Mahalliy byudjetlarni prognozlashtirishning ilmiy uslubiy asoslari



Yüklə 344,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix13.06.2023
ölçüsü344,63 Kb.
#129691
1   2   3   4   5   6
 
Tadqiqot metodologiyasi.
Mazkur maqolada korxona moliyaviy barqarorligini ta’minlashda raqamli 
texnologiyalardan foydalanish va bu orqali boshqaruv faoliyati samaradorligini 
yanada oshirish, so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan ishlar, bu borada xorij 
tajribasi atroflicha tahlil qilingan. Tahlil jarayonida ilmiy abstraksiyalash, ekspert 
baholash, induksiya va deduksiya, taqqoslash, tizimli tahlil usullaridan 
foydalanilgan. 
Tahlil va natijalar. 


 
 
Proceedings of International Conference on Scientific Research in Natural and Social Sciences 
Hosted online from Toronto, Canada. 
Date: 5
th
April, 2023 
ISSN: 2835-5326 Website: econferenceseries.com
56 | 
P a g e
Davlatning byudjet tizimining birlamchi asosini rejalashtirish hisoblanadi. 
Rejalashtirish o‘z navbatida tarkibiy jihatdan daromadlar va xarajatlarni 
rejalashtirishni qamrab oladi. Byudjet tizimi byudjetlarining daromadlari va 
xarajatlarini rejalashtirish garchi, ular mazmunan pul mablag‘larining harakatlarini 
rejalashtirishga xizmat qilsada, ularning har birining o‘ziga xos xususiyatli jihatlari 
mavjuddir. Aslini olganda fikrimizcha, byudjetning daromadlarini rejalashtirish 
undan qilinadigan xarajatlarning moliyaviy manbasini aniqlashga xizmat qiladi, shu 
jihatdan moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash asosida ularning ma’lum bir qismini 
jamiyat manfaatlariga mos ravishda qayta taqsimlashni amalga oshiradi, pul 
oqimlarining harakatini ta’minlaydi. Davlat o‘zining iqtisodiy funksiyasini bajarish 
maqsadida markazlashtirilgan pul fondlari shaklidagi davlat byudjeti orqali milliy 
iqtisodiyotni bir maromda boshqarish, ijtimoiy muammolarni hal etish uchun unga 
zarur bo‘ladigan moliyaviy mablag‘larga ega bo‘lishning muhim vositasi sifatida 
tashkil qilingan byudjet tizimi byudjetlarini shakllantirishga iqtisodiy zaruriyat 
tug‘iladi. Bu iqtisodiy zaruriyat esa turli darajadagi (davlat, mahalliy, munitsial) 
byudjetlarni taqozo etadi.
Mantiqiy va uslubiy jihatdan olganda mahalliy byudjetlarni prognozlashtirishning 
mohiyatini anglash uchun avvalo mahalliy byudjetning o‘zining ijtimoiy-iqtisodiy 
mohiyatini aniqlab olish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Aksariyat iqtisodiy 
adabiyotlar, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksiga muvofiq, 
O‘zbekistonda Davlat byudjeti O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti 
hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar 
mahalliy byudjetlaridan, o‘z navbatida byudjet tizimi byudjetlari esa, O‘zbekiston 
Respublikasining Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari va 
byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalaridan tashkil topadi. 
Mazkur 
Kodeksning 
3-moddasida 
belgilab 
qo‘yilganidek, “O‘zbekiston 
Respublikasining Davlat byudjeti - davlatning davlat vazifalari va funksiyalarini 
moliyaviy jihatdan ta’minlash uchun mo‘ljallangan markazlashtirilgan pul 
jamg‘armasidir” deb belgilab qo‘yilgan bo‘lsada, ammo, mahalliy byudjetga aynan 
ta’rif keltirilmagan. Biroq, ushbu moddada shuningdek, byudjet jarayonining 
mazmuni keltirilgan holda, uni “byudjet tizimi byudjetlarini shakllantirish, tuzish, 
ko‘rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash va ijro etish, ularning shakllantirilishini, 
tuzilishini hamda ijrosini nazorat qilish, byudjet tizimi byudjetlarining ijrosi 
to‘g‘risidagi hisobotlarni tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek ular o‘rtasidagi 
o‘zaro munosabatlar jarayoni”
1
sifatida tavsiflangan. Keltirilgan mazkur ikki 
ta’rifning mazmuni esa quyi darajadagi davlatning pul fondlari sifatida amal 
qilayotgan mahalliy byudjetlarning xususiyatini ko‘rish mumkin. Xuddi Davlat 
1
 
https://lex.uz/acts/2304138
. Ўзбекистон Республикасининг Бюджет кодекси. 3-моддаси. 



Yüklə 344,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin