Avvalo ta’kidlash kerakki, bunda gradatsiya «qo‘g‘ir-
choq ichida qo‘g‘irchoq» tarzida voqelanadi:
bandlar
doirasida misralararo, she’r butunligida esa bandlararo
gradual o‘sish kuzatiladi. Ma’no izchil kuchaytirib borilgani
uchun ham pirovardida murojaat qilinayotgan shaxsning
asi qiyofasi namoyon bo'ladi. Agar birinchi bandda u lirik
qahramonning tarkidunyo (ya’ni olamni unga bo'shatib)
qilishini, ikkinchi bandda esa undan hatto nom-nishon
ham qolmasligini tilayoígan shaxsiy g'animi o'laroq bo‘y
koYsatsa, uchinchi bandda unlng asi muddaosi yorug1
dunyoda o'zidan o‘zga kimsaning qolmasllgi ekani ang-
lashiladi. Ya’ni shoirning taassufga to‘la mulohazalari
o'zining
shaxsiy dushmani haqida emas, balki ichi tor,
ko'ngli qora va xudparast kimsalar - odamiylik dush-
manlari haqidadir. KoYamizki, she’rning mayda-chuyda
shaxsiy munosabatlar iskanjasidan chiqib, ijtimoiy-estetik
qimmat kasb etishida tematik kompozitsiya hal qiluvchi
ahamiyat kasb etayotir. Albatta, bu o‘rinda bandlar oxirida
«Ko‘ngling toladimi o'shanda, ayt-chi» ritorik savolining
takrorlangani,
shuningdek, birinchi va uchinchi bandlar
o'zaro grammatik jihatdan zidlangani (ketsam, etsam,
biísam - so‘zing, ko‘zing, o'zing) ham muhimligini yodda
tutish kerak. Zotan, bularning ikkisi ham, aslida, lirik asar
kompozitsiyasining boshqa bir aspekti - matn qurilishi bi-
lan bog'liq hodisalardir.
Tematik kompozitsiyaning koYib o'tilgan tiplari turli
variantlarda namoyon bo'lishi yuqorida aytildi. Shu bilan
birga, konkret she’r qismlari
tematik kompozitsiyasining
turlicha bo'lishi ham, ba’zan esa ko‘rib o'tilgan tiplarga xos
jihatlar qorishiq holda namoyon bo'lishi ham mumkinligini
unutmaslik kerak. Keyingi hol, masalan, A.Oripov o‘zbek
diyorining «quyosh buroviga oigan palla»sin¡ qalamga oi
gan mashhur «Saraton» she’rida kuzatiladi. She’rda sara-
tonning bir kuni - quyosh tik kelgan pallasidan boshlab to
233
www.ziyouz.com kutubxonasi
oqshomi qadar yorqin poetik detallar orqali tasvirlanadi.
She’rning o'rtasidan esa boshqa bir tematik obraz - o‘zbek
dehqonining sabot va jasoratga esh mehnati o'rin oigan.
Ya’ni she’r bitta tematik obraz izchil ketma-ketlikda rivoj-
lantiriladigan qolipda qurilgani holda, unda ikkita tema
tik obraz talqln qilingan. Biroq mazkur obrazlar bir-biriga
parallel qo'yib rivojlantirilgan emas,
ikkinchi tematik obraz
(dehqon mehnati) asosiy tematik obraz (saraton) rivojidagi
izchil ketma-ketlikning bir halqasidir. Albatta, saraton man-
zaralari o‘zbek dehqonining mashaqqatli mehnatiga bitil-
mish gimn uchun fon bo'lib ham xizmat qiladi. Biroq bu
uning qo'shimcha funksiyasi, xolos, she’rda har ikki tematik
obraz o‘z holicha ham g'oyaviy-estetik qimmat kasb etgan.
Shu jihatdan she’rning qurilishi «hikoya ichida hikoya» qo-
lipiga monand. Ikkala qism nisbiy mustaqil bo'lgani holda
bir-birini toldiradi, yorqin va tolaqonli namoyon bolishiga
xizmat qiladi.
Hajman katta, mohiyatan lirik dostonga yaqin keluvchi
she’rlarda tematik obrazlar rang-barangligini odatiy holdek
qabul qilamiz. Sababi, lirikaga xos emotsional
t o 'y in g a n iik
uni o'qish jarayonida o'quvchidan
ham shunga mos his-
siy holatni taqozo etadi. U yoki bu emotsional-ruhiy holat
davomiyligiga qo'yüuvchi talab ham shundan kelib chiqadi:
u kishini ruhan zo‘riqtirmaydigan, toliqtirmaydigan daraja-
da bo'lishi lozim. Ya’ni katta lirik she’riarda hissiy tonallik
o‘zgarib turishi kerakki, bu, o‘z navbatida, tematik obraz-
ning ham shunga mos o'zgarishini taqozo etadi. Masalan,
A.Oripovning mashhur «Bahor» she’ridagi asosiy tematik
obraz - tabiatga jonlanish olib kelgan bahor, u tufayli kishi-
lar qalbiga tolgan surur. She’r
boshlanishida
bahor suru-
ri
va
tabiatdagi jonlanish
paydo qilgan ruhiy ko'tarinkilik
ustuvor. Biroq surur yaldo kechasidek qish davomidagi
bahor sog‘inchin\,
tabiatdagi jonlanish esa
«manguga ko‘z
yumgan aziz insonlar»
ni yodga soladi - emotsional tonallik
234
www.ziyouz.com kutubxonasi
o'zgaradi. Ularni eslash asnosida lirik qahramon beixtiyor
buyuklik va baqo, hayot va o ‘lirn
haqidagi o'ylarga berila-
di - qabriston kishini shunga moyil etadi. Elning buyuklari
yotgan
Chig‘atoy qabristoni
manzaralari turtki bo‘lib
onasi-
ning olisdagi qabri
ko‘z oldiga keladi, qalb qa’ridan buyuk
yo'qotishning
hali ohorli iztiroblari
quyilib, tezdayoq
inson-
ga maysacha ham himmat qilinrnaganiga qarshi isyon-
ga aylanadi. So‘ng aql isyonni
bostiradi - lirik qahramon
inson qismatini tan olib, itoatga keladi
va
hayotdan zavq
olib, shukronalik bilan yashash kerak
degan fikrda to‘xtay-
di. Ayni shu nuqtadan unga
bahorning maftunkor go‘zalligi
yaqqolroq ko‘rina boshladi, endi u
dilbar kelinchak vujudi-
da boshlangan yangi hayotni inson umri davomiyligining
ramzi olaroq idrok eta boshiadi. Ko'rib o'tganimiz tematik
kompozitsiyasidagi evrilishlar she’rning o'qishli bo'lishini
ta’minlab, mutolaa davomida o'quvchining o‘sha ziddiyatli
hislarni hech bir ruhiy zo'riqishsiz ko‘ngildan kechirishiga
zamin hoziriaydi.
Yuqorida lirik asar kompozitsiyasi
haqida aytganlarimiz
uning tashqi (matniy) qurilishi va tematik aspektlariga taal-
luqli gaplardan iborat boldi. Tabiiyki, bu o'rinda masalani
to‘la yoritishning imkoni yo‘q, shu bois uning eng muhim
nuqtalariga to‘xtalish bilan cheklandik. Lirik asar tashqi
(matniy) qurilishining band bilan bogliq tomonlari, shu-
ningdek, ritmik-intonatsion jihatlari haqida keyinroq, she’r
tuzilishi mavzusi doirasida batafsil so‘z yuritamiz.
Dostları ilə paylaş: