B o lta b o y e v
tf.
XX asr o'zbek adabiyotshunosligi. — Sharq yulduzi. — 1995.—
№11.
6.
S u vo n q u lo v
I.
Mumtoz adabiyotni o'rganish mezoni.- Muloqot.—1995.—
№3. - B . 2 5-27.
7.
Y o ‘ld o sh e v B.
60—70-yillar adabiy tanqidchiligi tarixiga bir nazar.- Sharq
yulduzi.- 1999. - № 6 ,- B. 153-155.
8.
M o 'm in o v a N .
Adabiyot nazariyasidan ilk qo'llanma / / O'zbek tili va
adabiyoti. -1 9 9 9 .-№ 4 . - B. 56-57.
9. Литературный энциклопедический словарь. — М., 1987.
Badiiy adabiyot haqida adabiyotshunoslikdagi bahslar to'g'risida.
Badiiy adabiyot ham ijtimoiy ong, ham san’at sohasi sifatida. Badiiy
adabiyotning ijtimoiy tabiati.
XX asr boshlarida ulug' yurtdoshimiz Cho'lpon «Adabiyot
nadir?» degan savolni o‘rtaga tashlagan va shu nomli maqolasida unga
baholi qudrat javob izlagan edi. XX asming o'rtalarida ulug‘ fransuz
yozuvchisi va adabiyotshunosi J.P.Sartr ham huddi shu nomli maqola
bilan chiqqan hamda shu savolga o'zicha javob bergan edi. Agar diqqat
bilan kuzatsak, insoniyat ongini tanigandan beri ushbu savol u yoki
bu tarzda muntazam qo'yilib kelishiga guvoh boiamiz. Qizig'i
shundaki, bu savolga har bir davr o'zicha javob beradi, buning
ustiga, bir davrda yashayotgan odamlarning javoblari ham bir-biridan
jiddiy farqlanadi. Tugal va uzil-kesil javob berilishi mumkin bo'lmagan
«adabiyot nadir?» savolining hozirgi kunda ham kun tartibida turgani
tabiiy. Bugungi kunda mazkur savol tegrasidagi bahslar «adabiyot
san’atmi yoki ong sohasimi», «adabiyot ijtimoiy bo'lishi kerakmi
yoki yo'qmi», «adabiyot ommaviy bo'lishi kerakmi yoki elitarmi»
kabi asosiy masalalami o'z ichiga oladi.
Biz o'zimiz bilishni istagan narsa haqida tugal hukm chiqarishga
moyilmiz, oxirigacha tugal anglab bo'lmaydigan, oxirigacha muayyan
ta’rifu qoidalar asosida tushuntirib bo'lmaydigan murakkab hodisalar
mavjudligini tan olgimiz kelmaydi. Holbuki, mavjud narsa-
hodisalarning aksariyati, jumladan, adabiyot ham, ana shunday
murakkab, ziddiyatli tomonlami o'zida jam etgan hodisa sanalishi
kerak. Yuqorida qo'yilgan savollardan birinchisiga — «adabiyot san’atmi
yoki ong sohasimi» degan masalaga to'xtalsak, bu narsa ancha ravshan
ko'rinadi.
Keyingi yillarda sho‘ro davrida o‘ta yalang‘och ijtimoiylashgan
adabiyotga, uni ommani kommunistik ruhda tarbiyalash kabi
maqsadlarga bo'ysundirish amaliyotiga aks ta’sir tarzida adabiyotni
«sof san’at» sifatida tushunish, unda faqat san’at hodisasinigina ko‘rish
tamoyili kuzatiladi. Holbuki, adabiyotda faqat vositani ko‘rishlik
qanchalik xato bo‘lsa, unda «sof san’at»nigina ko‘rish ham shunchalik
xatodir. «Sof san’at» tarafdorlari adabiyotning ijtimoiy ong sohasi
ekanligini inkor qiladilar, juda insof qilganlari adabiyotning bu jihatiga
e’tiborsizroq, ko‘z yumib qaraydilar. Biz aql va hisni bir-biriga
ko'pincha zid qo'yamiz, holbuki, bu narsa vujudimizda aql va hisning
bir paytda mavjud bo‘lishiga, ikkisining birlikda inson ruhiyatini
tashkil etishiga halaqit bermaydi. Bas, nega endi inson ruhiy
faoliyatining mahsuli bo'lgan adabiyot ulaming ikkisini o ‘zida jam
qilolmas ekan?!
Bu masalani badiiy ijod tabiatidan kelib chiqib tushunish va
tushuntirish o ‘ng‘ayroq ko'rinadi. Adabiyotning ilk namunalari
sanaladigan asotir(m if)larni, afsonalarni esga olaylik. Axir,
«Avesto»dagi rivoyatlar yoxud qadim yunon yoki misr afsonalari
tabiatni, insonning paydo bo'lishi, uning o'lim i sirlari kabi
muammolami bilishga intilish natijasi emasmi? Albatta, hozirgi
insonning tafakkur darajasi ham, adabiyot va san’atning rivojlanish
darajasi ham ulardan juda uzoqlashdi. Lekin badiiy ijodga turtki
beradigan birlamchi omil hamon bilish ehtiyoji bo'lib qoldi. To'g'ri,
keyingi davrlarda yaratilgan asarlarda doim ham ijodkor bilishga
intilayotgani asotirlardagi kabi ravshan sezilmasligi mumkin, lekin
uning yaratilishiga bevosita mana shu ehtiyoj turtki bergan. Deylik,
bir ijodkomi jamiyatning mavjud holati yoki rivojlanish tamoyillarini
bilish(ko'proq romanlarda), boshqa birovini o'zni anglash orqali haqni
ta n i s h ( t a s a v v u f s h e ’r iy a ti ) ,
t a g 'i n b ir in i
q a lb id a g i
kechinmalarini (ya’ni, o'zini) anglash va shunga o'xshash umumiy
nomi BILISh ataluvchi ehtiyoj ijodga undaydi. Faqat shunisi borki,
keyingi davrlarda yaratilgan asarlarda bilish ehtiyojining ravshan
sezilmasligi ijodkor tarafidan anglangan narsaning asarda boshqacha
yo‘sinlarda ifodalanishi bilan izohlanishi mumkin. Deylik, ijodkor
o‘zi anchadan beri yecholmay kelayotgan, o ‘zi anglashga intilayotgan
masalaning
yechimini tabiat manzarasida, hayotdagi biron bir
holatda, hodisa va sh.k.larda ko‘rishi, ya’ni o‘sha narsada hikmat
ko‘rishi ham mumkin. Ijodkor o‘z asarida o‘sha narsani (manzara,
holat, hodisa va sh.k.) aks ettirishning o ‘zi bilanoq ehtiyojni qondiradi.
Qatag‘on davrida insonning qadrsizlangani, butun boshli jamiyatning
totalitar tuzum oldidagi ojizligiyu kishilaming o‘zgalar fojiasiga
tomoshabin bo‘lib tuigani haqida o 'у lagan va azob chekkan A.Qahhor
« 0 ‘g‘ri»da tasvirlangan voqeada, mustabid tuzum sharoitidagi ijodkor
qismatini Oybek «Na’matak»dagi manzarada ko‘rgan bo‘lsa ne ajab?!
Aytmoqchimizki, shu asarlarni yaratish bilan har ikki ijodkor
ruhiyatida paydo boMgan bilish ehtiyoji qondirildi. Zero, ijod onlarida
har ikkisi ham o'zini o‘ylatgan masalani o‘zicha hal qildi, muayyan
bir to‘xtamga keldi. Albatta, bu asarlarni har birimiz o ‘zimizcha
tushunamiz, sababki, biz ulardagi obrazlar tilini o‘zimizcha mantiq
tiliga ko‘chiramiz — anglaymiz. Biroq bu narsa asarning yaratilishiga
turtki boMgan bilish ehtiyojining genetik jihatdan ijtimoiy xarakterga
egaligini inkor qilolmaydi. Badiiy ijodga turtki beruvchi bilish
ehtiyojining turli sath va navdagi ijtimoiy munosabatlar asosida vujudga
kelishi badiiy asarning, demakki, badiiy adabiyotning ham genetik
jihatdan ijtimoiy xarakterga egaligidan dalolatdir. Boshqa bir muhim
tomoni shuki, har ikki adib o‘zlari yaratgan badiiy obrazlar vositasida
bilibgina qolmadi, ikkisi ham o‘zining orzu-armonlarini, his-
tuyg‘ularini — bir so‘z bilan aytganda — o‘z idealidan kelib
chiqqan hissiy munosabatini (va shu yo‘sin bilvosita o‘z idealini)
ifodaladi. Biroq hissiy munosabatni yoki badiiy bilish jarayonida
anglangan haqiqatni ochiqdan-ochiq ifodalash shart emas. Ustiga-
ustak, hissiy m unosabatning o ch iq d a n -o c h iq ifodalanishi
«nasihatgo‘ylik», anglangan haqiqatning ochiqdan-ochiq ifodalanishi
“aqllilik” tomon tortib ketishi mumkin. Shuning uchun, masalan,
« 0 ‘g‘ri»da A.Qahhor «xolis kuzatuvchi» mavqeida turadi: qalbini
jumbishga solgan voqeaning, holatning suratini chizish bilan
kifoyalanadi. Mahorat bilan tasvirlangan holat tasawurida jonlangan
onlarda (hikoyani o‘qish jarayonida) o‘quvchi adibning (ijod
onlaridagi) his-tuyg‘ularini qalbdan kechiradi. Biroq yozuvchi ijod
onlarida qay muammoni badiiy idrok etishga intilgani doim ham ko‘zga
tashlanavermaydi. Buning hech bir ajablanarli joyi ham yo‘q: badiiy
asar arifmetik, fizik va yo boshqa masala emaski, unda konkret shartlar
ko‘rsatib qo‘yilsa. Shunga qaramay, matnda doim aks etmagani holda
ham bilish ehtiyoji badiiy ijodga turtki beruvchi asosiy omil bo‘lib
qolaveradi.
Misol sifatida olingan har ikki asarda ham bir narsaning mohiyati
boshqa narsa orqali anglanayotganiga shohid bo‘layotirmiz. Har ikki
ijodkor ham o‘zlarini o‘ylatgan muammolami anglash uchun hayotga
aynan taqlid qilgani, hayotdan nusxa ko‘chirgani yo‘q. Zero, bir
narsaning mohiyatini ikkinchi narsada ko‘rish uchun aqlning o‘zi
kamlik qiladi, buning uchun ijodkorda avvalo san’atkorona nigoh,
san’atkorga xos «qalb ko‘zi» bo‘lishi lozim. Ya’niki, adabiyotdagi bilish
fandagidek ratsional bilishgina emas, unda aql bilan barobar his,
sezgi (intuitsiya) kabi unsurlar ishtiroki ham kattadir (shuning
uchun ham aqlli odamlarning bari ham san’atkor bo‘lavermaydi,
boMolmaydi). Sirasi, atrofdagi narsa-hodisalarda ayricha hikmat
ko'rishga qobil, kuzatuvchan, zukko kishilar ham oz emas. Biroq
ularning ham m asini ham san’atkor demaymiz, nari borsa
“shoirtabiat”, “zukko” deya ta’riflaymiz. Ulardan farqli o‘laroq,
san’atkor narsaning mohiyatini ochuvchi boshqa narsani ko‘ribgina
qolmaydi, uni o'zining tuyg‘u-fikrlarini ifodalashga muvofiq tarzda
qayta yaratadi (odatga ko‘ra, buni «tasvirlaydi» degan mohiyatga
nomuvofiq so‘z bilan ataladi) va mana shu qayta yaratish jarayoni
IJODdir. Ruhning alohida va betakror holati boMmish ijod onlarida
san’atkorga o‘zi izlagan mohiyat ayon boMadi, ya’ni bilish ehtiyoji
faqat ijod jarayonidagina qondiriladi. San’atkoming ijod onlaridagi
holati, uning zo‘riqib ishlayotgan ongiyu jumbish urgan qalbi esa
asar matnida muhrlanadi. Modomiki, badiiy ijod bilishga qaratilgan
jarayon ekan, demak, badiiy adabiyot ham ongga aloqador hodisa,
faqat bunda bilishning san’atga xos yoMidan boriladi. Bungacha
aytilganlarga tayanib, adabiyot ikkiyoqlama hodisa, u san’atga ham,
ijtimoiy ongga ham birdek aloqadordir degan xulosaga kelish mumkin.
Adabiy bahslarda tez-tez ko'tarilib turgan «adabiyot ijtimoiy
bo‘lishi kerakmi yoki yo‘qmi» masalasi ham sho‘ro davri adabiy
siyosati ta’sirida yuzaga keldi, o‘tkirlashdi. Adabiyotning ijtimoiy
ekanligini inkor qilish ma’qul boMmaganidek, uning individual-
shaxsiy hodisa ekanligini ham inkor etib bo‘lmaydi. Bu da’vo faqat
murosa ilinjida, bahsda oraliqni — eng xavfsiz mavqeni egallash ilinjida
emas. Mazkur savolga javob berish uchun biz adabiyotning predmeti
masalasiga to ‘xtalishimiz zarur.
Adabiyotshunoslikka oid
asarlarda, darsliklarda «badiiy
adabiyotning predmeti — inson» deb ko‘rsatiladi. Biroq mazkur fikrni
tor tushunish, uni mutlaqlashtirish unchalik to ‘g‘ri boMmaydi.
Chunki adabiyot insonni alohida (izolyatsiya qilingan holda) emas,
balki jamiyat, tabiat (bir so‘z bilan aytganda — borliq) bilan uzviy
aloqada o‘rganadi. Zero, insonning o‘zini ulardan xoli, izolyatsiya
qilingan holda tasavvur etib boMmaydi, inson tabiatan ijtimoiy
hodisadir. Modomiki adabiyotning predmeti ham, uning yaratuvchisi
ham inson ekan, adabiyotning ijtimoiy boMmasligi mumkin emas.
Nima uchun asar yoziladi, nima uchun ijodkor asami yozishga
kirishadi? Axir kundalik turmushda duch kelgan odamlar, hodisalar
uning qalb qozonida, aql-idrokida qaynamadimi, uni yozmasa
boMmaydigan holatga keltirib, qoMiga qalam olishga majbur qilmaydimi?
Demak, genetik jihatdan xohlasak-xohlamasak adabiyot ijtimoiy hodisa
ekan. Biroq yaratilishi jihatidan, dunyoga nuqtai nazar, o‘sha dunyo
tufayli paydo boMgan hissiyotlar, fikrlar nuqtai nazaridan tom
ma’noda shaxsiy hodisadir.
MaMum boMadiki, badiiy asarda ijtimoiylik va shaxsiylik qorishiq
holda namoyon bo‘lar ekan, faqat bu o‘rinda ijtimoiylik va shaxsiylik
nisbati har bir konkret asarda turlicha bo'lishini, turlicha zuhur
qilishini e’tiborda tutish lozim bo'ladi. Deylik, ijtimoiylik darajasi
epik va lirik asarlarda jiddiy farqlanadi, ba’zan lirik asarda ijtimoiylikdan
nomi nishon yo'qday ko‘rinadi. Ayrimlar, xususan «sof san’at»
tarafdorlari ayni shu holni mutlaqlashtirmoqchi boMadilar, she’riyat
faqat ko‘ngil ishi boMishi kerak, degan gaplar eshitiladi. Xo‘sh,
insonning ko‘nglidagi tuyg‘ular, iztirobu quvonchlaming o‘zi kelib
chiqishi jihatidan ijtimoiy emasmi? Misol tariqasida lirik qahramonning
muayyan bir holati, kayfiyatigina qalamga olingan bir she’rni olib
ko'raylik:
Bahor kunlarida kuzning havosi,
Tanimni junjitar oqshomgi shamol.
Nega muncha g‘amgin nayning navosi,
Nega qalbim toMa o‘kinch va malol?
Barglar orasiga tinmasdan sira,
Oshno yulduzlardan to‘kiladi nur.
Bilmayman qiynaydi qaysi xotira,
Titroq yulduz kabi muzlagan shuur.
MagMub bahodiming nayzasi misol.
M a’yus egiladi terak uchlari,
Barglar soyasida o‘ynaydi behol
Uyqudagi qizning bedor tushlari.
Atrofimda yotar g‘arib bir viqor,
Bilmam, nega o‘chdi qalbim safosi.
Nima ham qilardim, na ilojim bor,
Bahor kunlarida kuzning havosi.
Ko‘rib turganimizdek, she’rda tabiat manzarasi tasvirlanadi va
shu asosda mahzunlik kayfiyati ifodalanadi. Biroq «bahor kunlarida
kuz nafasining esish»idan kelgan mahzunlik — obraz, mana shu
holatning yuzaga kelish sabablari o‘zgacha bo‘lishi ehtimoldan yiroq
emas. Mazkur she’r 1967 yilda yaratilgan edi. Nechun endi A.Oripov
bahor kunlaridagi kuz havosi haqida gapiradi? Gap shundaki, she’r
yozilgan payt 50-yillar oxiridan jamiyat hayotida kuzatilgan
uyg‘onish, nisbiy erkinlikning 60-yillar o‘rtalaridan qaytadan bo‘g‘ila
boshlagan davriga
to‘g‘ri keladi. A.Oripov jamiyatning bir a ’zosi
sifatida, erkka tashna ijodkor sifatida bu holdan iztirob chekadi,
azoblanadi. Hassos shoir o‘zini qiynagan DARD suratini tabiat
manzarasida ko‘radi, «bahor kunlaridagi kuz havosi»dan kelgan
iztirobini, alamu o ‘kinchini ifodalaydi. Jamiyatning ko‘zi ochiq
a’zolarini iztirobga solgan bu ijtimoiy dard shoiming shaxsiy dardiga
aylangan, dardning shaxsiylanish darajasi shunchalarki, biz she’rni
«ko‘ngil she’riyati» deyishga-da, uni «sof san’at» namunasi sifatida
baholashga-da moyilmiz.
Ijtimoiy dard ijodkoming shaxsiy dardiga aylanmasa, ijodkor
o‘sha dardni chinakamiga qalbidan kechirmasa, biz yuqorida aytgan
«yalang‘och ijtimoiylashuv» yuzaga keladi. Sho‘ro davri adabiyotining
eng katta fojiasi ham shu edi. Totalitar tuzum barchaning birdek
o‘ylashini taqozo etgandiki, bu narsa jamiyatda shaxs maqomining
susayishi, jumladan, ijodkor shaxsining yemirilishiga olib keldi.
Natijada, ko‘plab asarlarda ijtimoiy dard ijodkoming qalb qozonida
obdan qaynamasdan, faqat rasmiy mafkuraning badiiylashtirilgan
ifodasi bo‘lmish shiorbozlikka to‘la she’rlar, hayotni rasmiy mafkura
ko‘zi bilan ko‘ruvchi, tasvirlovchi va baholovchi (garchi «sotsialistik
realizm» namunasi sanalsa-da, realizmdan tamomila yiroq) epik
asarlar yaratildi. Bu narsa adabiyotning tussizlashuviga, ijodiylikning
inqiroz topishiga olib keldi. Adabiyotdagi tussizlikning boisi shuki,
sho‘ro adabiyotidagi (ayniqsa, 30-60-yillardagi) ko‘plab asarlarda
ijtimoiylik bo‘lgani holda ijodkor shaxsi yo‘qolgan, natijada ular bir-
biridan shakliy xususiyatlari bilangina farqlanadigan, go‘yo rang-
barang qog‘ozlarga o‘rab berilgan bitta matohga aylanib qolgandi.
Albatta, chinakam iste’dod bunday bo‘g‘iq sharoitga ko‘nikolmaydi,
isyon qiladi. Shu bois hatto mustabid tuzum zug‘umi kuchaygan
davrlarda ham katta iste’dodlaming asarlaridagi ayrim o‘rinlarida ijodiy
«men» bo‘y ko‘rsatib, asarga jonlilik baxsh etib turadi.
60-yillardan boshlab esa adabiyotimizda ijodiy «men»ning isyoni
kuchliroq namoyon bo‘la boshladi, dunyoni o‘zicha tushunish va
baholashga intilish boshlandi. Shunga qaramay, bular adabiyotimizning
umumiy holatini, «havosi»ni belgilay olmas, zero, rasmiy mafkura
rag‘bati bilan kuchaygan «yalang‘och ijtimoiylik» bir tushovga aylanib
qolgan va dadil olg‘a bosishga imkon bermasdi. Tabiiyki, bulami e’tiborga
olgan holda ko'pchilikning adabiyotdagi ijtimoiylikdan bezganlik
kayfiyatini tushunsa b o 'lad i, biroq mafkura tazyiqi bilan
«yalang‘ochlangan ijtimoiylik»ni deb adabiyotning tabiatiga xos
bo‘lgan ijtimoiylikni inkor qilish to ‘g‘ri bo‘lmaydi.
Yaqin yillardagi va qisman hozirda ham bahslarga sabab bo‘lib
turgan masalalardan yana biri «adabiyot qanday bo‘lishi kerak?» degan
savol tegrasida aylanadi. Mazkur bahsda tomonlaming biri «adabiyot
ommaviy boiishi kerak» degan fikrni, ikkinchisi «adabiyot xos
kishilarga moijallangan (elitar) bo‘lishi kerak» degan fikrni oldinga
suradilar. Ikkinchi tom onning ommaviylikka qarshi turgani
adabiyotning jo ‘nlashuvidan norozilik bilan, birinchi tomonning
xoslargagina mo‘ljallangan adabiyotga qarshiligi bu holda adabiyotning
jamiyatdagi ahamiyati susayadi, deb hisoblashi bilan izohlanadi. Bir
qarashda bu bahs nihoyasizdek, uni hal qilib bo‘lmaydigandek
ko‘rinishi mumkin. Biroq unutmaslik kerakki, muammoning yechimi
bahs bir tomonga hal bo‘lganidagina topiladi deyishlik xato, ko‘p
hollarda bahsning yechimi murosada boMadi. Zikr etilgan bahsning
yechimi ham, bizningcha, murosadadir. Shu o'rinda murosaning
foydasiga ayrim fikrlami qayd etib o'tish joiz.
Birinchisi.
Hammaga ayonki, Ijadiiy adabiyotni iste’dodlar yaratadi.
Iste’dod esa ommadan ko'ra tiyrakroq qalb ko'ziga egaligi, tafakkur
darajasining undan yuqoriroq ekani bilan farqlanadi. Baski, chinakam
iste’dod yaratgan asarning darajasi ham ommadan yuqoriroq
bo‘lmog‘i tabiiy va shunday boMishi kerak ham. Ikkinchi tomondan,
shu adabiy-madaniy zaminda yetishgan iste’dodning ommadan ko‘z
ilg‘amas darajada uzoqlab ketishi ham mahol, shu bois ham «atayin
ommaga moslab yozish» degan da’vo yo yolg‘on, yo iste’dodsizlikni
xaspo‘shlash uchun bahonadan boshqa narsa emas. Demak, bahsdan
chiqadigan birinchi xulosani «bizga chinakam iste’dodlar, iste’dod
bilan yozilgan asarlar kerak» tarzida ifodalash mumkin.
Ikkinchisi.
Badiiy asar juda murakkab hodisa, konkret asami
hammaning birdek tushunishi, birdek suyushi va unga birdek qimmat
berishi mumkin emas. Aytaylik, o‘quvchi bir paytlar o‘qiganda deyarli
e’tiborini tortmagan she’r vaqtiki kelib uni yondirib yuborishi hech
gap emas. Shuningdek, shu o'quvchining yuragiga o‘t yoqqan she’rga
boshqa o‘quvchi mutlaqo e’tiborsiz qarashi ham mumkin. Nihoyat,
badiiy asar tubsiz ummon misoli, yuzasida yurgan nari borsa mavjlaru
jozib qudratni ko‘rar, biroq uning tubida olam-olam sir-sinoatlar
yashirin, uning tubida-da butun boshli bir hayot kechadi. Kimdir
bu ummonning yuzasidagina yuradi, kimdir sayozroq, kimdir
chuqurroq sho‘ngMydi, baski, iste’dod bilan yaratilgan badiiy asar
bir paytning o'zida turli toifalarga — ham ommaga, ham xoslarga
moMjallangan boMadi. Demak, iste’dod bilan yozilgan asardan
hammaga tushunarli boMishlikni talab qilish talab qiluvchidagi didning
darajasini ko‘rsatadi, xolos.
Uchinchisi.
Kishilarda didning turlicha ekanligi fakt, bu hoi bilan
faqat murosa qilish mumkin xolos. Besh qoM barobar emas, kimdir
chuqur ruhiy tasvirga boy asami, kimdir intellektual jihatdan yuksak
asami, kimdir ko‘ngilochar asami, kimdir detektiv, kimdir jangari
asarlarni suyadi. Xohlasak-xohlamasak, adabiyot maydonida ham
raqobat bor. Agarki hozir yengil-yelpi asarlarga qiziqish kuchaymoqda
ekan, bu yuksak didli adabiyotning aybi. Demak, bahslashish,
jizzakilik qilish, ommaning didsizlashayotganidan zorlanish emas —
chinakam adabiyotni, badiiyati yuksak asarlarni yaratmoq kerak.
Badiiy adabiyot — inson faoliyatining mahsuli. Inson faoliyati
esa keng va serqirradir. Inson faoliyati bir-biriga bevosita yoki bilvosita
bog‘liq bo‘lgan «mehnat faoliyati», «ruhiy faoliyat», «estetik faoliyat»
kabi jihatlami o ‘z ichiga oladi. Boz ustiga, ruhiy faoliyatning o‘zi
«aqliy», «hissiy», «ruhoniy» faoliyat qirralarini namoyon etadi. Badiiy
adabiyot insonning go‘zallik qonunlari asosidagi ijodiy-ruhiy faoliyati
m ahsulidir. Shunday ekan, badiiy adabiyotni t a ’riflashda
biryoqlamalikka yo‘l qo‘yish, uni faqat ijtimoiy ong yoxud faqat
san ’at hodisasi sifatida tushunish predm etning m ohiyatini
jo ‘nlashtiradi, bizni uning tabiatini anglashdan uzoqlashtiradi.
Yuqorida biz badiiy adabiyot haqida, uning tevaragidagi bahslar
xususida so‘z yuritdik. Keyingi fasllarda badiiy adabiyot mohiyati
haqida kengroq to‘xtalamiz. Biroq shuni unutmangki, biz sizga uning
mohiyatini anglashga yo‘nalish beramiz, tabiiyki, retsept emas.
Ya’ni, mohiyat haqida tasawurga ega bo‘lgach, siz bu xil bahslarda
o'z mavqeingizni o ‘zingiz, mustaqil ravishda belgilashingiz kerak
bo‘ladi.
Tayanch so‘z va iboralar:
Dostları ilə paylaş: |