Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 37,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə179/182
tarix05.12.2023
ölçüsü37,25 Kb.
#173845
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   182
Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol

metodlari
Adabiyotshunoslikda tahlil va talqin tushunchalari juda keng 
q o ‘llanilib, ular badiiy asam i tushunish jarayonining bir-biriga 
bog‘liq jihatlaridir. Badiiy asarni tushunish, uning m azm un- 
mohiyatini anglash jarayonida tahlil va talqin amallari har vaqt 
hozirdir. Tahlil atamasi odatda ilmda «analiz» deb yuritiladigan 
istilohning sinonimi sifatida tushuniladi. Analiz esa, m a’lumki, 
butunni anglash uchun uni qismlarga ajratishni, qismning butun 
tarkibidagi mohiyatini, uning boshqa qismlar bilan aloqasi va 
butunlikning yuzaga chiqishidagi o ‘rnini o ‘rganishni ko‘zda tutadi. 
Ayrimlar badiiy asarni tirik organizmga qiyos etishadi-da. «uni 
qismlarga ajratish jonsiz tanaga aylantirishdan boshqa narsa emas» 
degan qarashga tayanib tahlilga qarshi chiqadilar. Biroq bu xil qarash 
asossizdir. Zero, adabiyotshunoslikdagi tahlil ham — o'qish, faqat 
bunda badiiy asarni tadqiqotchi sifatida o ‘qish tushuniladi. Bu xil 
o ‘qish jarayonida tadqiqotchi badiiy asarni qismlarga ajratarkan, 
uning badiiyat hodisasi sifatidagi mavjudligini, undagi o'quvchi 
ongi va mhiyatiga ta ’sir qilayotgan, uning u yoki bu tarzda 
tushunilishiga asos bo'layotgan omillarni o'rganadi.
Talqin atamasini biz «interpretatsiya» istilohining sinonimi sifatida 
tushunam iz. Talqin badiiy asarni sharhlash, uning m azm un- 
mohiyatini, undagi badiiy konsepsiyani idrok etish demakdir. Keng


ma’noda «talqin» so'zi o'zga tomonidan aytilgan gap yoxud yozilgan 
asar (ilmiy, falsafiy, diniy, badiiy va h.k.) mazmunini anglash, uni 
m a’lum yaxlitlikda tushunish va tushuntirish (adabiyotshunosning 
maqsadi tushunishning o'zigina em as, tushuntirish ham dir) 
m a ’n o la rin i a n g la ta d i. Shu m a ’n o d a q a ra ls a , m u m to z
adabiyotshunosligimizda, umuman, o'tmish ilmida «talqin» so'zining 
ma’nosi qisman «sharh», «tafsir» atamalari bilan ham berilgan. Yana 
ham aniqroq aytsak, talqin badiiy asardagi «obrazlar tili»ni «mantiq 
tili»ga o'girmoq, obrazlar vositasida ifodalangan mazmunni tushunish 
va tushuntirmoqdir.
Y uqorida aytdikki, badiiy asarni tushunish jarayonida tahlil 
va talqin am allari har vaqt hozir, ular tushunish jaray o n in in g
ikki qirrasidir. Aytaylik, «o'quvchi badiiy asarni tushundi» degani, 
mohiyatan, «o'quvchi asarni o'zicha talqin qildi» deganidir. Ayni 
paytda, uning asarni tushunishida tahlil unsurlari ham mavjud, 
zero, oddiy o'q u v ch i ham tushunish jarayonida asar qism larini 
(m as., a lo h id a e p iz o d la rn i, p e rs o n a jla rn i, u la rn in g tu rli 
holatlardagi xatti-harakati, gap-so'zlarini va h.k.), ularning o 'zaro
mazm uniy aloqalarini tasavvur qiladi. Ilgari ham aytganim izdek, 
konkret badiiy asar. turli o 'q u v c h ila r to m o n id a n tu rlic h a
tushunilishi m um kin. Biroq shunisi ham aniqki, o 'q u v ch ilar 
ongidagi m inglab talq in larn i um um lash tirad ig an m u sh tarak
nuqtalar ham mavjud. Dem ak, konkret asar talqinlari nechog'li 
tu rfa b o 'lm a s in , u larn in g c h e g a ra la rin i belgilab b eru v ch i 
muayyan asos, deylik, yadro (javhar) m avjudki, barcha talqinlar 
shu yadro atrofida hosil bo'ladi. Bu yadro esa - badiiy asarning 
o 'zi, badiiyat hodisasini o'zida m oddiylashtirgan badiiy m atndir. 
Ayon b o 'ld ik i, badiiy asarni tushunish jarayoni obyektiv va 
subyektiv ibtidolardan tarkib to p ar ekan: agar bu o 'rin d a talqin 
qilayotgan shaxsni subyektiv ibtido deb olsak, badiiy m atn 
obyektiv ibtidodir.
Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, agar talqin qiluvchi


shaxs badiiy matnni yetarli darajada bilmasa, asar qismlarini, ulaming 
o‘zaro aloqalarini yetarli tasavvur qilolmasa, uning talqini subyektivlik 
kasb etadi. Boshqa tom ondan, badiiy adabiyotning obrazlar orqali 
fikrlashi, obrazning esa assotsiativ tafakkur mahsuli ekanligini 
e’tiborga olsak, talqinning subyektsiz mavjud emasligi ayon haqiqatdir. 
Chunki ijodkoming assotsiativ fikrlashi mahsuli o'laroq yaratilgan 
va asarda aksini topgan obrazning mazmun qirralari faqat subyekt 
ongidagina (ya’ni, uning ham assosiativ fikrlashi asosida) qayta 
tiklanishi mumkin bo'ladi. Aytilganlar tushunish jarayonida tahlil va 
talqinning har vaqt hozirligining yorqin dalilidir. Oddiy o'quvchidan 
farqli ravishda, adabiyotshunos badiiy asami talqin qilarkan, tahlilga 
tayanadi, uning talqini tahlil asosida yuzaga kelgani uchun ham ilmiy 
sanaladi. Shu m a’noda tahlil badiiy asami tadqiqotchi sifatida o'qish 
va uqish demakdir.
Yuqoridagilardan m a’lum bo'ladiki, badiiy asar tahlilining 
maqsadi - asami tushunish (asami baholash ikkilamchi maqsad). 
Xo'sh, «asami tushunish» deganda nima nazarda tutiladi? Bu masalada 
ham adabiyotshunoslikda turlichalik mavjud: ayrimlar asarga muallif 
tomonidan yuklangan mazmunni tushunishni nazarda tutsalar, 
boshqalari asarda tasvirlangan narsalardan (obyektiv ibtidodan) kelib 
chiqadigan mazmunni tushunishni nazarda tutadilar. Bu qarashlaming 
birinchisiga ko'ra tushunish jarayonida tahlil yetakchilik qilsa, 
ikkinchisida talqinning mavqei ustunroq ekanligi tayin; birinchisi 
badiiy asami uning ichki va tashqi aloqalarini birlikda olib o'iganishni 
(kontekstul tahlil) taqozo etsa, ikkinchisi badiiy asarga alohida 
mavjudlik sifatida qarab, uning ichki aloqalarini o'rganish (immanent 
tahlil) bilan cheklanadi. Biroq mazkur qarashlaming ikkisini ham 
mutlaqlashtirib bo'lmaydi, bu o'rinda «oraliq» mavqening egallangani, 
har ikki yo'sindagi tahlilning ham mavjudligini, ulaming bir-biridan 
ko'zlagan maqsadi va ahamiyati jihatidan farqli ekanligini tan olingani 
to'g'riroq bo'ladi.


Tushunish jarayonining nazariy muammolarini o'rganuvchi soha 
— germenevtikaning asosiy qoidasi shuki, qismni butun, butunni 
qism orqali tushunish darkor. Bu qoida yuqoridagi tahlil yo'sinlarining 
ikkisiga ham birdek aloqador. Faqat bu o'rinda im m anent tahlil 
«kontekst» tushunchasini asar doirasi bilan cheklab olsa, kontekstual 
tahlilda «kontekst» tushunchasining ko'lami kengayib boradi (konkret 
asar «yozuvchi biografiyasi», «m uallif yashagan davr shart- 
sharoitlari», «muallifning ijodiy merosi», «asar yaratilgan davr 
adabiyoti», «milliy adabiy an’analar» kabi kontekstlar doirasiga kiradi). 
Kontekstual tahlil asarga muallif tomonidan yuklangan mazmunni 
tushunishga yo'l ochsa, immanent tahlil asarda tasvirlangan narsalarga 
(va, albatta, undagi muallif obraziga) tayangan holda o'quvchiga o'z 
mazmunini shakllantirish imkonini beradi. Mutaxassisdan farqli 
o'laroq, oddiy o'quvchilam ing asarni tushunishida im m anent tahlil 
unsurlari yetakchilik qiladi (shu bois ham o'quvchilar ongida konkret 
asarning turfa talqinlari mavjud). Zero, aksariyat o'quvchilar uchun 
konkret asarning qay maqsadda, qanday omillar ta ’sirida yozilgani 
ahamiyatsiz - ular asarning o'zinigina taniydilar, uning o'zidangina 
zavq oladilar. Aksincha, adabiyotshunos uchun bularning bari 
muhim, chunki asarni tarixiylik tamoyiliga tayanib, biografik yoxud 
sotsiologik metodlar (kontekstual tahlil) asosida tekshirib chiqarilgan 
xulosalar adabiy-nazariy tafakkur rivojida hal qiluvchi ahamiyat kasb 
etadi. Ular, tabiiyki, badiiy adabiyot rivoji hamda badiiy did tarbiyasiga 
faqat bilvosita ta ’sir qiladilar, bu xil xulosalar bilan badiiy didga 
bevosita ta ’sir qilishga urinish esa adabiyotga faqat ziyon keltiradi. 
Demak, badiiy asami alohida butunlik sifatida ham, kontekst doirasida 
ham tushunish (tahlil va talqin qilish) mumkin, - ikkisining ham 
o'z o 'm i, vazifasi va maqsadi tayinlidir.
Badiiy asami kontekstual tahlil qilishda unga turli jihatlardan 
yondashish mumkinki, shu asosda bir qator tahlil metodlari haqida 
gapirish mumkin bo'ladi.
Sotsiologok tahlil metodi tadqiqotchini badiiy asar voqeligi bilan


real voqelik munosabatlari, uning tarixan haqqoniylik darajasi, hayot 
haqiqati bilan badiiy haqiqat munosabati kabi masalalami o'rganishga 
y o'naltiradi. Bu xil yondashuv asarning g'oyaviy-m afkuraviy 
tomonlarini tahlil qilarkan, qahram onlam ing xarakter xususiyatlari, 
asardagi konfliktlar tabiati, obrazlar tizimi va h.k. badiiy unsurlaming 
ijtimoiy ildizlarini ochib beradi. Hayot haqiqatining badiiy haqiqatga 
aylanish jarayoni, xarakter va p rototip, tarixiy shaxs obrazi va 
real tarixiy shaxs m unosabati kabi ijod jarayoni bilan bog'liq 
m u am m o lam i o 'rg an ish d a ham sotsiologik yondashuv asos 
vazifasini o'taydi. Sotsiologik m etod adabiyotshunoslikda m uhim
aham iyatga molikligi shubhasiz, biroq uni boshqalardan ustun 
qo'yishlik, unga ayricha e ’tibor berishlik adabiyot uchun zararli 
oqibatlarga olib kelishi mumkinki, bunga yorqin misollarni sho'ro 
adabiyotshunosligidan istalgancha topishim iz m umkin. M asalan, 
sho'ro adabiyotshunosligidagi vulgar sotsiologizm ko'rinishlari 
ayni shu m etodning mavqeini m utlaqlashtirilishining natijasi edi. 
Badiiy asar tahlilida shu m etodgagina tayangan va shuning 
asosidagina baholagan tanqidiy m aqolalar keyincha ularning 
m ualliflarini qatag'on qilish uchun dastakka aylandigina emas, 
o'quvchi om m ani o'sha ijodkorlarni «xalq dushm ani», asarlarini 
"zararli» deb tushunishga tayyorladi.
Tarixiy-madaniy tahlil metodi badiiy asami milliy madaniy 
an ’analar, shuningdek, davr adabiy-madaniy kontekstida o'rganishga 
qaratilgandir. M a’lumki, badiiy asar madaniy-adabiy a n ’analar 
zaminida dunyoga keladi, uning qator badiiy xususiyatlari shu 
kontekstdagina yorqin namoyon bo'ladi, anglashiladi. Masalan, 
Cho'lponning qator she’rlari borki, ulaming m azm un-m ohiyati 
mumtoz adabiyotimiz, xususan, tasaw uf she’riyati kontekstidagina 
o'zining ramziy m a’nolarini ochishi, tushunilishi mumkin bo'ladi. 
Yoki «O 'tgan kunlar»dagi bir qator xususiyatlar (O tabekning 
oshiqligi sahnalari, syujet motivlari, maktublar va h.k.) folklor va


mumtoz dostonchilik an ’analari zaminida yetishgani shundoq ko‘zga 
ta sh lan a d i. M azkur yondashuv badiiy asarga u m u m m illiy
madaniyatning vakili sifatida qarashi diqqatga molikki, bu xil 
yondashuv adabiy jarayondagi yangi hodisalaming tub omillarini 
anglash imkonini beradi.
Qiyosiy m etod badiiy asarni boshqa asar(lar) bilan qiyosan 
tahlil qilishni nazarda tutadi. K onkret asarni o 'tm ish d a yoki u 
bilan bir paytda, boshqa milliy adabiyotda yoki o ‘zi m ansub 
adabiyotda yaratilgan tadqiq etishi m um kin. Qiyoslash obyekti 
tadqiqot m aqsadidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Deylik, 
asarni o 'tm ishda yaratilgan asar bilan qiyoslash undagi a n ’ana va 
yangilik nisbati, ayrim badiiy unsurlar genezisi haqida tasavvur 
hosil qilish im konini yaratadi; boshqa milliy adabiyot vakili bilan 
qiyoslash asosida esa adabiy aloqa va t a ’sir, milliy adabiyotlar 
rivojidagi tipologik umumiylik kabi m asalalarni o'rganishga keng 
im k o n iy a t y a ra tila d i. M isol u c h u n N avoiy va N iz o m iy
«Hamsa»larini qiyosiy tahlil qilish har ikkala san ’atkorning ijodiy 
o'ziga xosligi, ularning dunyoqarashidagi o'ziga 
xos jihatlarni 
yorqin tushunish va tushuntirish, Navoiy dahosini xolis baholash 
imkonini yaratadi.
Biografik metod badiiy asami muallifining hayot yo'li kontekstida 
o'rganishni nazarda tutadi. Badiiy asarda ijodkor shaxsiyati aks etgani 
bois undagi qator o'rinlar muallif biografiyasi kontekstida yorqinroq 
anglashiladi. Shunga ko'ra, biografik metod asarga muallif tomonidan 
yuklatilgan m azm unni anglashda yetakchi aham iyat kasb etadi. 
M asalan, A .Q ah h o rn in g « 0 'g 'r i» va «D ahshat» hikoyalari 
o'tm ishdan bahs yuritadi, biroq ularni biografik kontekstda olinsa, 
adib har ikki hikoyada ham ular yaratilgan davr m uam m olarini 
badiiy idrok etishga, o'sha davr haqidagi, davr kishilari haqidagi 
fikrlarini ifodalashga harakat qilgani anglashiladi. Biografik metodning


qanchalik samarali boMishi ko‘p jihatdan tadqiqotchi q o 'l ostidagi 
biografik materialga bogMiq boMib qoladi. 0 ‘zbek adabiyotshunosligida 
biografik m etodning yetarli darajada samara bilan qoMlanilmay 
kelayotgani ayni shu narsa - biografik materialning yetarli emasligi 
bilan izohlanadi.
Ijodiy-genetik metod biografik metodga yaqin va u bilan birlikda 
qoMlanib, badiiy asarning ijodiy tarixini o'rganishga yordam beradi. 
Bu m etod adabiyotshunosga hayot m aterialining badiiy obrazga 
aylanish jarayoni, badiiy m atnning sayqallanish yoMini kuzatish 
im k o n in i b e r a d i. M a z k u r m e to d t a d q iq o tc h in in g a sa r 
qoralam alari, uning turli nashr variantlari, tarixiy hujjatlar va 
h.k.ni chuqur o ‘rganishini, konkret faktlar asosida asarning 
yaratilish tarixi va om illarini ochib berishini taqozo etadi. 
Adabiyotshunosligim izda ijodiy-genetik yondashuv sam ara bilan 
qoMlangan tadqiqotlardan biri sifatida R .Q o‘chqorning A .Q ahhor 
rom anlarining ijodiy tarixi haqidagi ilmiy ishini ko'rsatish 
m um kin.
Yuqoridagi m etodlam ing bari asarning tashqi aloqalarini 
o'rganishga qaratilgan bo 'lib , ularning bari tarixiylik tam oyiliga 
tayanadi. Shuni ham ta ’kidlash joizki, konkret badiiy asar tahlilida 
ulai qoiibhiq holda qo'llanadi, ya'ni tahlilda ulardan bitta-ikkistasi 
yetakchi bo'lgani holda, qolganlari ularni to 'ld irad i. Ikkinchi 
to m o n d a n , k o n te k stu a l ta h lil ja ra y o n id a a d a b iy o tsh u n o s
im m anent tahlil m etodlaridan ham o 'rn i bilan foydalanadiki, 
bu uning im koniyatlarini kengaytiradi.
Im m an en t tah lil m eto d lari sifatida stru k tu ra l, stilistik va 
sem iotik m e to d la rn i k o 'rsatish m um kin. S tru k tu ral m etod 
badiiy asar qism lari va u larn in g o 'z a ro alo q alarin i o 'rg a n a d i. 
Bu o 'rin d a ta d q iq o tc h i m a tn n in g tu z ilish in i yoki badiiy 
voqelikning tashkil etishini diqqat m arkaziga qo'y ish i m um kin 
bo'ladi. Stilistik tahlil m atnning uslubiy o'ziga xosligini, semiotik


tahlil esa badiiy asardagi lisoniy belgilarning m a ’no q irralarin i 
o 'rganishga qaratiladi.
Bulardan tashqari, badiiy asarni, aniqrog'i, uning ijtimoiy 
mavjudligini o ‘rganishda konkret sotsiologik tadqiqot metodlari, 
shuningdek, o'sha asar haqida yaratilgan tanqidiy asarlarni o'rganish 
ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 37,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin