INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND TECHNICAL CONFERENCE “DIGITAL TECHNOLOGIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS OF PRACTICAL IMPLEMENTATION IN THE INDUSTRY” APRIL 27-28, 2023 67
joylashgan joyidan qat’iy nazar foydalanuvchilar uchun kerakli bo‘lgan hizmatlarini taqdim eta
oladi [1].
Buyumlar Interneti qurilmalari odatda katta geografik hududni qamrab olgan yoki mobil
qurilma ko`rinishida bo‘lishi ham mumkin. Hozirgi kunda Buyumlar Interneti texnologiyasidan
quyidagi maqsadlarda foydalanish mumkin:
iste’mol ( consumer);
tijoriy ( commercial);
sanoat ( industrial);
infratuzilma ( infrasture);
aqlli uy ( smart home);
qishloq xo‘jaligi ( agriculture).
Iste’mol. Buyumlar Interneti qo‘llanilish sohasi bugungi kunda tobora kengayib bormoqda.
Bu soha o`z ichiga transport vositalari, uylarni avtomatlashtirishda ishlatiladigan qurilmalar, taqib
yuriladigan texnologiyalar masalan, aqlli soatlar, aqlli brasletlar, aqlli uy tizimi, sog`likni nazorat
qiluvchi qurilmalar va masofadan turib boshqarish imkoniyatini beruvchi jihozlar.
Tijoriy. Buyumlar Interneti turli xil transport tizimlarida aloqa, boshqaruv va axborotni
qayta ishlashga yordam beradi. Maskur sohada buyumlar Interneti transport vositalari o‘rtasidagi
aloqani, harakatlanishni aqlli boshqarish, intellektual to‘xtash joyi, elektron to‘lovlarni yig'ish
tizimlari, logistika, transport vositalarini boshqarishda qo‘llaniladi.
Sanoat (Industrial). Buyumlar Interneti maskur sohada mahsulotlarni tezkor ishlab
chiqarish, mahsulot ehtiyojlariga dinamik javob berish va tarmoq uskunalari, sensorlar va
boshqaruv tizimlarini birlashtirish orqali ishlab chiqarish tarmoqlari va ta'minot zanjirlarini real
vaqt rejimida optimallashtirishga imkon beradi.
Infratuzilma (Infrastructure). Ko‘priklar, temir yo‘llar, quruqlik va qirg'oq shamol
fermalari, shahar, qishloqlarning barqaror infratuzilmalarini monitoring qilish va boshqarish
buyumlar Interneti dasturining asosiy sohalaridan biri hisoblanadi.
Buyumlar Interneti tarmoq arxitekturasi 4 sathdan iborat bo‘lib, albatta bu buyumlar
Interneti uchun standart arxitektura hisoblanmasada, ko‘plab arxitekturalar shu sathlar asosida
quriladi va ular quydagilar: ilova, qo‘llab-quvvatlash, tarmoq va sezuvchi sath.
Ilova sathi. Buyumlar Internetida foydalanuvchilar turli xil xizmatlardan foydalanish
imkoniyati taqdim etiladi. Ular quyidagilar: Buyumlar Interneti ilovalari (logistika, sanoat,
sog‘liqni saqlash), Ilova qo‘llab-quvvatlovchi sathlar (xizmatlarni qo‘llab-quvvatlash platformasi,
axborotni rivojlantirish platformasi, qarorlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi )
Tarmoq sathi. Mazkur sathda aloqa kommunikasiya tarmoqlari (sun’iy yo‘ldosh tarmog‘i,
Internet, harakatdagi tarmoq), kommunikasiya protokollari orqali, axborotni ishonchli manzilga
uzatish, (masalan, bulutli saqlash texnologiyasiga) yoki boshqa sensor qurilmalarga yetkazish
amalga oshiriladi. Tarmoq tarkibiga LAN (Bluetooth, Ethernet, WiFi, xavfsizlik ), Asosiy tarmoq
(Internet, 3G, 4G,LTE-A, 5G, xavfsizlik ), Tarmoqqa kirish (WiFi, GPRS, Bluetooth,
LoRaWAN ) [4].
Bluetooth. Bu texologiya qisqa masofaga simsiz aloqa texnologiyasi, mobil telefonlar,
kompyuterlar va tashqi qurilmalar kabi qurilmalarga qisqa masofadan ma'lumotlarni yoki ovozni
simsiz uzatish imkonini beradi. Bluetooth diapazoni va uzatish tezligi odatda Wi-Fi (sizning
uyingizda bo‘lishi mumkin bo‘lgan simsiz mahalliy tarmoq) dan past bo‘ladi.