INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND TECHNICAL CONFERENCE
“DIGITAL TECHNOLOGIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS OF PRACTICAL
IMPLEMENTATION IN THE SPHERES”
APRIL 27-28, 2023
626
muassasalari o‘z
hisobini yuritadi, ammo ularning tizimi to‘lik markaziy hisob tizimiga
birlashtirilgan, bu tizim Moliya vazirligi tomonidan boshqariladi.
Mamlakatda Moliya vazirligi barcha byudjet muassasalariga hisob yuritish borasida to‘liq
xizmat ko‘rsatadi. Bu xizmat to‘lovlarni amalga oshirishning barcha bosqichlarini o‘z ichiga oladi.
Yaponiya banki hukumat uchun paralel ravishda byudjet-soliq sohasidagi barcha hisob-kitoblarni
yuritadi, shuningdek, Moliya vazirligi umumiy buxgalteriya hisobi
va hisobotini boshqarish va
tartibga solish bo‘yicha javobgar. Bu borada Yaponiya dunyoda yagona davlat hisoblanadi. AQSh
va Avstraliyada davlat byudjeti daromadi ijrosida g‘aznachilik faol rol o‘ynaydi. U o‘zining
soliq
va bojxona boshqarmalari orqali bank tizimi bilan o‘zaro aloqada bo‘lib, barcha soliq va bojxona
bojlarni yig‘ishga javob beradi. G‘aznachilik Avstraliyada soliq boshqarmasi soliqlar to‘lovlari
bo‘yicha tushumlarni ta’minlaydi. Angliya va Frantsiyada g‘aznachilik soliqlar va bojxona
to‘lovlarini yig‘ishda ishtirok etmaydi. U faqatgina jamlanma fondga va g‘aznachilikning yagona
hisobraqamiga kelib tushgan jami tushumlarni kuzatadi. Byudjetning xarajat bo‘yicha ijrosida
AQSh, Avstraliya va Angliya g‘aznachiligi passiv rol o‘ynaydi.
Amerika qo‘shma shtatlarida
bugungi kunda g‘aznachilik – bu hisob siyosati, pul
belgilarini yaratish, iqtisodiy siyosat loyihalarini ishlab chiquvchi yagona muassasasidir. AQShda
g‘aznachilik uchta asosiy funksiyani bajaradi:
1.
Mamlakat Prezidentining ichki va tashqi moliya siyosatini ishlab chiqish, soliq
siyosatini yuritish va davlat qarzlarini boshqarish bo‘yicha asosiy iqtisodiy maslaxatchisidir.
2.
G‘aznachilik davlatga moliya xizmati ko‘rsatish bo‘yicha funksiyalarni bajaradi:
davlat pul mablag‘larini hisobga olish;
omonat obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni chiqarish;
soliq to‘lovlari va bojxona bojlarini yig‘ish;
milliy banklar faoliyatini nazorat qilish;
tangalar zarb qilish, qog‘oz pullar va pochta markalari chiqarish.
3.
Qonunni ijro etuvchi tashkilotchisi sifatida g‘aznachilik Prezident, Vitse prezident
ularning oilasi, ushbu lavozimga nomzodlar xavfsizligini ta’minlaydi. U firibgarlar, kontrabandist,
butlegerlar, davlat chek va qimmatbaxo qog‘ozlarini qalbakilashtirgan
shaxslarni qidirish,
jazolash, o‘q otar qurollar savdosini nazorat qilish va qonun nazorati bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi
60 dan ortiq federal tashkilotlarni nazorat qiladi. Yuqoridagilarga qo‘shimcha ravishda
g‘aznachilik AQSh hukumatining tashqi aloqalar bo‘yicha vakilidir. AQSh tomonidan XVF,
XTTB, Amerika tarakiyot bankining boshqaruvchisidir. Shuningdek AQSh G‘aznachiligi ko‘p
sonli qo‘mita va uyushma, sug‘urta fondining a’zosidir.
Rossiya Federatsiyasida
Federal byudjetning daromadlari va xarajatlari ijrosida byudjet
ijrosi jarayonidagi g‘aznachilik texnologiyasi tahlil qilindi va davlat moliyasini boshqarish
tizimining mintaqa darajasida g‘aznachilik organlari faoliyatida qator omillar aniqlandi. Federal
g‘aznachilik organlari faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadigan qator omillar tizimlashtirildi.
Rossiya Federatsiyasida G‘aznachilikni turli bo‘linmalari faoliyatini
avtomatlashtirish
uchun daromadlar hisobini yuritishda, soliq to‘lovchilardan tushgan tushumlarni turli darajadagi
byudjetlar o‘rtasida taqsimlashda davlat byudjeti ijrosining “Kazna” PPP (paket prikladnix
programm) daromad moduli yaratilgan va amaliyotga kiritildi (2-rasm). Rossiya Federatsiyasi
g‘aznachiligining asosiy vazifalari va funksiyalari quyidagilardan iborat: