INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND TECHNICAL CONFERENCE “DIGITAL TECHNOLOGIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS OF PRACTICAL IMPLEMENTATION IN THE SPHERES” APRIL 27-28, 2023 627
byudjet va byudjetdan tashqari fondlarni holati to‘g‘risida yuqori ijro organlariga
hisobot berish borasida axborot tizimida ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish;
turli darajadagi byudjetlarni tashkillashtirish, amalga oshirish va nazorat qilishni
kassaning yagonaligi prinsipiga asosan g‘aznachilik hisob raqamlarida daromadlar va xarajatlarni
boshqarish;
byudjetlararo munosabatlar hamda byudjetdan tashqari jamg‘armalarning
moliyaviy munosabatlarini tartibga solish, jamg‘arma mablag‘larining tushumi va ularning ijrosi
yuzasidan nazorat qilish;
davlat moliyaviy resurslarining qisqa muddatli prognozi hamda ushbu resurslardan
tasdiqlangan byudjet parametrlari doirasida axborot tizimida tezkor boshqaruvni amalga oshirish;
Rossiya Federatsiyasining Banki va boshqa biriktirilgan banklari bilan birgalikda
ichki va tashqi qarzlarni boshqarish va ularga xizmat ko‘rsatish;
g‘aznachilikka oid tegishli qo‘llanma va yo‘riqnomalarni ishlab chiqish, byudjet
tasnifi loyihasini tayyorlash.
2-rasm. Elektron byudjetning arxitekturasi Xulosa qilib aytganda , xorijiy davlatlarning g‘aznachiligida axborot tizimlarini qo‘llash
tajribalarini o‘rganib, g‘aznachilikda axborot tizimini doimiy ravishda takomillashtirib borish
zarurligi, unga raqamli texnologiyalarni, raqamli platformalarni va sun’iy intellektni qo‘llash
lozim ekanligi tasdiqlandi. Natijada quyidagiga erishish mumkin:
Davlat organlari, davlat muassasalarining moliyaviy faoliyati va moliyaviy ahvoli,
ularning aktivlari va majburiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning mavjudligini oshirish;