Dildora karamatova



Yüklə 252,23 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix24.02.2023
ölçüsü252,23 Kb.
#85393
3-amaliy mashg\'ulot yuzasidan topshiriq



DILDORA KARAMATOVA
 
3-amaliy mashg'ulot.Fransiya bolalar adabiyoti va uning shakllanish tamoyillari 
Reja: 
1. Eng qadimgi fransuz adabiyoti. 
a) "
Rol
and haqida qo`shiq" - dastlabki fransuz adabiyoti namunasi; 
b) ertaklarning oltin asri; 
v)"Gargantyua va Pantagryuel'" - ilk bolalar kitobxonligi namunasi. 
2. Sharl Perro va uning adabiy ertaklarida bolalar obrazi ifodasi. 
3. Jyul Vern-o`smirlarning fantastik adibi. 
4. Antuan de Sent-Ekzyuperining "Kichikina shahzoda" ertak- qissasi va masallari 
bolalar adabiyotining namunasi sifatida. 
Fransuz adabiyotining ilk yodgorliklari 1X asrning ikkinchi yarmiga to`g`ri keladi. 
Bu sof diniy mazmundagi asarlar edi. Lekin X asrga kelib lotin adabiyoti bilan 
tanishgan sayyor qo`shiqchilar, shoirlar tufayli "janglyorlar poeziyasi" paydo 
bo`ladi. "Janglyorlar" birinchi epik dostonlar – jestlarni, ya`ni, "faoliyat 
qo`shiqlari"ni yaratishdi. Ular syujetining asosida VIII - X asr boshlaridagi tarixiy 
voqealar, chunonchi, sarkarda Buyuk Karl xalqlarining ko`chish davri voqealari 
yotadi. Asta-sekin bu asarlarning syujetiga biror-bir voqea-hodisaning bayoni bosh 
maqsad etib qo`yila borib, keyinchalik biror-bir qahramon, buyuk bir 
shaxs
 haqida 
kuylanadigan hamda ular alohida to`plamlarga yig`ila boshlangan. Buyuk Karl 
nomi bilan bog`liq to`plamlar ancha mashhur bo`lgan. Shunday to`plamlardan 
mashhur fransuz qahramonlik eposining yodgorligi "
Rol
land haqida qo`shiq" 
hozirgi kunlargacha mashhurdir. Bu asar syujetiga yurtini bosqinchilardan saqlab 
qolish uchun o`zini qurbon qilgan qahramon haqida bayon qilinadi. "
Rol
and 


