Globallashuv jarayonining yana bir o’ziga xos jihati shundan iboratki, hozirgi sharoitda u mafkuraviy ta’sir o’tkazishning nihoyatda o’tkir quroliga aylanib, har xil siyosiy kuchlar va mar-kazlarning manfaatlariga xizmat qilayotganini sog’lom fikrlaydigan har qanday odam, albatta, kuzatishi muqarrar.
Bu haqda gapirganda, men ilgari bildirgan ba’zi fikrlarni takrorlash o’rinli, deb o’ylayman.
Millatning ongini egallash
Eng achinarlisi shundaki, bu yovuz kimsalar hali ongi shakllanib ulgirmagan, tajribasiz, g`o`r yoshlarni o`z tuzog`iga ilintirib, bosh-ko`zini aylantirib, ulardan o`zlarining iflos maqsadlari yo`lida foydalanmoqda. Bu esa islomning insonparvarlik g`oyalarini obro`sizlantirshga sabab bo`lmoqda”.
E`tibor bering bir millatning ongini egallash uchun, eng avvalo, sog`lom aqlni zaiflashtirish yoki umuman bartaraf etish talab etiladi. Sog`lom aql, “o`chirilgach” esa, insonni aql bovar qilmas afsona va uydirmalarga ishontirish oson bo`ladi.
Globallashuv tufayli vujudga kelgan ma`naviy tahdid
Globallashuv tufayli vujudga kelgan ma`naviy tahdid va ommaviy ma`naviy qarashlar milliy qashshoqlanishga va jamiyatning istiqbolli taraqqiyoti yo`lida katta to`siqni yuzaga keltiradi. Bizga tarixdan ma`lumki har qanday millatning, xalqning yoki ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy inqirozning yo`qlikka mahkumligi ko`pincha milliy-ma`naviy qashshoqlashish va yemirilish tasirida sodir bo`lgan. O`tmishda biror mamlakat qurolli kuch bilan bo`ysundirilgandan so`ng xalqining milliy birligi va ma`naviyatini, madaniyatini, milliy qadriyatlari hamda yozuvini yo`q qilishga asosiy diqqat e`tiborini qaratishgan bo`lsa, hozirgi globallashuv jarayonida esa xalqlarni bo`ysundirish va hukmronligini qo`lga olish uchun ommaviy axborot vositalari orqali g`arblashgan ma`naviy qarashlarning targ`ib qilinayotganini o`zi kifoya bo`lmoqda. Ular globallashuv niqobi ostida G`arbning ma`naviy yengil-yelpi va xalqlar ongu-shuurini, qashshoq qarashlarini ilg`or va hammabop deb ko`rsatib insonlarning ongi va qalbida, dunyoqarashi va fikrlashida, e`tiqodi va tafakkurida milliy mustaqillikka bo`lgan fidoyilikni yo`qotishni maqsad qilib olgan eng beozor usullaridir.