Proceedings of International Conference on Scientific Research in Natural and Social Sciences Hosted online from Toronto, Canada. Date: 5
th
April, 2023
ISSN: 2835-5326 Website: econferenceseries.com
59 |
P a g e
hududlar doirasidagi milliy iqtisodiy va moliyaviy siyosatni amalga oshirishda
mahalliy byudjetlar muhim vositachi sifatida ishtirok etadi.
To‘rtinchidan, mahalliy byudjetlar mamlakat miqyosidagi pul resurslarining milliy
iqtisodiyot manfaatlari nuqtai nazaridan optimal taqsimlanib turilishini ta’minlaydi
va shu orqali hududlarning turli xil rivojlanishi natijasida kelib chiqadigan
moliyaviy taqchilliklarni muvofiqlashtirib turadi. Itqisodiy qonuniyatga ko‘ra,
hududlarning bir tekisda rivojlanishi murakkab masala hisoblanadi. Hududlar
miqyosidagi moliyaviy muammolar milliy doirada tus oladiki, bu davlat miqyosida
yuzaga kelgan hududlarni moliyaviy barqarorligini ta’minlash miqyosida
markazlashgan pul fondi shaklidagi mahalliy byudjetlarga ehtiyoj tug‘iladi.
Mahalliy byudjetlar bu yerda hududlar o‘rtasida moliyaviy resurslarni qayta
taqsimlash omili sifatida mavjud bo‘ladi. Har bir hududning ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishi tabaqalashuvi mavjud bo‘lar ekan, har bir hududga tegishli mahalliy
byudjetlarning daromadlarini prognoz qilish iqtisodiy zarur bo‘ladi.
Xulosa va takliflar Mahalliy hokimiyatlar (vakillik kengashlari)ning moliyaviy huquqlarini oshirish
hamda mahalliy byudjetlar daromadlarini asosli ko‘paytirish maqsadida xalq
deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga olis va chekka hududlarda joylashgan еr
uchastkasiga mulk huquqi va ijara huquqini auksionga qo‘yishda ularning
boshlang‘ich narxini kamaytirish vakolatini berish, uch yildan ortiq vaqtdan buyon
faoliyat ko‘rsatayotgan hamda hisoblangan soliqlarni muddatida to‘lab kelgan,
moliyaviy ahvoliga ko‘ra soliq qarzini to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lmayotgan
tadbirkorlik sub’ektlariga soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash tartibini joriy qilish
mahalliy vakillik organlarining moliyaviy huquqlari takomillashtirilib, mahalliy
byudjetlarning daromadlarini optimal shakllantirishga imkoniyati vujudga keladi.