haqida qo`shiq" jahon xalqlarining bolalarga bag`ishlangan dastlabki mashhur 
fransuz adabiyoti namunasidir. XVIII asr Fransiyada adabiy ertaklar an`anaviyligi 
sifatida e`tirofga sazovor. Bu aslida bolalarga emas, kattalarga mo`ljallangan 
adabiyot sifatida yuzaga kelgan. Ungacha ham bolalar adabiyoti degan alohida 
tushuncha mavjud bo`lmay, faqat keyingi asrdagina bolalar kitobxonligi hodisasi 
voqelikka aylangan. Ya`ni, kattalar adabiyotidan qayta ishlanib, kichkintoylar 
uchun soddalashtirilgan, ularga moslashtirilgan adabiyot paydo bo`ldi. Shunday 
nashrlarga Fransua Rablening XVI asrda yozilgan va Uyg`onish davri 
adabiyotining 
yorqin 
namunasi 
sifatida 
o`rin 
olgan 
"Gargantyua 
va 
Pantagryuel'" asaridir. Butun Evropada bo`lgani singari Fransiyada ham bu davr 
dunyo va insonni kashf etish, inson qadriyatlari, uning ijodiy imkoniyatlari va 
intilishlari davri bo`ldi. Uyg`onish davri yozuvchi va shoirlari o`zlarining ijodlari 
bilan insoniyat olamining barcha jabhalarini qamrab olishdi. Shunday bo`lsa-da, 
adabiyotda hali ertak va masallarga nisbatan past nazar bilan qarash illati mavjud 
edi. Go`yoki, "ertakona" an`ana faqatgina jiddiy bo`lmagan, "badiiy jihatdan zaif 
adabiyot"dagina uchragan. Ammo Rable o`zining mashhur romanida hech 
ikkilanmay, folklordagi ulkan odamlar (velikanlarning) obrazidan foydalandi. 
Fransiyada romantizm bilan birga xalq ijodi va madaniyatiga yetuk estetik hodisa 
sifatida qiziqib murojaat qilish, Yevropaning boshqa mamlakatlaridan ancha keyin 
shakllandi. Bilamizki, xalq ertaklarini yig`ib yozish esa XIX asrning yetmishinchi 
yillaridagina boshlandi. 
XVII asr oxiri Sharl' Perro ertaklarining yaratilishi bilan 
belgi
lanadi va uning 
ertaklari fransuz adabiy ertaklarining eng zo`r hamda yorqin namunalari sifatida 
e`tirof etiladi. Fransiyada XVIII asr esa ertaklarning oltin asri hisoblanadi. 
Uyg`onish davrida talaygina shoir va yozuvchilar bu universal janrga ko`p 
murojaat qilgan va uning estetik imkoniyatlaridan foydalanib, dolzarb mavzular 
bilan boyitib borishgan. Masalan, Val'ter falsafiy ertaklar yozgan. Sharqning 
"Ming bir kecha" ertaklari fransuz tiliga tarjima qilingach, sharqona ertaklarga 
o`xshatishlar paydo bo`ldi. Ammo shu XVIII asrning o`zidayoq ertaklarning urf 


bo`lishi ancha pasaydi. Ilgari bolalarga mo`ljallangan maxsus adabiyot yo`qligi 
uchun kichkintoylar kattalarning asarlarini o`qishar edi. Keyingi asrlarda esa Sharl' 
Perroning qisqartirilgan ertaklaridan aynan bolalar uchun namunalar tayyorlangan. 
Ulardan shafqatsizlik, erkinlik, badiiy o`yinlar olib tashlanib, anchayin 
soddalashtirilgan. Russoning inson aql-zakovatiga siqinish hamda dunyoga ongli 
ravishda nazar solishi kabi pedagogik 
nazariya
lari ham Uyg`onish davri bilan 
bog`liq. Qomusiy olimning ijodiy va falsafiy me`rosiga, xuddi o`sha davr 
yangi g`oyalarining hamda bolalar ta`lim-tarbiyasining xazinasi sifatida murojaat 
qilishgan. 
Fransua Rable (1494 - 1553) Fransiya Uyg`onish davrining ulkan adibi va 
Yevropaning buyuk insonparvarlaridan biri. U Shinonda kichik sud amaldori 
oilasida dunyoga kelgan. Rable fransiskan cherkovining monaxi, keyin ruhoniy 
darajasini oldi. U tabiiy fanlar, tabobat bilan shug`ullangan va 1528 yilda cherkov 
hukumatining ruxsati bilan Parijga jo`nab ketadi. Keyinroq esa Lionda katta 
kasalxonaning vrachi bo`lib ishlaydi hamda shu shaharning o`zida yozganlarini 
chop ettiradi. Bir qancha vaqt Rable Italiyada yashab, botanika bilan 
shug`ullanadi. Ma`lumki, faqatgina cherkov va monastirlar o`zlarining mevazor 
bog`lari hamda seleksiya ishlari bilan mashhur bo`lishgan. Rable o`zigà tanish 
bo`lmagan meva, sabzavotlarning urug`larini va navlarini yig`ib, Fransiyaga 
jo`natar edi. 1533-yilda "Pantagryuel"ning birinchi qismi paydo bo`ldi. Aslini olib 
qaraganda, Rable "Buyuk va bahaybat ulkan odam (velikan) Gargantyua haqidagi 
bebaho va buyuk xronikalar" deb nomlangan xalq ertagi syujetini qayta ishlagan va 
undan foydalangan. Badiiy jihatdan zaif "Gargantyua" o`zidà keng folklorni 
hamda eski ritsarlik romanlarining qahramonlariga yo`naltirilgan o`tkir satirani o`z 
ichiga olgan. "Pantagryuel'" esa Rable tomonidan o`ylab topilgan bo`lib, shu xalq 
kitobining davomi, ya`ni, asl nusxaning sodda yasamasi edi. 1534-yili 
"Pantagryuelning otasi, buyuk Gargantyuaning dahshatli hayoti haqidagi povest'" 
deb nomlangan kitob bosmadan chiqadi. Lekin bu kitob "Pantagryuel"ni orqaga 
surib, romanning birinchi kitobi bo`lib oldi. Bu asarda Rable tomonidan 


ko`tarilgan savollarning eng asosiysi sifatida Gargantyuaning tarbiyasi 
haqidagi 
muammo
ni keltirish mumkin. Qi
rol
 Granguz'e avval o`z o`g`lining 
tarbiyasini sxolastlarga topshiradi. O`rta asrlarda cherkov dogmalarini hech 
qanday 
mantiq
iy sharhlarsiz, sun`iy ravishda izohlashga asoslangan falsafa va shu 
yo`nalish murabbiysi. Ammo sxolastika shu davrga kelib quruq yod oldirish 
usuliga o`tib olgan edi. O`qituvchilar bolaga o`rgatilayotgan narsalarni 
tutilmasdan, aytilayotgan so`zning 
mantiq
iga yetmay turib, barchasini yod olishga 
majbur qilishar edi. Buning natijasida bola hech narsani o`rgana olmasdi. Rable 
kitobxonlarga Gargantyuaning gumanistlar tomonidan o`qitib-o`rgatilishi haqidagi 
boblarda o`zining 
ideal
larini bayon qiladi. Rablening asosiy pedagogik qarashlari 
italyan gumanistlari va Erazm Rotterdamskiyning qarashlari bilan to`g`ri keladi. 
Ular insonning aqliy va jismoniy rivojlanishi o`zaro uyg`unlikda kechishi, ya`ni, 
aqliy tarbiya albatta, jismoniy tarbiya bilan birgalikda olib borilishi kerakligini 
ta`kidalydi. Binobarin, Rable ta`lim-tarbiya jarayoni har xil fanlar bilan almashinib 
turishi, dam olishga ham vaqt ajratilishi kerak, shundagina ta`lim oluvchi ishtiyoq 
va xursandchilik bilan o`rganadi, degan 
mantiq
qa tayangan. Shunday qilib, 
romanning syujeti xalq ijodidan olingan bo`lib, oddiy tilda bayon qilingan, uning 
tomirlari folklorga borib taqaladi. Rablening tili ham asosan, xalqchil, faqatgina 
muallif uni badiiy va ilmiy elementlarni qo`shib boyitgan. Rablening 
donishmandligi va yumori unga haqiqatdan ham jahon madaniyati tarixida 
abadiy romanni qoldirdi. Uning Gargantyua hamda Pantagryuelning bolaligi va 
tarbiyasi haqidagi kitoblari ko`pgina dunyo tillariga tarjima qilinib, qayta-qayta 
nashr etildi. 
Jyul Vern (1828-1905) hali-hamon o`smirlarning eng sevimli yozuvchilaridan biri 
bo`lib qolmoqda. Uning kitoblari dunyoga kelishi bilanoq, jahon tillariga tarjima 
qilinib, butun jahon bo`ylab tarqalgan. Zamondoshlari uni butundunyo sayyohi, 
ustaxonasiz kashfiyotchi, deb atashgan. U fransuz adabiyotida ilmiy fantastik 
janrning asoschisi. Adibning ijodiy g`oyalari juda ulkan: butun dunyoni, turli 
iqlimdagi mamlakatlarning tabiatini, turli xalqlarning madaniyati, urf-odati hamda 


an`analarini tasvirlash edi. Lekin bularning barchasini u geograf sifatida emas, 
balki, "G`aroyib sayohatlar" (yoki "G`aroyib sarguzashtlar") deb nomlagan ko`p 
tomli romanlar seriyasini yaratish maqsadini ko`zlardi. Jyul' Vern "G`aroyib 
sayohatlar" ustida ishlashni 1862 yildan 1905 yilgacha olib bordi va hamma 
qismlarining nashri qariyb yarim asrga cho`zildi. Uning asarlarida dunyo bo`ylab 
sayohatlar, chunonchi, Yevropa mamlakatlari, Shimoliy va Janubiy Amerika, 
Afrika, Osiyo, Avstraliya, Okeaniya, Arktika va Antarktika mamlakatlari 
tasvirlangan. To`rtta roman "robinzonad" turkumini tashkil etadi; ularning 
voqealari kimsasiz o
rol
larda kechadi. Boshqa romanlarning voqealari okeanlarda, 
dengizlarda, hattoki, planetalararo bo`shliqlarda bo`lib o`tadi. "G`aroyib 
sayohatlar"da muallifning jug`rofik, aniq va texnika fanlariga oid, fantastika va 
muhandislikka oid bilimlari ajoyib tarzda uyg`unlashib ketadi. Vernning 
qahramonlari – tadqiqotchilar, muhandislar, quruvchilar; ular uzoq masofalarni 
bosib o`tishadi, yangi mashinalarning turlarini yaratishadi, suv osti hamda havo 
kemalari ixtiro qilishadi, vulkanlarni, dengiz va okean tublarini tadqiq qilishadi 
hamda yangi erlarni kashf qilishadi. Binobarin, muallif jahon adabiyotiga ilmiy-
fantastika janrining asoschisi bo`lib, kirib keldi. Shu jumladan, uning romanlari 
g`aroyib sayoh’atlar hamda sarguzashtlar namunasidir. Uning kitoblarida har bir 
zukko, aql-idrokli o`spirinni qiziqtirib qo`yadigan barcha narsalar mujassam. 
Bundan tashqari, uning asarlarida insonning yaratuvchanlik qobiliyati, ijodkorligi 
va aql-zakovatiga ishonch hissi ufurib turabdi. Yozuvchining o`zi Nante shahridagi 
advokat oilasida dunyoga kelgan. Oilaviy an`anaga ko`ra, bolakay otasining 
kasbini me`ros qilib olmoqchi edi. Ammo bola dengiz sayohatlarini, kemalarni 
orzu qilardi. Lekin otasi Jyul' Vernni parij huquq maktabiga o`qishga jo`natadi. 
O`ta qiziquvchan yosh yigitchaning ilmga tashnaligi uni Milliy kutubxonaga borib 
ko`proq kitob o`qishga, ma`ruzalarda, ilmiy munozaralarda ishtirok etishga, 
geografiya, astronomiya kitoblarini o`qishga hamda yangiliklardan boxabar 
bo`lishga undaydi. U o`zining yozuvchilik iqtidoriga amin bo`lgan holda 
komediyalar, dramalar, librettolar yozishga kirishadi va shu bila bir qatorda, 
Nantga qaytib yuristlik qilish niyati ham yo`q emasdi. U "Havo sharida besh hafta" 


deb nomlangan debyut asarga qo`l uradi. Ammo bu asar uning barcha 
taxminlaridan ham ortiqroq natijalar berdi. Bu ilm haqidagi haqiqiy asar bo`lib, 
unda qiziqarli sarguzashtlar, ilmiy bilimlar va 
gipoteza
larni ommalashtirish bilan 
uyg`unlashib ketadi. Afrika haqidagi birinchi asarning o`zidayoq Jyul' Vern hali 
kashf etilmagan Nil manbalarining aniq joylarini bashorat qiladi. Havo shari bilan 
bog`liq fantastikani ortidan endi "Yer markaziga sayohat" (1864) deb nomlangan 
geologik, keyin Arktika haqidagi "Kapitan Gatterasning sayohatlari va 
sarguzashtlari" (1864-1865) hamda "Yerdan Oyga" deb nomlanagan fazoviy 
asarlar paydo bo`ldi. Fransuz yozuvchisining qahramonlari doim yodda qolarlidir. 
"Kapitan Grantning bolalari" haqida ham shunday fikrni bildirish mumkin. Uning 
qahramonlari yuragining tozaligi va maqsadlari sari intilishlari, sotqinlik va 
ikkiyuzlamachilikni bilmasliklari hamda har doim o`zlarining oldiga qo`ygan 
maqsadlarini amalga oshishiga ishonishlari bilan ajralib turishadi va ularning 
niyatlari o`zlariga hamroh bo`lib, yo`llarida uchragan barcha qiyinchilik va 
to`siqlarni yengib o`tishadi. 
Shunga hamohang voqelik tizimi "Mo`jizakor o
rol
", "Yigirma ming le suv ostida" 
kabi romanlarida davom ettiriladi. Shunday qilib, yuqorida nomlari zikr etilgan 
romanlar "Kapitan Grantning bolalari" "G`aroyib sayohatlar" bilan birgalikda 
trilogiyalar seriyasini tashkil etadi. Bu romanlar asosida yosh kitobxonlarning bir 
nechta avlodlari tarbiyalangan. Endilikda, ilm-fan taraqqiy etib, katta odimlar ila 
rivojlanayotir. Ammo, Kapitan Nemoning "Nautilus"i yoki jyulverncha aqlga 
sig`mas mashinalari eskirgan bo`lsa-da, baribir adib qahramonlarining mard-
jasurligi avvalgidek, yoshlarni o`ziga tortadi. Fransuz yozuvchisining kitoblari 
motivi asosida bir qancha mul'tiplikatsion va badiiy fil'mlar olingan, spektakllar 
qo`yilgan. 
Antuan de Sent-Ekzyuperi (1900 -1944). Mashhur yozuvchi, roman va esselar 
muallifi Antuan de Sent-Ekzyuperi bolalar adabiyotiga "Kichkina shahzoda" 
ertakona povesti bilan kirib keldi. Yozuvchi 1927-yilda "Janubiy pochtachi" 
romani bilan debyut (ilk asar, birinchi urinish) qilgan edi, ammo faqatgina 1939- 


yildagina Antuan de Sent-Ekzyuperiga uning "Tungi parvoz" asari shuhrat keltirdi. 
Muallif o`z 
shaxs
iy tajribasidan ma`lum bo`lgan birinchi parvozlar hamda 
samolyotlar haqida yozgan edi. 1939-yili yozuvchini "Insonlar sayyorasi" kitobi 
uchun Fransuz akademiyasi "Romanning Katta premiyasi" degan unvon bilan 
taqdirladi. Ikkinchi jahon urushi yillarida Antuan de Sent-Ekzyuperi Harbiy 
uchuvchi bo`lib xizmat qildi va 1942-yili uning "H’arbiy uchuvchi" deb 
nomlangan kitobi bosmadan chiqdi. Uning "Tsitadel'" nomli asari tugallanmay 
qoldi; kunlarning birida Sent-Ekzyuperi jangovor topshiriqdan qaytib kelmadi. U 
qahramonona 
shaxs
 edi va bu narsa uning asarlaridan ham ufurib turardi. Fransuz 
yozuvchisining romanlari, ocherklari va esselari lirizm va chuqur falsafiy mazmun 
bilan yo`g`rilgan. "Yer bizlarga o`z-o`zimizni tushunimizga kitobdan ham ko`proq, 
yordam beradi. Ammo bizga Yer qarshilik ko`rsatadi. Inson o`zini, to`siqlarni 
yengib o`tishdagi kurashlarda anglaydi",- deb yozadi Antuan de Sent-Ekzyuperi 
o`zining "Insonlar sayyorasi" asarida. Ammo bu kurash uchun unga asbob-
uskunalar kerak bo`ladi. Randa kerakmi yoki omoch. Samolyot ham shunday: 
havo yo`llarini ochuvchi uskuna, insonni abadiy savollarga undaydi". Uning 
asarlarining umumiy g`oyasi - bu yer yuzidagi eng asosiy narsa, inson bilan 
insonning bog`liqligidir. U birinchi parvozi taassurotlarida tepadan turib 
ko`rganlari, u yer bu yerda miltirab turgan kichik-kichik nurchalar – yorug`lik, har 
bir inson: shoir, yozuvchi, usta, ishchi uchun kerak bo`lgan yaqinlarning iliqligi, 
oila tafti, oila o`chog`i. Agar har bir yorug`likka kerakli vaqtda kerakli chaqiriq 
berilib, butun yer yuzidagi barcha yorug`liklarning birlashishi, katta yorug`likka 
aylanishi yozuvchi hamda uchuvchining ushalmas orzularidan biri edi. "Kichik 
shahzoda" 1943-yilda yozilgan va unga muallif tomonidan illyustartsiyalar 
(rasmlar) ishlangan. Yozuvchining o`zi olti yasharligida kattalarga tushunarsiz 
bo`lgan rasmlar chizishini eslaydi. Shuning uchun ham unga biror kishi bilan 
dildan 
suhbatlashishga 
imkon 
bo`lmagan. 
Povestidagi 
voqealar 
Sent-
Ekzyuperining hayotida real sodir bo`lgan. Saxara cho`llarida qanday qilib 
samolyotini qo`ndirishga majbur bo`lganini so`zlay boshlaganidan, ertakona tus 
oladi. Tongda uchuvchini uyg`otgan Kichik shahzoda bilan tezda til topishib 


ketadi. Bolakay uchuvchiga o`zi uchib kelgan sayyora, u erdagi g`aroyib gulni 
meribonlik bilan parvarish qilishi haqida darrov so`zlab beradi. Uning sayyorasi - 
ertalablari 
o`zining 
nonushtasini 
uning 
vulqonlarida 
isitib 
oladigan, 
kichkinagina, shinamgina uychaga o`xshashi haqida so`zlab beradi. Kichik 
shahzoda mehmon bo`lgan, qo`shni sayyoralarda istiqomat qiluvchilarni va 
ularning hayotlarini tasvirlaydi va bu tasvirlar o`ziga xos pand-nasihat va 
o`gitlardan iborat: qanaqa g`alati xalq ekan bu kattalar , deb bola ularni zo`rg`a 
tushunadi. Bir qancha sang`ib yurishlardan so`ng Kichik shahzoda o`z yo`lida 
Tulkini uchratadi. Bu uchrashuv povest' ichida kichik novellani hosil qilgan. 
Kichik shahzoda, mening tulkim "yuz ming tulkilar ichida boshqa tulkilardan hech 
farq qilmasdi", ammo men u bilan do`stlashib qoldim, u endi butun dunyoda 
"yakkayu- yagona" deydi. Kichik shahzoda "Faqatgina bolalar nima 
izlayotganlarini bilishadi, - deydi u, - agar u latta qo`g`irchog`ini kuni bilan uynab 
o`tirsa, u unga eng kerakli va qadrdon narsaga aylanib qoladi, agar bolani qo`lidan 
qo`g`irchoqni tortib olishsa, ular yig`laydilar..." Muloqotga, hamdardlikka, 
mehrga, himoyaga ehtiyojmandlik bolalarga xos xususiyat, faqatgina bolalar 
o`zlarining soddadilliklari va sof yuraklari bilan ko`pincha kattalar yodidan 
chiqarib qo`yadigan bu xususiyatlarni ularning yodlariga solib turishadi. Kichik 
shahzoda va yo`qotilgan samolyotni uchuvchisi bilan sahrodan topishadi - bu esa 
yo`qotilgan haqiqatni topilganiga ishora edi: "Yurak bilan izlash kerak" degan 
xitob yangraydi unda. 
Sharl Perro (1625 - 1703). 1697-yilda Fransiyada "Mening onajonim Gusinining 
ertaklari" deb nomlangan kitob nashrdan chiqdi. Aslida ertakni o`sha davrdagi 
mashhur shoir, fransuz akademiyasining a`zosi Sharl Perro yozgan bo`lsa-da, 
uning muallifi P.Darmenkur deb hisoblanardi. Ko`p kitoblar muallifi Sharl Perro 
ismi sharifini "jiddiy bo`lmagan" ertaklar ostiga qo`yishni o`ziga eb ko`rmay, uni 
o`g`lining ismi sharifi bilan imzolagan edi. Lekin aynan shu sehrli ertaklar jahon 
adabiyotining oltin fondiga kirib, yozuvchiga shon-shuhrat keltirdi. Perroning 


ertaklari ko`p marotaba boshqa tillarga tarjima qilingan va nashrdan chiqqan. 
Ertakning rus tilidagi tarjimasini I.S.Turgenev amalgam oshirgan. 
Perro o`z ertaklarining so`zboshisida ertak janrining asosida yotgan jiddiy hamda 
kulgili va g`alati narsalarni uyg`unlashib ketishiga ishora qilib:"...bu umuman, 
bekorchilik emas, balki o`zida foydali pand-nasihatni mujassamlashtirgan... 
hikoyaning sho`x, o`ynoqi tuzilishini esa faqagina o`quvchi aqliga ko`proq yoqimli 
tarzda ta`sir qilish, shu bilan birga unga ham o`rgatib, ham xushnud qilishi 
uchundir..." degan edi. Bolalikning ilk davridan boshlab bizga "Qizil shapkacha", 
"Jimjimaloq bola", "Zolushka", "Etikli Mushukcha", "Uyqudagi malika", "Ko`k 
Soqol" kabi ertaklar ma`lum. Bir xil ertaklarning qahramonlari odamxo`r 
maxluqdan yoki zolim bo`ridan o`zlarini o`zlari qutqargan bolalardir. Bu odatga 
ko`ra, bibliyadagi yomonlikka yaxshilik bilan javob qaytargan Iosifni esga soladi. 
Jimjimaloq bola shu kabidir; muallif ertakning oxirida yozishicha, o`zining 
yaqinlariga yaxshilik qiladi va o`zining butun oilasini - ham otasini, ham og`alarini 
ta`minlaydi. Zolushka ham xuddi shundaylardan, u qanchalar go`zal bo`lsa, 
shunchalar oqko`ngil hamdir; u o`gay opalarini o`zi bilan saroyga olib ketadi. 
Perro ertaklarida yaxshilik va haqiqat g`alaba qozonadi hamda qahramonlarga 
sehrgar personajlar, “Zolushka” yoki “Etikli mushukcha”da etikdo`zning kichik 
o`g`lini cho`qintirgan onasi - oqko`ngil Feya yordam beradi. Bo`ri, mushuk inson 
tilida so`zlashadi, bu folklorning bir ko`rinishi bo`lib, muallif xalq ijodining boy 
an`analariga tayanadi hamda o`ziga xos mualliflik janrini yaratadi. "Qizil 
shapkacha" ertagida tipik fol'klor asos namoyon bo`ladi: bu qizil Shapkachaning 
buvisiga etayotgan narsasi ("pirojok nesu da gorshochek masla"), savollaridagi 
hamda buvisining kiyimiga kiyinib olgan bo`rining javoblaridagi takrorlash va 
parallelliklarda ko`zga tashlanadi. Perroning boshqa ertaklarida birinchi 
o`rinni romantik sevgi tarixi egallagan. Qahramon qator sinovlardan o`tib, 
o`zining mukofotini oladi: yaxshilik yomonlikni ustidan g`alaba qozonadi, ya`ni, 
xuddi "Uyqudagi malika" yoki "Ko`k Soqol" ertaklaridagi kabi. Sharl' Perro 
ertaklari qahramonlarining nomlari allaqachon turdosh otlarga aylanib ulgurgan. 


Zolushka yoki Ko`k Soqol tarixlari har xil ko`rinishlarda ko`p marta jahon 
adabiyotida qayta-qayta ishlangan va saqnalashtirilgan.

Yüklə 252,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin