Didaktika, uning tamoyiliari va o‘quv jarayonini tashkil etish
Didaktik sakkizburchak. 0‘qish (o‘rganish)ning maqsadi nazorat qilish
Dars o‘tish metodlari va unga turli jihatdan yondashish
Didaktika va metodikaning maqsadi: ta’lim berish, o'qitish, o'rgatishni amalga oshirishdir. Didaktika «nimani?» va «nima uchun?» o‘qitish kerak degan savollar bilan shug'ullansa, metodika esa u bilan uzviy bog‘liq holda «qay tarzda, qanday?» va «nimalar yordamida o'qitish?» lozim masalalari bilan shug‘u)lanadi. Didaktikaning an’anaviy «qanday o'qitish kerak?» degan savoli bizni o'qitish metodlari kategoriyasiga olib keladi. Metodlarsiz qo'yilgan maqsadlarga erishib bo'lmaydi. U qo'yilgan maqsad bilan natijani bog'laydi.
«Metod» atamasi yunoncha «methodos — tadqiqot yoki bilish yo'li, nazariya, ta’limot» so'zidan kelib chiqqan bo'lib — tadqiqot yo'li, liaqiqalga ifililisli, bilisli, liarakaf qilish yo'llari, kutilayotgan natija^a erishish usuli ma’nosini anglatadi. Metod deganda voqyelik- ni amaliy yoki nazariy o'zlashlirish usullari tushuniladi. Faoliyatning lurli jabhalarini o'rganishni qamrab olgani holda ilmiy bilish va uning usullari metodikaning asosiy yo'nalishidir. Unda ta’lim va larbiya berish usullari asosiy o'rinda turadi. Metod — o'qituvchi bilan o'quvchi-talabalarning ta’lim-tarbiyadan qo'yilgan maqsadga erishishga qaratilgan tartibga solingan, tizimlashtirilgan faoliyatdir.
Metod nihoyatda serqirra bo'lib, juda ko'p komponentlarni jamlaydi. Uning qirralariga: ta’lim-tarbiyaning maqsadi; o'qituvchi tanlagan maqsadga yetish usullari; o'qituvchi bilan o'quvchi- talabalarning hamkorlik qilish yo'llari; ta’lim maqsadini aniq o'quv materiali mazmunida ifodalash; ta’lim-tarbiya jarayonining (qonun, qonuniyatlar, prinsiplar) mantig'i; axborotlar manbasi; o'qituvchining mahorati; ta’lim-tarbiya jarayoni qatnashchilarining faolligi; o'qitish vositalari va usullari tizimi va boshqalarni yozish mumkin. Murakkabligi uchun ham metodni yagona ma’noga ega tarzda ifodalash qiyin. Shu bois metodning mazmun-mohiyatini, sifatlarini soddalashtirilgan variantdagi ta’riflarda berishga to'g'ri keladi.
O'qitish metodlarining serqirraligi, murakkab tuzilishga ega ekanligi unga turli jihatdan yondashuvlarda o'z ifodasin1 topadi. P. Podlasiyning fikricha, metod-jarayonning o'zagi, rejalashtirilgan maqsadni yakuniy natija bilan bog‘lovchi bo‘g‘in. Uning «Maqsad — mazmun — metodlar — shakllar - o‘qitish vositalari» tizimidagi roli hal qiluvchidir1. Pedagogik amaliyotda, an'anaga muvofiq, o‘quv - tarbiyaviy maqsadlarga erishish uchun qo'llanilayotgan, tartibga solingan faoliyat usuli metod deb tushuniladi. Bunda o‘qituvchining o‘qitish faoliyati usullari bilan o'quvchining o'qish faoliyatining usullari bir-biriga bog'liqligi ta’kidlanadi.
0‘qitish metodi quyidagicha tavsiflanadi: o'qitishning maqsadi, o‘zlashtirish usuli^ o‘quv jarayoni qatnashchilari (o'qituvchi-; o‘quvchi, talaba)ning o‘zaro munosabati. Ta'lim metodlari bir tomondan, obyektiv xarakterga ega bo'lib, qaysi pedagog qollashidan qat’i nazar, doimiy amal qiladigan mustahkam qonun-qoidalar bilan bog‘liq. Ular barcha didaktik qoidalar, qonunlarning talabi hamda maqsadlarning doimiy komponentlari, o'quv faoliyatining mazmuni, shaklini ifodalaydi. Ikkinchi tomondan, subyektiv xarakterga ega bo'lib, u pedagog shaxsi, o'quvchi-talabalarning o'ziga xos tomonlari, aniq sharoit bilan belgilanadi, Metodlarning obyektiv hamda subyektiv xarakteri haqidagi fikrlar xilma-xildir. Metodlarning obyektiv xarakterini butunlay inkor qilib, uni to'liq subyektiv xarakterga ega, shuning uchun ham takrorlanmasdir, u har bir pedagogning ijodi tarzida yuzaga chiqadi, degan fikr bildiruvchilardan tortib, uning tamomila aksi bo'lgan, tola obyektiv xarakterga ega deydiganlar ham mavjud. Haqiqat, odatda, barcha fikrlarning o‘rtasida tug ‘Uadi. Aynan hamma metodlar uchun doimo umumiy bo'lgan obyektiv tomoni, didaktika nazariyasi, ko'p holatlarda esa eng yaxshi bo'lgan amaliyot yo'llari tavsiya etiladi. Metodlarning obyektiv jihatlarida barcha didaktik qoidalar, qonunlar, tamoyillar, ta’riflar, mazmun butunligining doimiy komponentlari, o'quv faoliyatining shakllariga xos bo'lgan umumiy tomonlar aks etadi. Metodlarning subyektiv jihati pedagog shaxsi, uning mahorati, ta’lim oluvchilarning o'ziga xosligi va aniq sharoitga bog'liq. Dars jarayoni har ikki tomon bir butun bo'lib, birlashgan holda tashkil etiladi. Uning amaliy ifodasi qo'yilgan maqsadga ко' ra eri- shilgan natijada o'z aksini topadi. Metodlarning obyektiv jihatini didaktik prinsip nuqtayi nazaridan talqin etish, uning nazariyasini
Tarbiyalash funksiyasi: O'quv materialini o‘rganish, o‘zlashtirish jarayoniga mustaqil qarash, fikrlash, iroda xususiyatlari, axloqiy, ma’naviy qarashlar- ning shakllanishiga olib keladi.
Bilim olishga da’vat etish, istak, xohish uyg'otish funksiyasi: Metodlar talabalarni bilim olishga da’vat qiluvchi vosita hisoblanadi. Asosiy, gohida bilishga qiziqtiruvchi, istak, xohish tug‘diruvchi yagona stimulyator vazifasini bajaradi.
Nazorat funksiyasi: Metodlar yordamida o‘qituvchi o‘quvchi, talabalarning bilimini nazorat qilibgina qolmay, o‘quv jarayoni natijalariga ko‘ra unga zarur o'zgartirishlar kiritadi.
Dars jarayonidagi metodlar qo‘llash imkoniyatlariga ko‘ra quyi- dagi sifatlarni o‘z ichiga oladi:
Bilim berish, idrok etish, o‘zlashtirish, e’tiqodni ta’min- lovchi metodlar. Bu guruhga ma’ruza, talabalarning mustaqil ishlari, mustaqil tahsil olish bo‘ykha ishlar, ishlab chiqarish jarayonlarini kuzatish, maslahatlar, ko‘rsatmalar berish, ommaviy axborot, dasturlashtirilgan materiallarni idrok etish va boshqalar kiradi.
Bilimlarni tatbiq etish va mustahkamlash, malaka va ko‘nik- malarni hosil qilish, e’tiqodni chuqurlashtirish metodlari. Bu guruhga seminar, amaliy, laboratoriya mashg‘ulotlari, nazorat ishlarini bajarish, dasturlashtirilgan o'qitish kabinetlaridagi mashg‘u-lotlar, ishlab chiqarish amaliyoti kiradi.
Bilimlar, e’tiqodlami shakllantirish, talabalarning kasbiy tay- yorgarligini aniqlash metodlari. Bu o‘quv jarayonining reytinglari, kollokviumlar, suhbat o'tkazish, kurs va bitiruv malakaviy ishlari, davlat attestatsiya natijalarini baholash kabilarni o‘z ichiga oladi. .
Metodlarni ajratib turuvchi sifatlarga: birinchi guruhda bilimni idrok qilish va o‘zlashtirish, ikkinchi guruhda tatbiq etish va mustahkamlash, uchinchi guruhda attestatsiya va olingan bilimlar darajasini aniqlash kiradi.
Metodlarni fanlarni o'rganishdagi qo'llashdagi qamroviga ko'ra uch guruhga bo'lish mumkin: umumiy metodlar, turkum fanlarni o‘rganishda qo'llaniladigan va xususiy metodlar
Dars o‘tishning umumiy metodlari barcha fanlarni o‘rganishda qo‘llaniladi. Masalan, savol-javob, suhbat, tarqatma materiallardan foydalanish kabilar.
Ayrim metodlarni esa ma’lum turkum fanlarni o‘qitishdagina qo‘llash mumkin. Bularga masala yechish, munozara kiradi.
Xususiy metodlar faqat ayrim olingan fanni o'rganishda qo'llaniladigan metodlar yoki usullar bo'lib, u o‘rganilayotgan fanning xususiyatidan kelib chiqib qo‘llaniladi.
Didaktik tadqiqotlar mashg‘ulot o‘tkazishni dialektik jarayon sifatida o‘rganadi. Unga ko‘ra:
O'qitish metodlari tizimi dinamikada, harakatda, ta’lim tizimida yuz berayotgan barcha o'zgarishlarni hisobga olgan holda o‘zgaradi, rivojlanadi, deb qaraladi.