Reja: Davlat tilida ish yuritish fanining maqsad va vazifalari



Yüklə 25,66 Kb.
tarix31.03.2023
ölçüsü25,66 Kb.
#91862
Reja Davlat tilida ish yuritish fanining maqsad va vazifalari


Mavzu: Davlat tilida ish yuritish kursining maqsad, vazifalari, obyekti va predmeti
Reja:
1. Davlat tilida ish yuritish fanining maqsad va vazifalari.
2. Davlat tilida ish yuritish fanining obyekti va predmeti.
3. Davlat tilida ish yuritish faning hozirgi zamon dolzarbligi va ahamiyati.
Mamlakatimizda hujjatlarni davlat tilida rasmiylashtirish, ish yuritishni o‘zbek tilida olib borish masalasi dolzarb muammolardan biri bo‘lib, ish yuritish sohasida bir qator islohotlar amalga oshirilgan, me’yoriy hujjatlar qabul qilingan.

Xususan, 1999-yil 29-martda O‘zbe­kiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi 140-qarori, Bosh vazir tomonidan 2009-yil 30-avgustda tasdiqlangan “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, ularning tarkibiy va hududiy bo‘linmalarida hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish hamda ijro intizomining ahvoli monitoringini olib borish tartibi”, Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-dekabrdagi 488-“Litsenziyalar blankalarini tayyorlash tartibi to‘g‘risida”gi hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida litsenziyalar reestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risi­dagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi, 2000-yil 25-iyuldagi 283-“Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlash, hisobga olish, saqlash, topshirish hamda ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari, idoralari, korporatsiyalari, konsernlari, uyushmalari, kompaniyalari va boshqa markaziy muassasalari apparatlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha Namunaviy yo‘riqnoma (O‘zR VM 29.03.1999-y. 140-sonli qarorining 2-ilovasi) shular jumlasidandir.

Lekin respublikamizda bugungi kunlarda ham davlat tilida ish yuritish jarayonlariga to‘liq amal qilinmoqda, deb bo‘lmaydi. Yuzaga kelgan holatni yaxshilash maqsadida 2020-yil 25-aprelda Adliya vazirligi davlat tilida ish yuritishni ta’minlamaganlik uchun mansabdor shaxs­larga javobgarlik belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Kons­­titutsiyasining 4-moddasiga muvofiq, O‘zbekistonda davlat tili o‘zbek tili ekan­ligi, «Davlat tili haqida»gi qonunning 9-moddasiga ko‘ra, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish davlat tilida yuritilishi va zaruriyatga qarab boshqa tillarga tarjima qilinishi kabi moddalarga asoslanib MJtKning 42-moddasiga: «Davlat organlari va tashkilotlarida ish yuritishda davlat tili haqidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etmaslik, mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi» degan to‘ldirish kiritishni taklif etgan.

Albatta, Adliya vazirligi tomonidan ilgari surilgan taklif muammoning hal qilinishiga ma’lum darajada imkon tug‘diradi, ammo, fikrimizcha, bu jara­yonni tizimli yondoshgan holda bosqichma-bosqich amalga oshirish ko‘zlangan maqsadga olib keladi.

Dastlab davlat va nodavlat tashkilot, korxona, muassasalarda davlat tilida ish yuritish nazariyasi va amaliyoti, boshqaruvni me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlash, asosiy faoliyat va shaxsiy tarkibga oid hujjatlarni rasmiylashtirish tartib-qoidalari to‘g‘risida malakaviy o‘qitish kurslarini tashkil etish lozim. Ularda sohaga oid mavjud huquqiy-me’yoriy hujjatlar, ilmiy adabiyotlar va davlat tilida ish yuritish bo‘yicha to‘plangan ilg‘or tajribalar, mutaxassislarning fikr, talab va takliflari kabi mavzular yoritiladi. Kerak bo‘lganida davlat tili bo‘yicha bir nechta mashg‘ulot o‘tkazilishi mumkin.

Shu bilan birga mashg‘ulotlarda tashkilotda ish yuritish xizmati faoliyati, hujjat turlari va ularni rasmiylashtirish tartibi, hujjat almashuvi, hujjatlarning rekvizitlari va mazmuni, hujjatshunoslik va yuridik nuqtayi nazardan to‘g‘ri rasmiylashtirish, ularni tartibga solish va saqlash, elektron shaklda ish yuritish kabi masalalar yuzasidan amaliy topshiriqlar beriladi. Hujjatlar matniga qo‘yilgan eng muhim talablar, hujjatlarning tayyorlanish xususiyati va darajasiga ko‘ra tavsiflanishi, rasmiy blankalar va ulardagi rekvizitlar, ariza, ma’lumotnoma, tarjimayi hol, tavsiyanoma, tavsifnoma, tavsifiy tavsifnoma, ishonchnoma, tilxat, tushuntirish xati, buyruq turlari va ularni rasmiylashtirish tartibi, farmoyish-tashkiliy hujjat, bayonnoma, axborot xati, iltimos xati, tahrir belgilari turlari, ishga qabul qilishda talab etiladigan hujjatlar va tashkilotda yuritiladigan boshqa turdagi hujjat matnlarini davlat tilida shakllantirish vazifalari bajariladi.

Malakaviy kursning maqsadi — ting­lovchilarda davlat tilida ish yuritish ko‘nikmalarini shakllantirish. Har bir xodim qaysi lavozimni egallashidan qat’i nazar, davlat tilida ish yuritish tartibi bilan yaqindan tanish bo‘lishi hamda kompyuter imkoniyatlaridan shaxsan o‘zi foydalanishni bilishi shart.

Davlat va nodavlat tashkilot, kor­xona, muassasalarda hamma darajada o‘tkaziladigan yig‘ilishlarning faqat va faqat davlat tilida olib borilishiga erishish hamda “vertikal” va “gorizontal” yo‘nalishda harakatlanadigan hujjatlarning standart shakllarini ishlab chiqish va davlat tili negizida elektron ish yuritish tizimini joriy etish lozim. Pandemiya tufayli aksariyat muassasalar onlayn rejimida elektron shaklda ish yuritishga o‘rgandi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Tabiiyki, tashkilotlararo hujjatlar almashish jarayonlarini davlat tilida olib borishni yo‘lga qo‘yish kerak bo‘ladi. Bu murakkab masala, chunki har bir tashkilot o‘ziga xos va mos sharoitda ish yuritadi, bir tashkilotni ish yuritish tizimi ikkinchisidan farq qiladi, ular orasida davlat tilida hujjat almashishni tashkil etish uchun maxsus andozalarga asoslangan hujjat turlarini yaratish va ularni Adliya vazirligi ro‘yxatidan o‘tkazish kerak bo‘ladi. Tashkilotlararo hujjat almashish jarayonlarining huquqiy-me’yoriy asoslarini yaratish va ular negizida elektron hujjat almashish tizimini yaratish lozim. Buni yo‘lga qo‘yish maqsadida internet tarmog‘iga ulangan yagona bulutli ma’lumotni qayta ishlash va saqlash markazini shakllantirish va joriy etish maqsadga muvofiq.

Respublikada “Elektron raqamli imzo”, “Elektron hujjat aylanishi”, “Axborotlashtirish” to‘g‘risida qonun hujjatlari qabul qilingan, lekin ular asosida davlat tilida ish yuritish jarayonlari talab darajasida emas. Tashkilotda va tashkilotlararo elektron shaklda ish yuritish jarayonlarini elektron raqamli imzodan to‘liq foydalangan holda yo‘lga qo‘yish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.

Fikrimizcha, davlat tilining jahon miqyosida mavqeyini ko‘tarish payti keldi. Aksariyat doktorantlarimiz, olimlarimiz o‘z ilmiy ishlari natijalarini nufuzli xorij jurnallarida chop ettirishga intiladilar. Buning uchun ular maqolalarini boshqa tilga, ya’ni ingliz, rus, xitoy, koreys va boshqa tillarga tarjima qilib, keyin chop etishga topshiradilar. Shu bilan birga, tanlagan soha yo‘nalishida kerakli ilmiy materiallarni izlaganda ularni muallif chop etgan tillarda izlab topadilar, so‘ng davlat tiliga o‘girib maqola mazmuni bilan yaqindan tanishadilar.

Bugungi kunda respublika olimlari­ning izlanishlarida olingan ilmiy natijalar, xorij olimlarini tobora qiziqtirib borayotgani sir emas. Shu sababli, respublika olimlari tomonidan ilmiy maqola va risolalarni nufuzli, tanilgan xorij nashriyotlarida ularning tilida emas, balki lotin alifbosidagi o‘zbek tilida chop ettirilishini yo‘lga qo‘yish payti keldi, degan fikrni olg‘a surmoqchiman.



Men bu borada hurmatli olimlari­mizga murojaat qilib, o‘z ilmiy natijalarini xorij jurnallarida ingliz yoki boshqa tilda emas, balki o‘zbek tilida chop ettirishlarini iltimos qilaman. Bizda olingan natijalar bilan tanishish uchun o‘zbek tili lotin alifbosidagi ilmiy maqolani o‘z tillariga o‘girib yoki o‘zbek tilini o‘rganib keyin tanishishlari mumkin bo‘ladi. Bugungi kunda maqolalarni boshqa davlatlarning tilida chop etadigan nashriyotlar soni tobora ko‘payib bormoqda.
Davlat tilida ish yuritish fani o’tilishidan ko’zda tutilgan maqsad universitetning tegishli fakultetini tugatib, oliy ma’lumotga ega bo’ladigan bo’lg’usi o’qituvchilar va murabbiylarimizga o’zlari tanlagan mutaxassisliklari hamda ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalar bo’yicha ona tilimizga oid, shuningdek, o’zlashma terminlar haqida tasavvur berish, ularning to’g’ri qo’llanilishi yuzasidan yo’llanma berish, amalda qo’llanilayotgan ish qog’ozlarining turlari, ularning namunalari, yozilishi, ularning o’ziga xos jihatlarini o’rgatish, ularning yetuk muataxassislar bo’lib yetishishlariga yaqindan yordam berishdir.Davlat tilida ish yuritish fani leksikologiya, morfologiya, sintaksis, uslubshunoslik kabi filologik fanlar, universitetda o’tiladigan barcha mutaxassislik fanlari bilan bevosita bog’liqdir. Chunki bugungi talaba ertangi pedagog-murabbiydir. U yosh avlodga o’zi mutaxassis bo’lgan fandan ta’lim beradi. Shuning uchun pedagog- mutaxassislarning nutqi ravon, tushunarli, ta’sirli bo’lishi talab etiladi. Talabalar bu fan orqali o’zbek tilining boy leksik imkoniyatlaridan kengroq foydalanish, terminlarni yaratish, o’zbek xalqining davlatchilik, hujjatchilik borasidagi an’analarini o’rganib, boy tarixi, madaniyatidan xabardor bo’libgina qolmasdan, ulardan unumli foydalanishni ham o’rganadilar.O’zbek hujjatchiligi tarixi uzoq davrlarni o’z ichiga oladi. Lekin mustabid tuzum siyosatining ta’siri ostida 30-yillardan keyin hujjatlarning asosiy qismi rus tiliga ko’chdi. O’zbek tilida esa barmoq bilan sanarli hujjatlar yuritilgan bo’lib, ularning ham ko’pchiligi rus tilidan aynan andoza qilib olingandi. Ayrimlarining esa normalari rus tilida qanday bo’lsa, o’zbek tilining xususiyatlari hisobga olinmay, xuddi shunday qo’llangan edi. Masalan: spravka, akt, raport, xarakteristika va boshqalar. 1989-yil 21-oktabrda O’zbektistonda o’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgach, hujjatlarning barchasi o’zbek tilida yuritilmoqda. Unga asosan, O’zbekistonda yoshovchi va faoliyat ko’rsatuvchi fuqarolar, qanday kasb egasi bo’lishlaridan qat’iy nazar ishlab chiqarishning barcha sohalarida ish yuritish o’zbek tilida olib borilishi shart deb belgilangan. “ Davlat tili haqida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasida: “ Muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalari muhrlari, tamg’alari va ish qog’ozlarining matnlari davlat tilida bo’ladi”, deb belgilab qo’yilganligini inobatga olsak, bu borada ko’pgina amaliy ishlarni bajarishga to’g’ri kelishini tasaxvvur qilish mumkin.1989-yil 21-oktabrda O’zbektistonda o’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgach, hujjatlarning barchasi o’zbek tilida yuritilmoqda. Unga asosan, O’zbekistonda yoshovchi va faoliyat ko’rsatuvchi fuqarolar, qanday kasb egasi bo’lishlaridan qat’iy nazar ishlab chiqarishning barcha sohalarida ish yuritish o’zbek tilida olib borilishi shart deb belgilangan. “ Davlat tili haqida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasida: “ Muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalari muhrlari, tamg’alari va ish qog’ozlarining matnlari davlat tilida bo’ladi”, deb belgilab qo’yilganligini inobatga olsak, bu borada ko’pgina amaliy ishlarni bajarishga to’g’ri kelishini tasaxvvur qilish mumkin.O’zbek xalqi va uning davlatchiligi tarixini xolisona o’rganishning ilmiy asoslarini shakllantirish, tadqiqotlarni zamonaviy talablar darajasiga ko’tarish, o’zbek davlatchiligining haqqoniy tarixini tarixiy manbalar asosida o’rganish, ish yuritish va arxiv ishi sohhasida yagona davlat siyosatini olib borish vazifalari belgilangan. “Zamonaviy davlat ish yuritish nazariyasi va amaliyoti, boshqaruvni me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlash” fanini o’qitish malakaviy kadrlar tayyorlashga yordam beradi. Mustaqillik davri arxivshunos, ish yurituvchi mutaxassislarni tayyorlashda bir qator amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini saqlash va ulardan ilmiy-amaliy maqsadlarda foydalanish sifatini oshirishda arxivshunos, ish yurituvchi kadrlarni tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, tashkilot, korxona va muassasalarda ish yuritishni tashkil etish, hujjatlarni to’g’ri rasmiylashtirish va tartibga solishni o’rgatish jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy muammolarni tartibga solishni ta’minlaydi.Zamonaviy davlat ish yuritish nazariyasi va amaliyoti asoslari, boshqaruv tizimini me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlashni o’rgatish orqali zamonaviy talablarga javob beruvchi malakali arxivshunos va ish yurituvchi mutaxassislarni tayyorlashga xissa qo’shishdan iborat. Hujjatlar u yoki bu hodisani tasdiqlash, qayd qilish, ro’yhatdan o’tkazish maqsadida tuziladi. Shuningdek, hujjat korxona, tashkilot va ayrim shaxslarning huquqini qayd qiladi. Hujjatlarning nazariy va amaliy jihatlari bilan birlashtirish, ish qog’ozlarining asosini o’rgatish hujjatchilik fanining zimmasida.Zamonaviy davlat ish yuritish nazariyasi va amaliyoti asoslari, boshqaruv tizimini me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlashni o’rgatish orqali zamonaviy talablarga javob beruvchi malakali arxivshunos va ish yurituvchi mutaxassislarni tayyorlashga xissa qo’shishdan iborat. Hujjatlar u yoki bu hodisani tasdiqlash, qayd qilish, ro’yhatdan o’tkazish maqsadida tuziladi. Shuningdek, hujjat korxona, tashkilot va ayrim shaxslarning huquqini qayd qiladi. Hujjatlarning nazariy va amaliy jihatlari bilan birlashtirish, ish qog’ozlarining asosini o’rgatish hujjatchilik fanining zimmasida.Zamonaviy davlat ish yuritish nazariyasi va amaliyoti asoslari, boshqaruv tizimini me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlash fanining maqsad va vazifalari fanning dolzarb muammolari, ish yuritish tili va uslubi, hujjat turlari, ish yuritishni tshkil etishning dolzarb muammolarini o’rgatishdan iborat.Zamonaviy davlat ish yuritish nazariyasi va amaliyoti asoslari, boshqaruv tizimini me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlash fanining maqsad va vazifalari fanning dolzarb muammolari, ish yuritish tili va uslubi, hujjat turlari, ish yuritishni tshkil etishning dolzarb muammolarini o’rgatishdan iborat.Hujjatchilikning muhim vazifasi – ma’muriy faoliyatni hujjatlashtirish, barcha hujjatlarni ishlab chiqish, ularni saqlashdir.Talabalarga hujjatchilik fanini o’ragatishdan maqsad:Hujjatlarning o’zi nima degan savolga javob bera olish, hujjatning o’rni, ahamiyatini talabalarga yetkazish;Hujjat turlari, shakllari va namunalarini tushuntirish;Ish qog’ozlarining uslubi, lug’aviy hamda grammatik xususiyatlari haqida nazariy ma’lumotlarga ega bo’lish;Sohaga oid hujjatlarning o’ziga xos xususiyatlari,tuzish, tayyorlash qoidalari va me’yorlarini nazariy hamda amaliy jihatdan o’rgatish, yo’l-yo’riqlar ko’rsatishdir. Talabalar, bo’lg’usi bakalavr- mutaxassislar Davlat tilida ish yuritish fanini o’rganish jarayonida quyidagi ma’lum tushuncha va tasavvurlarga ega bo’lishi lozim:Talabalar, bo’lg’usi bakalavr- mutaxassislar Davlat tilida ish yuritish fanini o’rganish jarayonida quyidagi ma’lum tushuncha va tasavvurlarga ega bo’lishi lozim:Davlat tili haqidagi Qonunning qabul qilinishi, uning yangi tahriri, moddalari, ularda ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalarning qamrab olinishi;Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risidagi Qonun, uning hayotga tadbiq etilishi, yangi alifbo tarkibi va tartibi, kirill yozuviga asosidagi alifbo bilan mushtarak va farqli tomonlari;Kirilll yozuvi asosidagi va yangi alifboga asoslangan imlo qoidalari, ularning umumiy va farqli jihatlari;O’zbek tili lug’at boyligi, so’zlarning bir va ko’p ma’noligi; so’zlarning shakldoshligi, ma’nodoshligi, zid ma’noligi, talaffuzda o’xshash bo’lib qolish xususiyatlari;O’zbek tili uslubshunosligi, og’zaki so’zlashuv uslubi, ommabop uslub, rasmiy ish qog’ozlari uslubi, badiiy uslub, ilmiy uslublarning o’ziga xos jihatlarini farqlashi hamda o’z nutqida qo’llay bilishi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” farmonlari ijrosini ta’minlash maqsadida, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida davlat tilining hayotimizdagi o‘rni va nufuzini oshirish, o‘zbek tilini siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy jabhalarda to‘laqonli joriy etish hamda faol qo‘llanilishini rag‘batlantirishga qaratilgan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” Respublika tanlovining “Davlat tilida ish yuritish yo‘lga qo‘yilgan eng yaxshi tizim” yo‘nalishi doirasida vazirlik va idoralar faol qatnashmoqdalar.

Xususan, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida ham ushbu tanlov shartlari doirasida Vazirlar Mahkamasi tomonidan shakllantirilgan Ishchi guruh a’zolari o‘rganish olib borishdi. Unda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tish ishlari bilan devonxona faoliyatidagi buyruq, xat va hujjatlarni ko‘zdan kechirishdi. Davlat tili imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanish, uning nufuzini oshirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni e’tirof etdi.
Yüklə 25,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin