Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi


adabiyotshunoslik istoriografiyasi



Yüklə 8,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/179
tarix29.11.2023
ölçüsü8,8 Mb.
#169675
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   179
Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari (2018)

adabiyotshunoslik istoriografiyasi 
haqida. 
Har bir fanning o‘z istoriografiyasi - uning tarixini yorituvchi 
sohasi mavjudki, adabiyotshunoslik ham bundan mustas- 
no emas. Mazkur soha adabiyotshunoslik ilmi (yoki uning 
bir sohasi)ning tarixiy rivojlanish yo'Iini yoritadi. Shuning- 
dek, muayyan ilmiy muammoning o'rganilish tarixini yori- 
tish ham shu soha vazifasiga kiradi. Har ikki vazifaning 
bajarilishi ham keyingi tadqiqotlarning amalga oshirilishiga 
yordam berishi, izlanishlaming samarali bo‘lishiga zamin 
hozirlashi shubhasiz. Negaki, ixtiyorida shunday material 
bolgan tadqiqotchi muammoning hali yetarli o'rganilma- 
gan tomonlarini yaqqol ko'ra olish, demak, tadqiqot mav- 
zusi, maqsadi, obyekti va predmetini to‘g‘ri belgilash imko- 
niga ega bo'ladi.
O'zbek adabiyotshunosligida bu yo'nalishda ham bir 
qator ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, bu boradagi fun­
damental tadqiqotlar sifatida akademik B.Valixo'jayevning 
« 0 ‘zbek adabiyotshunosligi tarixi», akademik B.Naza­
rov boshchiligidagi olimlar guruhi tomonidan yaratilgan 
« 0 ‘zbek adabiy tanqidi tarixi» kabi asarlar ko'rsatilishi 
mumkin. Shuningdek, taniqli adabiyotshunoslarning ilmiy 
faoliyatini yoritishga bag'ishlangan obzor xarakteridagi 
maqola va risolalarni, jumladan, « 0 ‘zbek tili va adabiyoti» 
jurnali yubiley munosabati bilan muntazam chop etib bo- 
ruvchi maqolalarni ham adabiyotshunoslik istoriografiyasi 
yo'nalishidagi ishlar sirasiga kiritish mumkin. Ikkinchi tip- 
dagi, ya’ni muayyan muammoning o‘rganilish tarixini yori­
tishga bag'ishlangan yirik hajmli asarlar adabiyotshunos- 
ligimizda hozircha yaratilmagan, biroq bu yo‘nalishdagi 
ilmiy maqolalar siyrak bo‘lsa-da uchrab turadi. Bundan
27
www.ziyouz.com kutubxonasi


tashqari, fundamental tadqiqotlar, dissertatsiya Ishlarining 
kirish qismida muammoning o'rganilish tarixi qisqacha 
yoritlladiki, bular yaqin kelajakda yaratllajak ushbu yo‘na- 
lishdagi fundamental tadqiqotlardan darak berayotgandek. 
Xullas, istoriografiya adabiyotshunosligimiz tarkibida yangi 
shakllangan va jadal rivojlanish yo'liga kirgan soha deb hi- 
soblashga asosimiz bor.

Yüklə 8,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin