Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi


Bibliografiya (Kitobiyot)



Yüklə 8,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/179
tarix29.11.2023
ölçüsü8,8 Mb.
#169675
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   179
Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari (2018)

Bibliografiya (Kitobiyot) 
adabiyotshunoslikning ilmiy- 
amaliy sohasi sanalib, ilmiy tadqiqot ishlari olib borish 
uchun zarur ma’lumotlar - adabiyotshunoslikka oid ki- 
toblar, maqolalar, ilmiy tadqiqotlar ro‘yxatlarini tuzish, 
muayyan tematik yo'nalishdagi yoki xronologik asosdagi 
bibliografik ko'rsatkichlar tayyorlash bilan shug‘ullanadi. 
Yordamchi soha sifatida adabiyotshunoslik bibliografiyasi 
tadqiqotlarning samarali bo'lishiga ko'maklashish maqsa- 
dini ko'zlaydi. Darhaqiqat, bunday ko'rsatkichlar biron-bir 
mavzu bo'yicha izlanayotgan tadqiqotchining vaqtini te- 
jaydi, ilmiy faoliyati samarasini oshiradi, shu bilan birga
mavzu bo'yicha amalga oshirilgan ishlar bilan tez va to'liq 
tanishish imkonini beradi, demak, ilmiy xulosalarning ob- 
yektiv va ahamiyatli bo'lishiga ham zamin hozirlaydi.
0 ‘zbek adabiyotshunosligida bibliografiya yo'nalishida 
ham bir qator ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, Fan- 
lar akademiyasi Bosh kutubxonasi xodimlari tayyorlagan 
«Adabiy hayoî» bibliografik ko'rsatkichi; Fitrat, A.Qodiriy, 
Cho'lpon, G'.G'ulom, A.Qahhor kabi ijodkorlar, M.Qo‘shjo- 
nov, O.Sharafiddinov, U.Normatov, N.Karimov, A.Rasulov 
kabi olimlar faoliyatini yorituvchi bibliografik ko'rsatkichlar- 
ni misol sifatida keltirish mumkin. Hozirda yubiley tadbirlari 
munosabati bilan bibliografik ko'rsatkichlar ham tartib be- 
rish urfga kirib qoldiki, bu sohaning istiqbolidan xayrli ni- 
shondir. Endigi vazifa bibliografik ko‘rsatkichlarning sifati, 
foydalanish uchun qulayligi va samaradorligini oshirishdan 
iborat. Tabiiyki, ularning sifati, eng avval, ilmiy aniqligi -
26
www.ziyouz.com kutubxonasi


bibliografik tavsifning batafsii va benuqsonligi bilan belgi- 
lanadi. Foydalanishda qulaylik va samaradorlikni oshirish 
esa ularning qisqa va sig'imli annotatsiyalar bilan ta’minla- 
nishiga bog'liqdir.
Nihoyat, ayrim manbalarda yordamchi sohalar sirasida 
sanaluvchi 

Yüklə 8,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin