Mahalliy byudjetlarni prognozlashtirishning ilmiy uslubiy asoslari



Yüklə 344,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix13.06.2023
ölçüsü344,63 Kb.
#129691
1   2   3   4   5   6
 
 
Proceedings of International Conference on Scientific Research in Natural and Social Sciences 
Hosted online from Toronto, Canada. 
Date: 5
th
April, 2023 
ISSN: 2835-5326 Website: econferenceseries.com
57 | 
P a g e
byujdeti singari mahalliy byudjetlar ham davlatning davlat vazifalari va 
funksiyalarini moliyaviy jihatdan ta’minlash uchun mo‘ljallangan bo‘ladi, o‘z 
navbatida mahalliy byudjetlar Respublikamizda byudjet tizimining byudjeti sifatida 
shakllantirish, tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash va ijro etish 
bosqichlarini qamrab oladi. 
I.Mыslyaevaning fikriga ko‘ra, “davlat byudjeti – bu davlatning asosiy moliyaviy 
rejasi bo‘lib, unda byudjet pul munosabatlari tizimi sifatida miqdoriy ifodalanadi, 
o‘z navbatida, aynan byudjet rejasi – mamlakatning eng muhim moliyaviy hujjati 
tuziladi, ko‘rib chiqiladi, tasdiqlanadi va ijro etiladi. U asosiy markazlashtirilgan pul 
mablag‘lari jamg‘armasini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish 
bo‘yicha iqtisodiy munosabatlarni aks ettiradi.
2
O‘zbek olimi prof. T.Malikovning 
ta’riflashicha, “Mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi ko‘rinishida qonuniy 
rasmiylashtirilgan, davlat pul fondlarini yaratish (shakllantirish) va ulardan 
foydalanish borasidagi iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlar majmui davlat byudjeti 
deyiladi”
3
. Bu keltirilgan ikkita ta’rifning mohiyatiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, 
davlat byudjetining davlatning muhim moliyaviy rejasi va yirik pul fondi sifatidagi 
muhim iqtisodiy-moliyaviy va ijtimoiy xususiyati ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lsa, qonun 
hujjati bo‘lgan Byudjet kodeksidagi yuqorida keltirilgan davlat byudjetining 
ta’rifida ham aynan uning davlatning pul fondi ekanligi tavsiflangan.
Ammo, O‘zbekistondagi amalda bo‘lgan qonun hujjatlarida mahalliy byudjetlarning 
mohiyatini ochib beradigan normalar berilmagan, shu boisdan mahalliy byudjetlar 
Davlat byudjeti tizimi tarkibida bo‘lganligi sababli biz uning mohiyatini Davlat 
byudjetining mohiyatidan keltirib chiqarishga harakat qilamiz. Avvalo, mahalliy 
byudjetga berilgan ayrim iqtisodchi olimlarning ta’riflarini tahlil qiladigan bo‘lsak, 
A.A.Shernaev, N.E.Jiyanovalarning fikricha, “mahalliy byudjet – Davlat byudjeti 
ning daromad manbalari va ulardan tushumlarni, shuningdek, xarajat yo‘nalishlari 
va moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratilgan mablag‘lar miqdorini 
nazarda tutuvchi tegishli viloyat, tuman, shaharning pul mablag‘lari jamg‘armasidan 
iborat qismidir.
4
O‘z navbatida prof. T.Malikovning ta’rif berishicha esa, “mahalliy 
byudjet – Davlat byudjetining tegishli viloyat, tuman, shahar pul mablag‘lari fondini 
tashkil etuvchi bir qismi bo‘lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar 
2
Мысляева И.М. Государственные и муниципальные финансы: Учебник. Изд. 2-е, перераб. и доп. — М:
ИНФРА-М, 2013. - 360, с. 100 
3
Маликов Т.С., Олимжонов О.О. Молия. Дарслик / Тошкент Молия институти. – Тошкент: 2019. 386-б. 
4
А.А.Шернаев, Н.Э.Жиянова Давлат молиясини бошқариш. 5А230601 – «Давлат молиясини бошқариш», 
5А230604 «Халқаро молия» магистратура мутахассислари учун дарслик. – Т.: ТФИ, 2019. – 365 б.



Yüklə 344,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin