davrda ijtimoiy ongning asosiy shakli edi). Dunyo, inson va
boshqa jonzotlarning yaratilishi, hayot va o‘lim sirlari, tabi-
at hodisalarining sodir bo'lishi kabi inson bilishga qiziqqan
masalalar miflarda o‘z ifodasini topgan. Ya’ni miflar bu
murakkab masalalarni obrazli tarzda izchil tushuntirib ber-
gan. Albatta, miflar qadim ajdodlarimizning mazkur masa
lalar mohiyatiga yetmaganini ko'rsatadi. Biroq, to‘g‘ri yo
noto‘g‘riligidan qat’i nazar, miflarda ularning olam va odam
haqidagi bilim va tasavvurlari - ijtimoiy ongi akslangani
ham shak-shubhasizdir. Keyinroq, antik jamiyatda falsafa-
ning yetakchiligi kuzatilsa, o‘rta asrlarga kelib ijtimoiy ong
shakllari orasida din yetakchi mavqe egalladi. Zéro, o‘rta
asrlarda olam va odam mohiyati diniy ta’limotlar asosida
tushunildi va tushuntirildi. Insonning dunyo haqidagi bilim-
lari chuqurlashuvi XVIII asrga kelib fanning yetakchiligini
ta’minladi, endi ilmiy bilishning ahamiyati ortdi.
Ijtimoiy ong shakllarining keyingi davrlardagi, xususan,
hozirgi holatiga nazar solsak, unda turlichalikka duch ke-
lamiz. Zéro, hozirda ularning bari parallel holda (umuman
insoniyat miqyosida olsak, taraqqiyot darajasining turli-
chaligi bois mifologik tafakkurdan tortib to yuksak ilmiy
bilishgacha) mavjud. Shunga qaramay, ijtimoiy ongning
joriy holati haqida so‘z borganda insoniyatning ilg‘orini,
rivojlangan jamiyatlarni nazarga olish odat tusiga kirgan
va bu, bizningcha, to'g'riroq hamdir. Bu holda hozir bilish
jarayonida bir paytning o'zida ijtimoiy ong shakllaridan bir
qanchasi ishtirok etayotganini, ular orasida
Dostları ilə paylaş: