik har ikkalasi bir-birini to'ldirib bordi.Sivilizatsiya ko'proq moddiy madaniyatga, mehnat qurollari va ishlab chiqarish unumdorligi, jamiyat va davlatni boshqaruvchi qonunlar rivojiga nisbatan qo'llanadi: Yevropa sivilizatsiyasi, antik sivilizatsiya, xristian sivilizatsiyasi, musulmon sivilizatsiyasi, Sharq sivilizatsiyasi va h.
Mayya madaniyati Pasxi orolidagi sivilizatsiya Madaniyat va sivilizatsiya - o'tmish mahsuli, ayni paytda kelajak uchun, jamiyat taraqqiyoti uchun xizmat qiladi. Madaniyat insoniyatning moddiy, aqliy, siyosiy, badiiy faoliyati sifatida yuzaga keldi. Inson yovvoyi hayotdan sivilizatsiyalashgan hayotga o'tganda, madaniyat taraqqiy eta bordi. Ibtidoiy madaniyat davrini ba'zi olimlar jamiyat davri deb ham ataydilar.
Madaniyat va sivilizatsiya - o'tmish mahsuli, ayni paytda kelajak uchun, jamiyat taraqqiyoti uchun xizmat qiladi. Madaniyat insoniyatning moddiy, aqliy, siyosiy, badiiy faoliyati sifatida yuzaga keldi. Inson yovvoyi hayotdan sivilizatsiyalashgan hayotga o'tganda, madaniyat taraqqiy eta bordi. Ibtidoiy madaniyat davrini ba'zi olimlar jamiyat davri deb ham ataydilar.
Insoniyat madaniyatni shakllantirib, rivojlantira borar ekan, yakka shaxsning va butun jamiyatning axloqiy tamoyillarini, baxt – saodatga erishish yo'l - yo'riqlarini topishga intiladi. Madaniyat turli mamlakatlarda turlicha shaklda namoyon o'ladi. Ammo qay shaklda bo'lmasin, inson sivilizatsiyani tadrijiy ravishda o'rganib, o'zlashtirib borishga moyildir. Masalan, qadimgi Misr, Xindiston, Eron, Yunoniston va Rimda sivilizatsiya ilk bor madaniyatning shakllanishiga va dunyo madaniyati rivojiga zamin bo'ldi. Nima uchun qadimiyroq Sharq mamlakatlari emas, aynan Yunoniston va Rim davlatlari madaniyat beshigi bo'ldi, aynan boshqa amlakatlarda emas?-degan savol tug'iladi. Chunki aqliy va badiiy tafakkur ilk bor Yunoniston va Rimda shakllandi. Lekin Aflotun, Pifagor, Epikur, Eenon, Empedakl va boshqa yunon donishmandlari Misr va Hindistondagi ustozlardan ta'lim olganlar.
G'arb ulamolari fikricha, faqat Yunon va Rim madaniyati antik madaniyat deb yuritiladi. Antik madaniyat bilan qadimiy (arxaik) madaniyat aynan bir xil emas. Ular orasida ma'lum farqlar bor. Garchi Sharq madaniyati yunon – rim madaniyatidan qadimiy bo'lsa ham, yevropaliklar yunon - rim madaniyatini meros qilib oldilar va bu madaniyat Yevropa madaniyati izchilligini ta'minlagani, yevropaliklar uchun yunon - rim jamiyati yagona qadimiy jamiyat bo'lgani uchun “antik” terminini qo'llaganlar. Antik madaniyatning qadimiy madaniyatdan yana bir farqi-yangi madaniyatni, ya'ni Yevropa madaniyatini yuzaga keltirganidir.
G'arb ulamolari fikricha, faqat Yunon va Rim madaniyati antik madaniyat deb yuritiladi. Antik madaniyat bilan qadimiy (arxaik) madaniyat aynan bir xil emas. Ular orasida ma'lum farqlar bor. Garchi Sharq madaniyati yunon – rim madaniyatidan qadimiy bo'lsa ham, yevropaliklar yunon - rim madaniyatini meros qilib oldilar va bu madaniyat Yevropa madaniyati izchilligini ta'minlagani, yevropaliklar uchun yunon - rim jamiyati yagona qadimiy jamiyat bo'lgani uchun “antik” terminini qo'llaganlar. Antik madaniyatning qadimiy madaniyatdan yana bir farqi-yangi madaniyatni, ya'ni Yevropa madaniyatini yuzaga keltirganidir.
Antik madaniyatda san'at, mifologiya, din va boshqa ijtimoiy hodisalar ilk davrda qorishiq holatdagi ko'rinishga ega bo'lib, birinchi marta yaratildi, dunyoning boshqa joylarida bunday madaniyat hali yo'q edi. Antik madaniyat degan termin ana shu birinchi marta yaratilgan osori atiqalarga, yozma va og'zaki adabiyotga nisbatan qo'llanadi. Soddaroq qilib aytsak, antik davr madaniyatning “tug'ilish“ davri, ya'ni Yevropa madaniyatini paydo qilgan davrdir. Dunyoning boshqa hududlarida antik davrga oid madaniy yodgorliklar Aleksandr Makedonskiy yurishlaridan keyin paydo bo'ldi.Jumladan, O'rta Osiyodagi, xususan, O'zbekiston hududidagi “antik san'at” yoki ellinizm madaniyati degan termin aynan mil. avval. IV–III asrlardagi yodgorliklarga nisbatan qo'llanmoqda. Masalan, Yunonistondagi haykaltaroshlikning qadimgi O'zbekiston hududida paydo bo'lgani ana shu tarixiy jarayon bilan bog'lanadi. Haykaltaroshlik tasviriy va amaliy san'atni, mifologiyani, fol`klorni, mafkurani ifoda etadi. Bu davrda tafakkurda ham o'zgarish yuz berdi. Fikrlashda moddiy mavjud narsalarga nisbatan aqlda mavjud narsalar va tushunchalar asosiy o'rin egallay boshlaydi.
Jumladan, O'rta Osiyodagi, xususan, O'zbekiston hududidagi “antik san'at” yoki ellinizm madaniyati degan termin aynan mil. avval. IV–III asrlardagi yodgorliklarga nisbatan qo'llanmoqda. Masalan, Yunonistondagi haykaltaroshlikning qadimgi O'zbekiston hududida paydo bo'lgani ana shu tarixiy jarayon bilan bog'lanadi. Haykaltaroshlik tasviriy va amaliy san'atni, mifologiyani, fol`klorni, mafkurani ifoda etadi. Bu davrda tafakkurda ham o'zgarish yuz berdi. Fikrlashda moddiy mavjud narsalarga nisbatan aqlda mavjud narsalar va tushunchalar asosiy o'rin egallay boshlaydi.
Antik davr odami ham jamiki insoniyatning hayot yo'lini bosib o'tgan. Dunyoqarash, tafakkur turli tarixiy davrlarda turli xil kechadi. Lekin Yunoniston va Rim madaniyatini birlashtirib turadigan ko'p jihatlar bor. Har ikkala mamlakatning ko'p sonli aholisi O'rta Yer dengizi havzasi atrofiga yoyilib ketgan edi. Ana shu tarqoq aholi O'rta Yer dengizi madaniyati deb atalgan madaniyatdan oziqlandilar. Har ikkala mamlakat ham tosh qurollarni, keyinroq temir buyumlarni o'zlashtirib olishda bir xil surat bilan bordilar. Ularning ishlab chiqarish imkoniyatlari va ijtimoiy tuzilishi, aqliy taraqqiyoti ham juda yaqin edi. Ammo Yunoniston va Rim madaniyati bora - bora keskin ajralib, har biri o'z yo'lidan ketdi, mustaqil, bir - birini takrorlamaydigan oqimni shakllantirdilar.