Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi



Yüklə 8,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/179
tarix29.11.2023
ölçüsü8,8 Mb.
#169675
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   179
Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari (2018)

adabiyot tarixi, adabiyot nazariyasi va adabiy
tanqid.
Ayrim mutaxassisiar mazkur asosiy sohalar qato- 
riga 
adabiyotshunoslik metodoiogiyasini
ham qo‘shad¡- 
lar, ayrimíari esa 
adabiy tanqid
ilm emas, adabiy ijodning 
bir turi deb hisoblaydilar. Aibatta, har ikki qarashda ham 
ma’lum darajada asos bor, lekin bu asoslar an’anaviy tarz- 
da uch asosiy sohani koYsatishni inkor qiiish uchun yetarli 
emas. Zero, birinchidan, adabiy hodisaiarni oYganishning 
metodologik asoslari va metodlarini ishiab chiquvchi 
ada­
biyotshunoslik metodoiogiyasini
alohida soha deb emas, 
adabiyot nazariyasining bir qismi sifatida tushunish to'gYi- 
roq bo'ladi; ikkinchidan, adabiy tanqid adabiy va pubiitsistik 
ijodga nechog'lik yaqin bo‘lmasin, u tahül, talqin va baho- 
lashda iimiy-nazariy asosga tayanadi, faqat ifoda nuqtayi 
nazaridangina ommaviyiik xususiyatiga egadir. Nihoyat, 
eng muhimi, an’anaviy tarzda farqlanuvchi uch sohaning 
har biri badiiy adabiyot biian bog'liq muayyan masaialar 
majmuyini o‘z oldiga qo'yügan maqsad va vazifalardan ke- 
lib chiqqan holda oYganadi; ayni chog'da, bu sohaíaro'za-
6
www.ziyouz.com kutubxonasi


ro mustahkam aloqada bo'lib, bir-birini toldiradi, bir-biriga 
manba yaratadi, asos bo‘lib xizmat qiladi va shu tarzda 
yagona bir tizim - adabiyotshunoslik ilmini tashkil qiladi.
A d a biyo t tarixining predmeti o'tmish adabiyoti bo'lib, 
uning asosida 
tarixiylik prinsipi
yotadi. Mazkur prinsipning 
mazmun-mohiyati shuki, u adabiy jarayonni, adabiy hodi- 
salarni konkret ijtimoiy-tarixiy sharoit bilan bog'liq o'rga- 
nishni ko'zda tutadi. Ya’ni adabiyot tarixi o‘tmishdagi ada­
biy hodisalarni keltirib chiqargan, yaratilgan asarlarning 
g'oyaviy-mazmuniyxususiyatlarini belgilagan, badiiy tafak- 
kur rivoji, poetik usul va vositalarning o'zgarishi va sh.k.lar­
ga asos bo'lgan ijtimoiy-tarixiy, siyosiy-iqtisodiy, madaniy- 
ma’rifiy omillarni aniqlab, adabiyot (jahon adabiyoti yoki 
biror milliy adabiyot)ning taraqqiyot yo'lini uzluksiz jara- 
yon sifatida (tabiiyki, shu jarayonning alohida bosqichlarini 
o'rganish orqali) ilmiy yoritib beradi.
Ko'rib turgariimizdek, garchi adabiyot tarixining pred- 
metini qisqa qilib 
o'tmish adabiyoti
desak-da, uning qam- 
rovi benihoya keng - butunicha qamrab olish imkondan 
tashqarida. Shunday ekan, butun haqida tasavvur ho- 
sil qilishning yagona yo'li qismlarni chuqur va atroflicha 
o'rganishdir. Shuning uchun harn, odatda, adabiyot tarixi- 
ni ilmiy o‘rganish asosan uch aspektda amalga oshiriladi: 
1) muayyan bir davr adabiy jarayonini tadqiq etish; 2) alo­
hida olingan ijodkor hayoti va adabiy merosini o'rganish; 
3) alohida asarlar tadqiqi.
Birinchi yo'nalishdagi tadqiqotlarning ayrimlari funda­
mental xarakterda bolib, ularda milliy adabiyot tarixidagi 
davriy jihatdan chegaralab olingan muayyan bir bosqich 
atroflicha o‘rganiladi. Tabiiyki, bunda davr adabiyoti 
umumiy
tarzda yoritilib, asosiy e’tibor unga xos 
umumiy xususiyatiar
va ularni belgilagan omillarga qaratiladi. Boshqacha aytsak, 
bunday ishlar ko'proq 
adabiy tarixiy obzor
shaklida bo‘la- 
di. Aksincha, boshqa bir nav tadqiqotlarda davr adabiyoti- 
ga xos 
konkret xususiyat, muayyan muammoni
o'rganish
7
www.ziyouz.com kutubxonasi


maqsad qilinadi. Masalan, professor B.Qosimovning «Milliy 
uyg'onish» nomli tadqiqoti1 fundamental xarakterda bo‘llb, 
unda XIX asr oxiri - XX asr boshlaridagi adabiy jarayon 
umumiy planda yoritilgan, davr adabiyoti qiyofasini belgila- 
gan ijtimoiy-tarixiy, madaniy-ma’rifly omillar ochib berilgan. 
Asarni o’qib, davr adabiy hodisalari haqida yaxlit va umumiy 
tasavvur hosil qilinadi. Sh.Rizayevning « 0 ‘zbek jadid dra- 
maturgiyasining shakllanish manbalari» (1995), R.Tojibo- 
yevning «XX asr boshlari o‘zbek adabiy tanqidi tarixidan» 
(1998) nomli asarlarida va yana boshqa bir qator tadiqiqot- 
larda esa, aksincha, ayni davr adabiy jarayoniga oid alo- 
hida masalalar chuqur va keng yoritilgan. Mazkur ikki nav 
tadqiqotlar orasida «umumiylik - xususiylik» dialektikasi 
asosidagi aloqa mavjud, xuddi shu hoi oYganilayotgan davr 
adabiyoti manzarasining mudom tolishib borishini ta’min- 
laydi. Ya’ni avvaliga fundamental ishlar ikkinchi turdagi tad­
qiqotlar uchun o'ziga xos «start maydonchasi» bo'lib xizmat 
qiladi, o‘z navbatida, keyingilari davr adabiyoti manzarasi- 
dagi ayrim chizgilarni bo'rttiradi, punktirlarni toldiradi, yangi 
chizgilar tortadi va shu tarzda kelajakda yaratilajak funda­
mental tadqiqotlarga zamin hozirlaydi.
Alohida ijodkor hayoti va ijodini oYganishga bag'ishlan- 
gan ishlar adabiyot tarixi bo'yicha tadqiqotlarning salmoqli 
qismini tashkil qiladi. Bu yo‘nalishdagi tadqiqotlar asosi- 
da ham tarixiylik prinsipi yotadi. Negaki, ijodkor hayoti va 
faoliyati konkret ijtimoiy-tarixiy sharoitda kechadi, demak, 
uning hayoti o‘z davriga nisbatan qism bo'lib, qism butun 
tarkibidagina to'liq va to‘gYi anglashiladi. Shunga koYa, 
adabiyot tarixi ijodkor hayoti va faoliyatini u yashagan 
davr kontekstida yoritib berishni maqsad qiladi. Ijodkor- 
ning adabiyot tarixida tutgan oYni, qoldirgan merosining 
salmog'i bilan bog'liq holda bu yo'nalishdagi tadqiqotlar 
ikki koYinishda amalga oshiriladi. Birinchi tipdagi ishlar-
1 K
o c m m o b
B. M
utijim m
yCifOHmjj. - TouJKeHT: Ma-bHaBMHT, 200 2.
8
www.ziyouz.com kutubxonasi


da ijodkor hayoti va faoliyatini to la qamrab olgan holda 
monografik planda yoritish maqsad qilinadiki, adabiyot- 
shunosligimizda bunday tadqiqotlar ko'plab amalga oshi- 
rilgan. Jumladan, mustaqillik yillarida M.Tojiboyevaning 
«Yusuf Saryomiy hayoti va ijodi» (1999), O.Usmonovning 
«G'ulom Zafariyning ijodiy yoli» (1999), O.Jo‘raboyevning 
«Haziniy Xo‘qandiy hayoti va ijodiy merosi» (2003), D.Ab- 
duilayevaning «Usmonxo'ja Zoriy hayoti va ijodi» (2003),
O.Tolaboyevning «Karimbek Kamiyning hayot va ijod 
yoli» (2010) kabi qator tadqiqotlar yaratilib, adabiyotimiz 
tarixidagi kemtiklar toldirildi. Albatta, davr adabiyotining 
tolaqonli manzarasini yaratishda bunday ishlar g'oyat 
muhim. Shunga qaramay, ikkinchi tipdagi ishlar - milliy 
adabiyotimiz taraqqiyotida salmoqli o'rin tutgan ijodkor- 
lar hayoti va faoliyatini o'rganishga qaratilgan tadqiqotlar 
hamisha adabiyot tarixining diqqat markazida. Bu bejiz 
emas, albatta. Zero, milliy adabiyot taraqqiyotining u yoki 
bu bosqichiga xos xususiyatlar uning yorqin namoyanda- 
lari ijodida o‘zining mujassam ifodasini topadi. Ya’ni bu 
o‘rinda xususiydan umumiyga yurish - alohida ijodkor ha­
yoti va faoliyatini chuqur o‘rganish orqali davr adabiyoti 
haqida asosli ilmiy xulosalar chiqarish imkoni keng. Yana 
bir tomoni, bunday ijodkorlar hayoti va faoliyatini birgina 
tadqiqot doirasida to la qamrab bolmaydi, aksincha, bir­
gina bosqichi yoki qirrasining o‘zi bitta tadqiqotga bemalol 
material bera oladi. Deylik, jadid adabiyotiga xos xususi­
yatlar A.Qodiriy, Fitrat, Cholponning ijodida to la mujas­
sam. Demak, ularning ijodiga xos birorxususiyatyoki faoli- 
yatining bir qirrasini atroflicha o'rganish davr adabiyotini 
chuqur ilmiy bilishga yol ochadi. Masalan, Fitrat dramalari- 
ning tadqiqi 20-yillar o'zbek dramaturgiyasining o'ziga xos 
g'oyaviy va badiiy jihatlarini yoritishga ham imkon beradi, 
A.Qodiriyning ilk ijodini tadqiq etish orqali esa zamonaviy 
o‘zbek nasrining shakllanish yollari va omillarini tasavvur 
qilish mumkin boladi. XX asr boshlari o‘zbek adabiyoti-
9
www.ziyouz.com kutubxonasi


ni o'rganish masalasi g‘oyat dolzarb bolgan mustaqillik 
yillarida mazkur ijodkorlarning hayoti va adabiy faoliyati 
ko'plab tadqiqotlarning obyektiga aylangani shu bilan izoh- 
lanadi. Bunday íadqiqotlarga miso! tariqasida Z.Eshono- 
vaning «Cho'lpon she’riyaíining g'oyaviy-badiiy xususi- 
yatlari» (1991), D.Quronovning «Cho‘iponning «Kecha va 
kunduz» remanida xarakíerlar psixologizmi» (1992), T.Ra- 
himovning «Cholponning tarjimonlik mahorati» (1994), 
U.Suitonning «Cholponning adabiy-esietik qarashlari» 
(1995), N.Yo'ldoshevning «Cho'lpon she’riyaíida peyzaj» 
(1995), S.Yoldoshbekovaning «Cho'lponning publitsistik 
va muharrirlik faoliyati» (2002) kabilarni keltirish mumkin.
Adabiyot tarixehisi sifaíida konkret badiiy asar tahlil 
qilinganida ham o‘sha asar yaratilgan davr sharoiti, davr 
adabiy jarayoni xususiyatlarini ko‘zda tutish shart qilinadi. 
Zero, harqanday asar, eng avvalo, o‘zi yaratilgan davrning 
ijtimoiy-ma’naviy ehtiyojlariga javob sifatida dunyoga keia- 
di. Demak, uning mazmun-mohiyatida, poetik tizimida bu 
hol aks etadi. Shunga ko'ra, masalan, «Qutadg'u bilig»da 
davlattuzilishi, uni oqilona boshqarish masalalari markaziy 
o'rin tutgani, har bir ijtimoiy toifaning vazifalari nimalardan 
iboratligini tushuntirishga ayricha ahamiyat berilganining 
sababi asar yaratilgan davr tarixiy sharoitidan kelib chiqib- 
gina anglanishi mumkin. Yoki hazrat Navoiy «Farhod va 
Shirin» syujetiga ayrim (Farhodning taxtni egallashga rozi 
bolmasligi, Xisrav - Sheruya syujet motivi va b.) holatlar- 
ni nega kiritganini, bular orqali aytmoqchi bo'lganlarini tu- 
shunmoq uchun Husayn Boyqaro hukmronligi davridagi 
ijtimoiy-siyosiy vaziyatni, yuz bergan tarixiy hodisalarni 
yaxshi bilmoq kerak. Ayni chog'da, asarda davr kayfiya- 
ti bevosita emas, balki ijodkor shaxsiyati orqali aks etadi. 
Shu bois ham asarni tushunish uchun u yaratilgan davr- 
ni bilishning o‘zi kam, o!sha davrda yashagan va davrini 
ko‘nglida yashatgan muallif hayoti, shaxsiyatini ham bilish 
zarur boladi. Masalan, A.Qahhorning «Dahshat» hikoyasi-
10
www.ziyouz.com kutubxonasi


ni olaylik. Unda o'tmish hayoti qalamga olingan. Lekin tari- 
xiy-biografik kontekstda olib qaralsa, uning o'tmishdangi- 
na bahs etmayotgani, 1960-yilda yozilgan bu hikoya o'zida 
ayni davrda muallif ruhiyati, hayotiy pozitsiyasida yuz ber­
gan keskin burilishni aks ettirganiga amin bo'lish mumkin.1
Ko'rib 
0
‘iganimizdek, o'tmish adabiyoti turli aspektlar- 
dan va keng ko‘lamda tadqiq etiiadi. To‘g‘risi, ayrim ishlar- 
ni, masalan, davr adabiyoti haqidagi obzorda to‘rt satr 
ajratish kifoya qiladigan o'rtamiyona ijodkorni «qulog'idan 
tortib» adabiyot tarixiga olib kirish payida bo'lingan yo ilmiy 
o'rganish zarurati haminqadar adabiy hodisaning ahami- 
yatini bo‘rttirish bilangina tadqiqot «kepatasi»ga kiritilgan 
ishlarni ko'rganda o‘tmish adabiyotini bu qadar keng tadqiq 
etish kerakligiga shubha tug‘ilishi mumkin. Yaxshi hamki, 
bunday hollar istisno, xolos, haqiqiy ilm nimani, qanday va 
nima uchun o'rganishni xo‘b biladi. Jumladan, adabiyot ta- 
rixi o'tmish adabiyotini tadqiq etish bilan, birinchidan, uning 
tajribalarini bugungi adabiyot xizmatiga safarbar etadi, ik- 
kinchidan, keng kolamli nazariy xulosalar chiqarish uchun 
zarur material hozirlaydi. Demak, adabiyot tarixi erishgan 
natijalar badiiy tafakkur taraqqiyotida ham, adabiy-nazariy 
tafakkur rivojida ham katta ahamiyat kasb etadi.
0 ‘zbek adabiyotshunosligida adabiyot tarixi sohasining 
ilk kurtaklari sifatida 

Yüklə 8,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin