dunyoqarash, go'zallik
va
axloq
tushunchalarining tez-tez kesishayotgani bejiz emas: gap
ularning bari badiiy ijod bilan bogliq o‘zak tushunchalardan
biri - estetik idealning qirralari ekanligida. Aslini olganda,
chinakam san’atkor - idéal fuqarosi, shu bois voqelikka
idéal yuksakligidan qarab, uning mezonlaridan kelib chiqib
baholaydi. Idéal, mutaxassislarning ta’kidlashicha, o'zida
ong (dunyoqarash), estetika
va
axloq
jihatlarini birlashti-
radi, uiar esa mos ravishda
haqiqat, go'zallik
va
ezgulik
tushunchalarini uyg'unlikda namoyon etadi. Ta’kidlash ke-
rakki, bu o'rinda uyg'unlik - belgilovchi shart, u buzilgan
taqdirda idéal parokandaga uchraydi, yo‘qlikka yuz tutadi.
Kishilik jamiyati turli qarashlarga ega bolgan kishilar-
dan tarkib topganidek, turli mafkuraga ega guruhlardan
ham tashkil topadi. Bu mafkuralarning har biri konkret ijti-
moiy-siyosiy maqsadlami ko'zda tutadi. Mavjud mafkuralar
ichida kishilik jamiyati taraqqiyotiga xizmat qiladiganlari bi
lan bir qatorda buning ziddiga ishlaydiganlari ham boladi.
Shunday ekan, san’at va adabiyot bu mafkuralarning faqat
umuminsoniy qadriyatlarga muvofiqlarinigina o'ziga sing-
diradi. Deylik, XX asr vabosi sanalmish fashizm mafkurasi
insoniyat dushmani ekanligi hammaga ayon. Shu bois ham
haqiqiy san’at asarlarida bu mafkura o‘zining to'liq aksini
topmaydi, topganlari esa tor doiralar (ya’ni shu mafkura
kishilari) uchungina bo'lib qoladi. Fashistlar Germaniyasi-
dan chinakam iste’dodlarning chiqib ketib, boshqa yurt-
larda umr kechirgani ham buning yorqin dalilidir. Yovuzlik
bilan oshno tutingan mafkura insoniyatga, baski, san’at-
ga yot hodisadir. Xaiqimizning tinchini buzayotgan, yur-
timizning taraqqiy sari, chin ma’nodagi hurlik va farovonlik
sari odimlayotgan yo'lida to‘g‘anoq bo'lishga intilayotgan
diniy ekstremistlarda ham mafkura bor, biroq bu mafku
ra umuminsoniy qadriyatlarga ziddir. Zéro, o'zgalarning
umriga zomin bo'lish, erkini bo‘g‘ish evaziga bo‘lsa-da
maqsadga yetishni oqlagan mafkura ezgulikdan, insoniy-
63
www.ziyouz.com kutubxonasi
likdan butkul yiroq tushadi. San’atning injaligini ko'ringki,
umuminsoniy qadriyatlarga zid mafkuraning badiiyat bo-
bida biror arzigulik mahsul berishi ham mahol - bunday
mafkura asi badiiy qadriyatlar yaratishga ojizdir.
Adabiyot va mafkura munosabati qanday bo‘lishini qu-
yidagicha izohlash mumkin: ijodkor muayyan mafkura-
ga moyil bolgani holda uning estetik ideali umuminso
niy qadriyatlar asosiga qurilgan, demakki, bu idealda
ko‘hna zamonlardan beri ajdodlarimiz intilib yashayotgan
ezgu maqsadlar o'zining quyuqlashgan ifodasini topgan.
Muayyan mafkura ko'zlagan maqsad ancha yaqin, ya’ni
unga ma’lum vaqt ichida yetishish ko'zda tutiladi. Agar
asar konkret mafkuranigina targ‘ib etishga xizmat qilgudek
bolsa, uning umri o‘sha maqsadga yetilgunga qadar
boladi, xolos. Holbuki, chinakam badiiy asar mangulikka
b o ‘y la s h m o g ‘i
lozim, u vaqt e’tibori bilan chegaralangan
maqsadlar doirasida qolib ketolmaydi.
Yuqoridagilardan ko'rinadiki, ijodkorning mafkuraga
munosabati erkin bolmogl kerak, ya’ni u muayyan mafku
ra doirasida shaxsligini namoyon eta bilmogl zarurdir. Ik-
kinchi tomoni, estetik idealda konkret mafkuraga nisbatan
umuminsoniy qadriyatlar salmoqliroq bolishi lozim, shun-
dagina badiiy asar o'tkinchi hodisa bolib qolmaydi - davrga
tobe bolmagan, unga nisbatan daxisiz hodisaga aylanadi.
Zero, asar mazmunining u yaratilgan konkret ijtimoiy-siyo-
siy holatga qaratilgan aktual qatlami vaqt o'tishi bilan bari-
bir tushib qoladi, asarni yuzada tutib qoladigan tub estetik
qatlam esa umuminsoniy qadriyatlar bilan hamohangdir.
Mafkura jamiyatning muayyan yo'nalishda izchil rivojla-
nishida, uning kuchlarini birlashtirib, aniq bir maqsad sari
yo'naltirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois ham
mustaqillikka erishgan O'zbekiston sharoitida milliy mafku-
rani ishlab chiqish va ommalashtirish masalasiga davlat si-
yosati maqomidagi tadbir, kun tartibidagi eng dolzarb vazi-
fa deb qaraldi. Zero, milliy mafkura 0 ‘zbekistonning buyuk
64
www.ziyouz.com kutubxonasi
kelajagini yaratish, dunyo sahnasida buyuk ajdodlarimiz
va buyuk kelajagimizga munosib o‘rinni egallashimizda hal
qiluvchi omillardan biridir. Shunday ekan, milliy mafkurani
ishlab chiqish va ommalashtirish ishida faol qatnashishga
badiiy adabiyot ham burchlîdir.
Ta’kidlash joizki, sho‘ro zamonida kommunistik mafku-
raga xizmat qilgan ijodkorlar va ular yaratgan asarlarning
taqdiridan har kim o'zicha saboq chiqardi, ayrim kishilar-
da adabiyot va mafkura munosabati masalasida biryoq-
lama xulosalar paydo bo'lib ulgurdi. Hozirda «Adabiyot
mafkuradan xoli bo'iishi kerak», «Adabiyot mafkuraga xiz
mat qilmasligi kerak» qabilidagi sirtdan jozibali va shak-
siz to‘g‘ridek ko‘rinadigan, haqiqatda esa xato to‘xtamga
kelgan, shunday fikrlarni olg‘a suruvchilar yo‘q emas. Biz-
ningcha, bu xil fikrlarning paydo bo‘lishiga sabab mafku
ra bilan adabiyotning «sovetcha» andozadagidan bosh-
qacha, to‘g‘ri asosdagi munosabati ham mavjud bo'lishi
mumkinligini tasavvur qilolmaslikdan boshqa narsa emas.
Holbuki, adabiyot bilan mafkura orasida tabiiy, hech bir
zo‘rlashsiz - ijodkorning o‘z g'oyaviy-estetik qarashlari, vij-
don amri bilan bog'liq munosabat ham bo'lishi mumkin va
shunday bo'lishi kerak.
Yuqorida aytganimizdek, mafkura jamiyatni muayyan
maqsadga safarbar etadi. Xo‘sh, jamiyatimizning bugungi
mafkurasi - milliy mafkuramiz qanday maqsadni ko'zlay-
di? Yaxshi ma’lumki, bu mafkura jamiyatimizni Buyuk
0 ‘zbekistonni yaratish maqsadiga boshlaydi. 0 ‘sha qu-
rilajak buyuk kelajakda insonning erkin, hur va farovon
yashashi, o‘zidagi aqliy, ruhiy va jismoniy imkoniyatlarni
to'la ro'yobga chiqarishi, komillik sari intilishiga sharoit
yaratiladi. Zéro, siyosiyroq tilda 0 ‘zbekistonni iqtisodiy ji-
hatdan yuksak rivojlangan huquqiy-demokratik davlatga
aylantiramiz degani, sodda tilga aylantirilsa, shunday ja-
rang topadi. Xo'sh, ayni maqsad qaysi jihatlari bilan kishini
qoniqtirmasligi mumkin? Yoki qaysi jihatlari bilan u badiiy
65
www.ziyouz.com kutubxonasi
adabiyot va san’atning chin mohiyati bo'lmish umumin-
soniy qadriyatlarga, ezgulik, ¡nsonparvarlik tamoyillariga
zid ekan? Bizningcha, jamiyatimiz ko‘zlayotgan maqsad
hech bir san’atkorni vijdoniga, idealiga zid borishga majbur
qilmaydi. Aksincha, bular o'zini chinakam san’atkor va shu
yurt farzandi deb bilgan har bir ijodkorning ideali bo'lishga
arzigulik emasrni?! Shunday, bugungi kunda jamiyatimiz,
uning ilg'or vakülari ko'zlagan maqsad umuminsoniy qadri
yatlarga, ezgulik va ¡nsonparvarlik tamoyillariga har jihat-
dan mosdir. Shu bois ham biz milliy mafkurani shakllanti-
rish va ommalashtirish ishida badiiy adabiyot faol bolishi
kerak, bunga u burchli deya baralla aytamiz.
Masalaning ikkinchi muhim tomoni - shu burchni
qay yo'sin o‘tashi. Adabiyotni mafkuradan xoli ko‘rishni
istovchilar, bizningcha, ayni shu masalada to‘g‘ri tasav-
vurga ega emas. Nazarimizda, ular «xizmat qilish» bi-
!an «yugurdaklik qilish», «shotiríik qilish» tushunchalari-
ni farqlay bilmaydilar. Endi o'rtaga bir savol tashlaylik:
sho'ro davrida o'zini kommunistik mafkura xizmatchisi
deb bilgan ijodkorlar haqiqatan ham mafkuraga xizmat
qilganmi yoki o‘sha mafkura soyasida davr-u davron sur-
gan nomenklaturaga yugurdaklik qilganmi? Bu savolga
javob berish uchun ijodkor bilan mafkura munosabati
qanday bo‘lmog‘i lozim degan masalani oydinlashtirib
olaylik. Avvaio, chinakam san’atkor jamiyatning ilg'or qis-
mida bo'lishi zarur va tabiiy ham, chunki
Dostları ilə paylaş: |