Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi


Adabiyotshunoslikning boshqa fanlar bilan aloqa-



Yüklə 8,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/179
tarix29.11.2023
ölçüsü8,8 Mb.
#169675
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   179
Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari (2018)

Adabiyotshunoslikning boshqa fanlar bilan aloqa-
si. 
Bugungi kun kishisining tafakkur darajasi, insoniyat to- 
monidan to'plangan bllimlar ko‘lami benihoya kengaygan. 
Qadimda esa fanlar o‘zaro ajralmagan, xususan, adabi- 
yotshunoslik ham falsafa ichidagi bir hodisa edi. Kishilik 
jamiyati taraqqiyoti, inson tafakkurining rivoji davomida 
turli fanlar qatori adabiyotshunoslik ham alohida mustaqil 
fan sifatida ajralib chiqdi. Blroq bu ajralishni tamomila 
mahdudlashish deb tushunmaslik lozim. Chunki adabiyot­
shunoslik fanning barcha mustaqil tarmoqlari singari bosh­
qa fanlar bilan uzviy aloqada yashaydi, rivojlanadi. Bu xil 
aloqa davomida adabiyotshunoslik boshqa fanlardan ni- 
malarnidir oladi, ularga nimalarnidir beradi.
Adabiyotshunoslikning boshqa fanlar bilan aloqasi 
haqidagi gapni, tabiiyki, uning tilshunoslik bilan aloqasi- 
dan boshlash to‘g‘ri bo'ladi. Badiiy adabiyotning materiali 
so‘z, adabiy asar so'zlardan tarkib topuvchi matndir. Ba­
diiy matn esa, ravshanki, til qonuniyatlari asosida tarkib 
topadi. Til qonuniyatlarini bilish matnning qurilishi, tag- 
ma’nolari, ishlatilgan stilistik figuralarning estetik qimmati 
haqida fikr yuritishda juda muhim. Odatda, badiiy matn 
tilini o‘rganishga qaratilgan ishlarga adabiyotshunoslik 
bilan tilshunoslik chegarasidagi ishlar deb qaraladi. Biroq 
bunda chegarani aniq olish kerak. Asosiy farq shunda- 
ki, adabiyotshunoslik til unsurlaridan tarkiblangan matn­
ning badiiyat hodisasiga ayianishini o'rgansa, tilshunoslik 
unda til qonuniyatlarining namoyon bo'lishini tadqiq etadi. 
Zero, tilshunos uchun badiiy matn til hodisasi va shun-
28
www.ziyouz.com kutubxonasi


dan kelib chiqib tii hodisalarini o'rganish vositasi bo'lsa, 
adabiyotshunos uchun u badiiyat hodisasi, til vositasi- 
da yaratilgan va moddiylashgan (kodlashtirilgan) badiiy 
voqelikdir. Ya’ni tilshunos uchun tilni o‘rganish - maqsad, 
adabiyotshunos uchun esa vosita, badiiy voqelikka teran- 
roq kirib borish vositasidir.
Tilshunoslik bilan adabiyotshunoslik aloqalari yana bir 
jihatdan muhim. Tilshunoslik kishilar orasidagi muloqot 
vositasi bo'lgan tilni, adabiyotshunoslik esa ijodkor va 
o‘quvchi orasidagi badiiy muloqot vositasi bolgan badiiy 
asarni 
0
‘rganadi. Muloqot qonuniyatlari umumiy bolgani 
bois ularning orasida tipologik o‘xshashliklar mavjud, bu 
esa adabiyotshunoslikning qator muammolarini til qonuni­
yatlari bilan qiyosan o'rganish va o‘rgatish imkoniyatlarini 
ochadi. Adabiy asarning moddiy asosi matn ekan, adabi­
yotshunos o‘z faoliyatida nutq shakli, she’r sintaksisi, ritm, 
intonatsiya, uslub, trop, uslubiy figuralar kabi qator tushun- 
chalarga duch keladiki, bularning tilshunoslikdagi talqinini 
bilgan adabiyotshunos izlanishlari, albatta, samaraliroq 
bo'ladi. Tilshunoslik bilan aloqaning tig‘izligini shundan 
ham ko'rsa bo‘ladiki, yangi zamon adabiyotshunosligida- 
gi «psixologik maktab», «struktural adabiyotshunoslik» 
singari yo‘nalishlar, «semiotik tahlil», «generativ poetika» 
kabi tushunchalar bevosita tilshunoslik yutuqlari asosida 
yuzaga kelgan.
Adabiyotni jamiyatning badiiy tarixi deb atashlari bejiz 
emas. Zéro, har qanday asar o‘z davrini muayyan daraja- 
da aks ettirar ekan, milliy adabiyot xazinasidagi asarlarda 
o‘sha miliatning tarixiy yo‘li, taqdiri aks etadi. Bu esa ada­
biyotshunoslikning tarix fani bilan uzviy aloqada boMishini 
zaruratga, tabiiy va qonuniy holga aylantiradi. Muayyan 
bir davr adabiyotini yoki o‘tmishda yaratilgan asarni tadqiq 
etayotgan adabiyotshunos o‘sha davr ijtimoiy-tarixiy ho­
disalarini o‘rganmog‘i shart. Aks holda, u o‘rganilayotgan
29
www.ziyouz.com kutubxonasi


davr adabiyotida kuzatilgan hodisalar mohiyatini ham, tah- 
iil qilinayotgan asarning mazmun nozikliklarini ham to‘!a 
anglay olmaydi.
Adabiyot xalqning badiiy tarixigina emas, milliy tafakkur 
tarixi hamdir. So‘z san’atining eng qadim namunalaridan 
boshlab ajdodlarning olam va odam haqidagi anglamlari, 
fikr-qarashlari - o'ziga xos falsafasi aks etib keladiki, bu 
adabiyotshunoslikning falsafa fani bilan mustahkam alo- 
qada bolishini taqozo etadi. Boz ustiga, iste’dodli san’at- 
korlarning hammasi ham o‘ziga yarasha faylasuf, zéro, 
yaratgan asarlarida badiiy konsepsiyalarini - olam-u 
odam haqidagi qarashlari tizimi, boshqacha aytsak, ba­
diiy falsafalarini ifodalaganlar. Tabiiyki, ularning dunyoqa- 
rashlari muayyan falsafiy ta’limotlar ta’sirida shakllangan. 
Shunday ekan, ular yaratgan asarlar mazmun-mohiyatini 
anglash uchun adabiyotshunos o'sha falsafa asoslarini 
bilmog'i kerak bo'ladi. Aytayiik, islom falsafasi asoslarini, 
tasavvuf falsafasini bilmasdan turib mumtoz adabiyot tari- 
xini o‘rganish, undagi ko‘plab asarlarni talqin qilish mahol- 
dir. Yoki, masalan, XX asr Yevropa adabiyoti namunalarini 
o‘rganganda freydizm, ekzistensializm kabi ta’limotlardan 
xabardor bolish talab qilinadi.
Umuman, bu masala haqidagi gapni muxtasar qilib, 
adabiyotshunoslik ijtimoiy-gumanitar fanlarning hamma­
si bilan u yoki bu darajada aloqador desak, hech mubo- 
lag‘a bolmaydi. Muhimi, bu aloqadorlik zarurat maqomida. 
Aytayiik, so‘z san’ati sifatida adabiyot san’atning umumiy 
qonuniyatlari asosida, boshqa san’at turlari bilan aloqada 
yashaydi va rivojlanadiki, bu adabiyotshunosning esteti- 
ka fanidan xabardor bo'lishini taqozo qiladi. Yoki asarda 
tasvirlangan inson ruhiyatini anglash, badiiy ijod psixologi- 
yasi, badiiy asarni qabul qilish jarayonining ruhiy mexa- 
nizmlarini yaxshi tasavvur qilishda unga psixologiya fani 
yutuqlari asqotadi. Xuddi shu kabi fikrlarni etnografiya, 
sotsiologiya, madaniyatshunoslik, siyosatshunoslik kabi ij-
30
www.ziyouz.com kutubxonasi


timoiy-gumaniiar fan sohalari bilan adabiyotshunoslikning 
aloqasi misolida ham aytish mumkin. Bu esa adabiyot­
shunoslikning fanlar tizimida yashashi va boshqa fanlar 
bilan uzviy aloqada rivojlanishiga yaqqol dalildir, Shunday 
ekan, haqiqiy adabiyotshunos bolib yetishish va kasbiy 
salohiyatni saqlab turish uchun kishidan atroflicha keng 
bilim egasi bolish talab etiladi.

Yüklə 8,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin