Keywords:
technical, informational, audiovisual active civic position,
responsibility, obligation, legal consciousness and culture, deep outlook, healthy
beliefs, enlightenment, tolerance, spiritual, ideological, delicate upbringing.
KIRISH
Tarbiya fani O„zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan umumiy
o„rta ta‟lim muassasalarida 2020-2021-o„quv yilidan boshlab joriy qilindi. Ushbu fan
Uzluksiz ma‟naviy tarbiya konsepsiyasining bir qismi sifatida o„quvchilarda “Milliy
tiklanishdan – milliy yuksalish sari” g„oyasini singdirish, ularni ijtimoiy
Academic Research in Educational Sciences
VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-321-326
Google Scholar
Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 322 www.ares.uz
muvaffaqiyatli hayotga tayyorlash, faol fuqarolik pozitsiyasi, mas‟uliyat, majburiyat,
huquqiy ong va madaniyat, teran dunyoqarash, sog„lom e‟tiqodlilik,
ma‟rifatparvarlik, bag„rikenglik kabi fazilatlarni shakllantirishni maqsad qilib
qo„ygan. Fan va darslik konsepsiyasini yaratishda Yaponiya, Singapur, Angliya,
BAA, Xitoy, Koreya, Rossiya, Germaniya kabi xorijiy davlatlarning tajribasidan
foydalanildi.
Ta„lim jarayoni nihoyatda murakkab jarayon bo„lganligi uchun ta„lim
samaradorligi pedagog va o„quvchi faolliligiga, ta„lim vositalarining mavjudligiga,
ta„lim jarayonining tashkiliy, ilmiy, metodik mukammalligiga bog‟liq.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Ta„lim-tarbiya jarayonini ilg„or vositalari, metodlar, texnik vositalar, usullariga
tayanib takomillashtirish tizimi hisoblanadi. Bu tizim o„qituvchi tomonidan
yaratiladi, ta„lim-tarbiya bosqichlarini o„zaro bog„lashga xizmat qiladi. Uning
mzmuni va vazifalarini, maqsadini oldindan belgilash, ta„lim-tarbiyaning shakllari va
vositalarini
tayyorlash,
o„quvchida
shakllantirish
ko„zda
tutilgan ma„naviy sifatlarni o„zlshtirishga yo„naltirilgan darslarni rejalashtirish
kabilarni o„z ichiga oladi.
Bugungi kunda fan-tеxnikaning rivojlanishi bilan inson faoliyati nihoyatda
kеngayib, yangi tеxnologiyalar kirib kеlmoqda. Sifat o‟zgarishlari shundan dalolat
bеradiki, endilikda yangi mеtodikalarni talab etadigan va ta„lim jarayonining ajralmas
qismiga aylanib borayotgan, unga o‟zining ma„lum xususiyatlarini joriy etadigan
yangi tеxnikaviy, axborotli, audiovizualli, vositalar ham mavjud bo‟lib, ular
zamonaviy pеdagogik tеxnologiyalarni aniq voqеlikka aylantirdi.
Ta„lim-tarbiya jarayonining unumdorligini oshiradi, o„quvchilarni mustaqil
fikrlash
jarayonini
shakllantiradi,
o„quvchilarda
bilimga
ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o„zlashtirish, ulardan
amaliyotda erkin foydalanish ko„nikma va malakalarini shakllantiradi. An„anaviy
o„qitish tizimi, aytish mumkinki, yozma va o„g„zaki so„zlarga tayanib ish ko„rishi
tufayli axborotli o„qitish sifatida tafsiflanadi, chunki o„qituvchi faoliyati birgina
o„quv jarayonining tashkilotchisi sifatida emas, balki nufuzli bilimlar manbaiga
aylanib
borayotganligini
ta„kidlagan
holda
baxolanmoqda.
O„zbеk xalqining yosh avlodni hayotga tayyorlashda ko„p asrlar davomida
qo„llagan usul va vositalari, tadbir shakllari, o„ziga xos urf-odatlari va an'analari,
ta'lim-tarbiya haqidagi g„oyalari va hayotiy tajribasi mavjud. Bu mеros o„tmishda
ko„plab alloma-yu donishmandlar etishib chiqishiga asos bo„lgan.
|