Proceedings of International Conference on Scientific Research in Natural and Social Sciences
Hosted online from Toronto, Canada.
Date: 5
th
April, 2023
ISSN: 2835-5326
Website: econferenceseries.com
55 |
P a g e
MAHALLIY BYUDJETLARNI PROGNOZLASHTIRISHNING ILMIY-
USLUBIY ASOSLARI
PhD Ergashov Jamshid Ashurovich
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti mustaqil tadqiqotchisi
Annotasiya:
Maqolada iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish sharoitida mahalliy byudjet
daromadlari bazasini kengaytirish va mahalliy soliqlarni
hisoblash mexanizmini
takomillashtirish masalalari, hozirgi kundagi holati va boshqaruvda joriy etishning
xorij tajribasi chuqur tahlil qilib o‘rganilgan. Mahalliy byudjet daromadlarining
konseptual asoslarini chuqur o‘rganish va ularning barqarorligini ta’minlash
bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish zarurligi asoslandi. Soliqlarning mahalliy
byudjetlar daromadlarini shakllantirishdagi ahamiyati
va mahalliy byudjet
daromadlarini oshirish hamda mahalliy soliqlar ro‘yxatini kengaytirish yuzasidan
amaliy taklif va tavsiyalar taklif etildi.
Kalit so‘zlar: byudjet salohiyati, byudjetlararo transfert, mahalliy byudjet, mahalliy
byudjetlar
daromadlari, mahalliy byudjetlar xarajatlari,
mahalliy soliqlar, soliqli
daromadlar, moliyaviy mustaqillik, mahalliy boshqaruv.
Kirish:
Jahonda global miqyosdagi integratsiya va raqobatlashuvning kuchayishi sharoitida
davlat byudjetini prognozlashtirish uslubiyotini takomillashtirishga
doir ilmiy-
tadqiqotlarning ahamiyati oshib bormoqda. Daromadlarni prognozlash jarayonini
bashorat
qilish va sifatli prognozlash, eksponensial tekislash va yagona tenglama
regressiya
prognozi, makroiqtisodiy daromadlarni prognozlashda xarajatlarni
prognozlash, o‘rta muddatli
byudjetni rejalashtirish, natijaga yo‘naltirilgan
byudjetlashtirish, dasturiy-maqsadli usulda byudjetni rejalashtirish uslubiyotini
takomillashtirish, davlat byudjeti prognoz xatoliklarining
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishga ta’siri bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar bu boradagi ustuvor
yo‘nalishlardan hisoblanadi.