Kommunikativ funksiya.
Badiiy adabiyot shaxslararo,
avlodlararo, millatlararo muloqotning amalga oshishi-
ga xizmat qiladi. Badiiy asarni yaratish davomida ijodkor
tasavvurdagi o'quvchi bilan muloqotga kirishsa, uni o'qish
jarayonida o‘quvchi ijodkor bilan muloqotga kirishadi. Mu-
loqot jarayonida keng kitobxonlar ommasiga badiiy infor-
matsiya yetkaziladi, bu esa o'quvchining bilim va tasav-
vurlar doirasini kengaytiradi, uning informatsiyaga bo'lgan
ehtiyojini qondiradi. Badiiy adabiyot vositasida amalga
oshuvchi muloqot qarshisida davriy yoki hududiy chega-
ralar mavjud emas: uning vositasida o‘quvchi o'zidan bir
necha asrlar ilgari yashagan shaxs bilan ham, o'zidan
minglab chaqirim olisda yashovchi shaxs bilan ham mu
loqot qila biladi. Shu ma’noda, ko‘p mutolaa qilgan hozirgi
kitobxon olis ajdodlarining turmushi, fikrlash tarzi, orzu-in-
tilishlari bilan ham, olis dengiz ortidagi xalqning turmushi,
fikrlash tarzi, orzu-intilishlari bilan ham yaqindan tanish -
ularning bari bilan muloqotda bolgan.
Tarbiyaviy (didaktik) funksiya.
Badiiy adabiyot shaxs-
ni aqlan va ruhan kamolga yetkazadi, jamiyatning ma’nan
tozarishi va yuksalishiga xizmat qiladi. E’tibor berilsa, de-
yarli barcha milliy adabiyotlar taraqqiyotining ilk bosqichla-
rida didaktik funksiya oldingi planda turgani ko‘riladi. Ada-
biyotning tarbiyaviy ahamiyatiga juda qadim davrlardan
ayricha e’tibor berib kelinishi bejiz emas. Xususan, qadimgi
yunon faylasufi Aflotunning «Davlat» asarida adabiyotning
tarbiyaviy imkonlaridan qanday foydalanish kerak, kimga,
nimani va qanday o'qitish kerak degan masala keng qo‘yü-
gan. Sharq xalqlarida ham yosh avlodni tarbiyalashda
badiiy adabiyotdan unumli foydalanilgan. Shu bois Sharq
55
www.ziyouz.com kutubxonasi
mumtoz adabiyotida «Guliston», «Bo'ston», «Qutadg'u
bilig», «Hibat ul-haqoyiq», «Qobusnoma» singari didaktik
asarlar yaratilgan. To‘g‘ri, adabiyot taraqqiyotining keyin-
gi bosqichlarida sof didaktik xarakterdagi asarlar salmog'i
kamayib boradi, hatto oshkor didaktikaga berilgan asarlar
badiiy mukammallikdan yiroq tushadi deb hisoblanadi ham.
Shunga qaramay, badiiy adabiyotning ommaga didaktik
ta’siri haii-hanuz juda kuchli, uning bu boradagi imkoniyat-
lariga ehíiyoj ham mudom kuchayib boradi. O'z navbatida,
chinakam san’at asarida ijodkor hamisha ezgulik, go'zallik,
adolat singari umuminsoniy qadriyatlar tomonida turib fikr
yuritadi, ayni shu narsa badiiy asarda hamma vaqt didaktik
potensial mavjud bolishini, badiiy adabiyotning hamisha
tarbiyaviy funksiya bajarishini ta’min etadi.
K o m p en sa to rlik funksiyasi.
Badiiy adabiyotda inson
o‘z hayotida ko‘rmagan¡ni ko‘radi, undan o‘ziga yetish-
mayotgan narsalarni topadi va shu asosda ruhiy qoniqish
hosil qiladi. Bu jarayonning asosi shuki, badiiy asar mu-
tolaasi davomida o'quvchi irreal olamda - badiiy reallikda
yashaydi: o‘sha irreal olamda real hayotida ko'nglidan ke-
chirmagan hislarni kechiradi, umri davomida tushmagan
vaziyatlarda yashaydi. Ya’ni kompensatorlik funksiyasi-
ni badiiy adabiyotga yuqorida berganimiz «qo'shimcha
umr» ta’rifi bilan bogliq tushunish o‘ng‘ay. Masalan, kishi
hayoti davomida hech sevmagan yo sevilmagan bo'lishi
mumkin, biroq badiiy asar voqeligida yasharkan, u qahra-
mon bilan birga ishqqa mubtalo yoxud buyuk bir sevgiga
sazovor bo'la oladi; adabiyot irreal olamda qashshoqqa
g‘aniy, qo‘rqoqqa botir, baxtsizga baxtiyor bolib yashab
ko'rish imkonini yaratadi. Ushbu aytganlarimiz - tom
ma’nodagi kompensatsiya, ya’ni so‘z borayotgan funksi-
yaning inson hayotida ko‘rmaganlari uchun «qo‘shimcha
umr» o‘laroq o'ziga xos tovon tarzida amalga oshishiga
misol. Bundan tashqari, mutaxassislar badiiy adabiyotning
o!quvchini turmush tashvishlaridan chalg'itishi (masalan,
56
www.ziyouz.com kutubxonasi
sarguzasht-detektiv asar mutolaasiga berilib tashvishlarini
ma’lum muddat unutish) yoki ruhiy íaskin berishini (masa-
lan, asarda íasvirlangan baxtsizga qarab «undan ko‘ra
yaxshíroq ahvoldaman-ku» tarzida o‘ylash) ham kompen-
satorlik funksiyasining ko‘rin¡shlar¡ deb qaraydilar.
Dostları ilə paylaş: |