Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi


ADABIYOTSHUNOSLIK FAN SIFATIDA



Yüklə 8,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/179
tarix29.11.2023
ölçüsü8,8 Mb.
#169675
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   179
Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari (2018)

ADABIYOTSHUNOSLIK FAN SIFATIDA
Adabiyotshunosiik fanining obyekti, predmeti, maqsad va
vazifalari. Adabiyotshunoslikning tarkibiy qismiari: ada-
biyot tarixi, adabiy tanqid, adabiyot nazariyasi. Adabiyot-
shunoslikning yordamchi sohalari. Adabiyotshunosiik-
ning boshqa fanlar bilan aloqasi.
Adabiyotshunoslikning obyekti, predmeti, maqsad
va vazifalari.
Adabiyotshunosiik (ar. 
- adab, fors.
- tanish, o'rganish) fanining nomidanoq uning o‘rganish 
sohasi -
obyekti
adabiyot ekanligi ochiq-oshkor ko'rinib 
turibdi. «Adabiyot» so‘zi arabcha «adab» so'zining ko'plik 
shakli bolib, «chiroyli xulqlar» ma’nosini ifodalaydi. De- 
mak, so‘zning etimologiyasi, ya’ni lug'aviy kelib chiqishi 
bilan uning hozirda biz qollayotgan ma’nosi bir-biridan 
tamom farqlanadi. Hozirgi o'zbek tilida ushbu so‘z keng 
va tor ma’nolarda qollanadi. Keng ma’noda qollangani- 
da «adabiyot» so‘zi o'qishga m oljallab yozilgan va chop 
qilingan barcha asarlar (ilmiy adabiyotlar, texnik adabi- 
yotlar, ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar va b.)ni o‘z ichiga ola- 
di. Nutqiy muloqotda esa biz «adabiyot» so'zining ko‘proq 
tor ma’nosini faol ishlatamiz va bunda so‘z san’ati - badiiy 
adabiyotni nazarda tutamiz. E’tiborli jihati shuki, istilohning 
ayni shu tarzda (tor va keng ma’nolarda) qo'llanishi rus va 
boshqa birqatorxorij tillarida ishlatiluvchi«
literatura»
so‘zi- 
ga ham xosdir. Mazkur terminning kelib chiqishi «litera» 
(«harf», ya’ni bosmaxonada terish uchun metaldan quyil- 
gan harf) so'zidan olingan bolib, keng ma’noda umuman 
chop etilgan mahsulotni, tor ma’noda esa badiiy adabi­
yotni anglatadi. Ya’ni bu so'zlarning ommaviy iste’moldagi 
faol ma’nosi ham, terminologik ma’nosi ham bir-biriga mos
www.ziyouz.com kutubxonasi


keladi. Yana bir umumiy nuqta shuki, «adabiyot» va «lite­
ratura» so'zlarining hozirgi ma’noda qo'llana boshlashi 
keyingi davrlarga to‘g‘ri keladi: tilimizda «adabiyot» so‘zi- 
ning mazkur ma’nosi XX asr boshlaridan ommalashgan 
bo‘lsa, Yevropada ham «literatura» so‘zi hozirgi ma’noda
XVIII asrdan keyin qo'llana boshlagan.
Adabiyotshunoslikning obyekti bo'lmish badiiy adabi- 
yotga taalluqli ilmiy muammolar ko'lami -

Yüklə 8,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin