Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi



Yüklə 8,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/179
tarix29.11.2023
ölçüsü8,8 Mb.
#169675
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   179
Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari (2018)

birinchidan,
adabiy-tanqidiy asar faqat ilmiy 
doiralarga emas, balki keng auditoriyaga mo'ljallab yozi- 
ladi; 
ikkinchidan,
munaqqid adabiy asar bahona kunning 
dolzarb ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy masalalaridan 
ham bahs yuritadi, ularga munosabat bildiradi; nihoyat,
13
www.ziyouz.com kutubxonasi


uchinchidan,
shu ¡kkisi bilan bog'liq holda adabiy-tanqidiy 
asar ilmiy-ommabop tilda so‘zlaydi. Demak, publitsistikani 
faoliyat turi sifatida 
belgilovchi
xususiyatlar adabiy tan- 
qidda harn xuddi shunday maqomga ega, bu esa ularning 
mohiyatan bir-biriga g'oyat yaqinligini ko'rsatadi. Boz usti- 
ga, adabiy tanqidni adabiy ijod turi deb sanashlarida ham 
jon bor, axir: adabiy-tanqidiy asardan aksar badiiy asar 
bo'yi keladi. Zero, badiiy asarni muhokama etarkan, mu- 
naqqid birgina tushunchalar orqali emas, o‘rn¡ bilan obraz- 
iar vositasida ham fikríaydi. Bir jihati ruh mahsuli bolgan 
badiiy asarni idrok etishda qaib ishtiroki shubhasiz, shun­
day ekan, mantiq kuchi yetmagan o'rinlarda intuitiv bilish 
yordamga keladi, hissiy mushohada kuchayadi. Ifodada 
emotsionallikning kuchliligi, talqin va bahoda subyektiv 
nuqtayi nazarning ustuvorligi ham adabiy-tanqidiy asarni 
ilmdan yiroqlashtirayotgandek. Shularga qaramay
adabiy
tanqid-eng avvalilm hodisasi,
bunday deyishimizning ikki 
mustahkam asosi bor: birinchidan, adabiy tanqid muayyan 
obyektni bilishga qaratilgan faoliyat; ikkinchidan, hukm-xu- 
losalarini qay yo'sin ifodalashidan qat’i nazar, obyektni ada- 
biyotshunoslik ilmi mavqeyida turib oYganadi, ya’ni badiiy 
asarni tahlil qilayotgan munaqqid fikrlari adabiyot nazari- 
yasiga, adabiyotshunoslik ilmining yutuqlariga asoslanadi.
Yuqoridagilarni xulosalab aytish murnkinki, adabiy tan­
qid adabiyotshunoslik ilmi, badiiy adabiyot va publitsisti- 
kaga xos jihatlarni o'zida uyg'un mujassam etadi. Shu 
jihatdan uning adabiyotshunoslik, badiiy adabiyot va pub- 
litsistika oralig‘idagi hodisa ekanini e’tirof etgan holda, 
baribir, taraqqiyotining hozirgi bosqichida unda adabiyot­
shunoslik ílmiga mansublik xususiyatlari ustuvorligini ta’- 
kidlash o‘rinlidir.1
1 Umuman olganda, adabiy tanqiddagi publitsistikaga xos xususiyatlar mat- 
buotning rivojlanishi bilan bog'liq holda kuchaygan, uning adabiy ijodga yaqin- 
lashuvi esa G'arb iímida o'tgan asming 20-yillaridan boshlab kuzatilgan akade- 
mizmdan qochish va «esseizrmriing ommalashuvi bilan bog'liqdir.
14
www.ziyouz.com kutubxonasi


Manbalarda o'zbek adabiy íanqidchiiigining ¡Ik kurtaklari 
ham tazkiralarga borib taqaüshi qayd etiladi. Darhaqiqat, 
tazkiranavislar ayrim ijodkorlarni zikr etish asnosi ba’zan 
uiarning asarlari haqida qisqagina íanqidiy mulohazalari- 
ni ham bildirib olganlar. Biroq haqiqatda adabiy-tanqidiy 
tafakkur tazkiralardan ancha ilgari, hech bir mubo!ag‘asiz 
aytish mumkinki, badiiy tafakkur bilan egiz tug'ilgan. Nega- 
k¡, bir tomondan, badiiy ijod mahsullari hamisha kishilar- 
da jonli qiziqish uyg‘otgan, fikr-mulohazalar tug'dirgan, 
muayyan munosabatni shakllantirgan - ularni ifodalash 
ehtiyoji bor; ikkinchi yoqdan, qaiam ahli hamisha go‘zal 
suhbatlarga intilib, yozganlarí haqida o'zgalar fikrini eshi- 
tish ehtiyojini tuyib yashaydi. Mutaxassislar o'tmish adabiy 
jarayonining yashash shakii sanaiuvchi mushoiralar, nafis 
majlisiarda «og‘zaki tanqid» mavjud bolganini ta’kidlay- 
dilarki, bu, eng avval, mazkur ehtiyojlarni qondirish yo‘li- 
dagi sá’y-harakatlar natijasidir. Turli manbalarda shunday 
majlislar davomida u yoki bu asar haqida fikr almashilgani, 
bayt yo g'azalga yuksak baho berilgani yoki kamchiliklari 
ko'rsatib o!tilgani haqida qaydiar yozib qoldirilgan. Fikri- 
mizni quwatlaydigan yana bir daiil shuki, folklorshunos- 
larning kuzatishicha, xalq baxshi (oqin)lari ijrosidagi turli 
janrga mansub asarlarda adabiy-tanqidiy mulohazalar 
bildirilgan o'rinlar ham talaygina. Bularning bari adabiy 
tanqidning ildizlari g‘oyat qadim zamonlardan suv ichishini 
ko'rsatadi.
Hozirgi tushunchadagi - faoliyat turi va adabiyotshunos- 
likning tarkibiy qismi bo'lmish yangi tipdagi o'zbek adabiy 
tanqidchiligining shakllanishi XIX asr oxiri - XX asr bosh- 
lariga to‘g‘ri keladi. Ta’kidlash kerakki, yangi tipdagi adabiy 
tanqidchilikning shakllanishi milliy matbuotning shakllani­
shi bilan bog‘liq holda amalga oshdi. Shu o‘rinda biraniqlik 
kiritish zarurati bor. Garchi ilk adabiy-tanqidiy materiallar
XIX asrning 80-yillaridan «Turkiston viloyati gazeti»da 
chop etila boshlagan esa-da, haqiqatda o'zbek adabiy
15
www.ziyouz.com kutubxonasi


tanqidchiligi 1907-yi!dan keyin — jadid matbuoti bilan bir- 
ga rostmana oyoqqa turdi deyish to‘g‘riroq bo'ladi. Zero, 
adabiyotni targ‘ib etish, yaratilayotgan asarlar mohiyatini 
ommaga anglatish adabiyotga millatni uyg‘otish vositasi 
deb qaragan jadid ma’rifatchilari olib borayotgan maqsadli 
faoliyatning muhim yo'nalishlaridan biri edi. Jadidchilikning 
ko‘zga ko‘ringan namoyandalari Mahmudxo‘ja Behbudiy, 
Abdurauf Fitrat, Saidahmad Vasliy, Hoji Muin hamda ijodiy 
faoliyati jadidchilik ta’sirida boshlangan Vadud Mahmud, 
Cho'lpon singari ijodkorlarning davr matbuotida adabiy- 
tanqidiy materiallari bilan faol qatnashib turgani ham shu 
bilan izohlanadi.
0 ‘zbek adabiy tanqidchiligi g'oyat murakkab va ziddi- 
yatli rivojlanish yo'lini bosib o‘tdi. Sho'ro zamonida o‘zi- 
ning asosiy vazifasi bir yon qolib, g‘oyaviy kurashlar may- 
doniga tortildi - partiyaning qo'lidagi qurol bo'ldi; hukmron 
mafkuraning talab-ehtiyojlariga moslangan «vulgar sot- 
siologizm», «partiyaviylik», «sinfiylik», «konfliktsizlik na- 
zariyasi» singari g‘ayriilmiy, g'ayriadabiy dogmalardan 
jiddiy talafot ko‘rdi. Afsus bilan ta’kidlash kerakki, Otajon 
Hoshim, Sotti Husayn, Miyonbuzruk Solihov kabi adabi- 
yotshunoslar, Hamid Olimjon, Uyg‘un, Komil Yashin singari 
ijodkorlarning qator adabiy-tanqidiy asarlari badiiy tafakkur 
rivojidan ko‘ra ko‘proq chinakam so‘z san’atining zarari-yu 
mustabid tuzumning hokim mafkurasi foydasiga xizmat 
qildi. Ularda adabiy hodisalar badiiyat talablari nuqtayi 
nazaridan emas, birinchi navbatda va asosan mafkura 
dogmalaridan kelib chiqib baholandiki, natijada ularning 
aksariyati bugungi kunda batamom eskirdi.
Mazkur yo'qotishlarga qaramay, o‘zbek adabiy tanqid­
chiligi millat badiiy didini tarbiyalash orqali adabiyotimiz 
rivojiga sezilarli hissa qo'shganligini ham tan olish zarur. 
Xususan, keskin g‘oyaviy kurashlar tafti sezilarli pasaygan 
60-yillardan boshlab adabiy tanqid o'zining asosiy vazifalari
- yaratilayotgan asarlarning mazmun-mohiyati-yu badiiy
16
www.ziyouz.com kutubxonasi


jozibasini ochib berish, ulardagi yutuq va kamchiliklarni xo- 
lis ko'rsatib, ijtimoiy-estetik qimmatini baholash orqali ijod- 
korlar bilan o'quvchi omma orasiga ko'prik solish kabilarni 
amalga oshirishga kirishdi. 0 ‘zbek tanqidchiligining shu 
davrda maydonga kirgan M.Qo‘shjonov, O.Sharafiddinov, 
U.Normatov, S.Mirvaliyev, N.Xudoyberganov, I.G'afurov, 
A.Rasulov kabi qator namoyandalarining chiqishlarida, 
garchi ular ham mafkura tazyiqidan hali to‘la forig‘ bolm a- 
sa-da, adabiyotimizning dolzarb muammolari ko'tarildi, 
koplab asarlarning badiiy jozibasi ochib berildi va imkon 
qadar xoiis baholandi. Muhim jihati, adabiy-tanqidiy ma- 
teriallarni o'quvchilar doirasi kengaydi, talab ortganidan 
respublikaning markaziy va mahalliy nashrlari ayni xarak- 
terdagi materiallarni muntazam chop etishni yo‘lga qo‘ydi.
0 ‘tgan asrning so'nggi o‘n yilligi - mustaqillikning ilk yil- 
larida, bir tomondan, o‘tish davri murakkabliklari, ikkinchi 
tomondan, ilmiy-nazariy va badiiy-estetik asoslarni qayta 
ko'rib chiqish jarayoni bilan bog'liq holda o‘zbek tanqid- 
chiligida ham biroz oqsash kuzatildi. Tanqidchilik qarshisi- 
da mafkuraviy qoliplardan to‘la forig‘ bo‘lish, badiiy asarga 
yondashuv, uni tahlil qilish va baholash prinsiplarini tub- 
dan yangilash vazifalari ko'ndalang bo‘lgan edi. Mustaqil- 
lik epkinidan «ikkinchi nafas»i ochilgan O.Sharafiddinov, 
U.Normatov, N.Karimov, I.G'afurov, A.Rasulov kabi katta 
avlod munaqqidlari hamda ularning yoniga kirgan keyingi 
bo‘g‘inlarning Q.Yo'ldoshev, S.Meli, A.Otaboyev, Sh.Riza- 
yev, R.Qo‘chqor, A.UIug'ov, I.Yoqubov, R.Rahmat, U.Ham- 
darn singari o‘nlab vakillari sa’y-harakatlari bilan bu vazifa 
uddalandi. Hozirda mazkur yangilanishning ilk samaralari 
ko'rindiki, bu o‘zbek adabiy tanqidchiligining istiqboldagi 
baravj rivojidan xayrli nishonadir.

Yüklə 8,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin