Mahalliy byudjetlarni prognozlashtirishning ilmiy uslubiy asoslari



Yüklə 344,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix13.06.2023
ölçüsü344,63 Kb.
#129691
1   2   3   4   5   6
 
 
Proceedings of International Conference on Scientific Research in Natural and Social Sciences 
Hosted online from Toronto, Canada. 
Date: 5
th
April, 2023 
ISSN: 2835-5326 Website: econferenceseries.com
58 | 
P a g e
miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan 
mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi”
5

Agar, mahalliy byudjetlar bilan bog‘liq xorijlik va vatanimiz olimlarining boshqa 
fikrlarini tahlil qilganimizda, aksariyatining mazmuni yuqorida keltirilgan 
ta’riflarga o‘xshab ketadi, ya’ni ularda ham mahalliy byudjetlarni davlat 
byudjetining ajralmas qismi sifatida va davlatning moliyaviy majburiyatlarini 
bajarishga qaratilgan pul fondi ekanligi keltiriladi. Yuqorida keltirilgan polimikal 
ilmiy tahlilga asoslanib, biz ham mahalliy byudjetlarning xususiyatlarini ochib 
berishga harakat qilamiz. 
Birinchidan, mahalliy byudjetlar bu davlatning moliyaviy rejasi hisoblanadi. 
Moliyaviy reja esa, “umumiy va oddiy ko‘rinishda, moliyaviy rejalarni tuzish va 
amalga oshirish jarayoni nazarda tutiladi. Moliyaviy rejani, xuddi uni ishlab chiqish, 
yaratish yoki tuzish jarayoni kabi moliyaviy ko‘rsatkichlarni ijodiy tahlil qilish, 
umumlashtirish va o‘zaro bog‘lash tizimi sifatida tushunish kerak.” Moliyaviy 
rejalashtirish o‘z navbatida moliyaviy prognozlashtirishni taqozo etadi. Moliyaviy 
prognozlashtirishsiz esa moliyaviy rejalashtirish mukammal bo‘lmaydi. Mahalliy 
byudjetlar moliyaviy reja xususiyatiga ega bo‘lishi, uning elementlari bo‘lgan: 
daromadlar, xarajatlarni prognozlashtirishni talab qiladi. Mahalliy byudjetlarning 
daromadlarni prognoz qilish esa o‘z navbatida boshqa omillarga bog‘liq bo‘lishi 
bilan birgalikda, uni taqozo etuvchi holatlar ham mavjud bo‘ladi. Biz bu jarayonni 
keyinroq ko‘rsatib o‘tamiz. 
Ikkinchidan, mahalliy byudjetlar pul fondi hisoblanadi va shu xususiyati orqali u 
o‘zida moliyaviy mablag‘larni ifoda etadi. Bu moliyaviy mablag‘lar esa, davlatning 
funksiyasini bajarishni moliyaviy jihatdan ta’minlanishiga xizmat qiladi. Bu yerda 
mahalliy byudjetlar davlatning iqtisodiy-ijtimoiy funksiyasini bajarishning muhim 
omili sifatida yuzaga chiqadi. Davlatning moliyaviy-ijtimoiy funksiyasini bajarish 
imkoni maksimal bo‘lishi yoki barchasini to‘liq bajarish imkoni cheklangan. Albatta 
bu pul fondining moliyaviy mablag‘lariga bog‘liq bo‘ladi. Bu o‘z navbatida 
moliyaviy mablag‘larning hajmining chamalashni amalga oshirib borish zarur 
bo‘ladi. Shu jihatdan olganda mahalliy byudjetlar davlat funksiyalarini amalga 
oshirish vositasidir. 
Uchinchidan, mahalliy byudjetlar milliy daromadni qayta taqsimlam turishga xizmat 
qiladi. Mahalliy byudjetlar orqali milliy iqtisodiyotning tegishli hududi doirasida 
mamlakat miqyosida yaratilgan yalpi ichki mahsulotning bir qismini shu hududga 
taqsimlashni ta’minlaydi. Bu yerda mahalliy byudejtlarning makro va mikro 
darajada taqsimlovchi moliyaviy instrument xususiyati yuzaga chiqadi. Mahalliy 
5
Маликов Т.С., Олимжонов О.О. Молия. Дарслик / Тошкент Молия институти. – Тошкент: 2019. 887-б. 



Yüklə 344,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin