asosi, uning yadrosi deganimiz tor ma’nodagi san’at - ba-
diiy san’atga ro‘baro‘ bo'lib turibmiz.
Mutaxassis sifatida biz asosan tor ma’nodagi «san’at»
tushunchasi bilan ish ko'ramizki, eng awal shuni aniq-
lashtirib olish zarur. Nemis faylasufi Gegel san’atni uchta
uzv: 1 ) odatiy mavjudlik bolmish asar; 2) uning yaratuvchi-
si bo'lmish subyekt; 3) o‘sha asarni qabul qiladigan sub-
yektlardan tarkib topuvchi hodisa deb biladi.1 Ko'ryapmizki,
masalaga tizimli yondashgani uchun ham Gegel san’at
ni to'laligicha - qismlardan tarkib topgan butunlik o'Iaroq
qamrab oladiki, biz ham ta’rif berishda shu prinsipga taya-
namiz. Xullas,
tor ma’noda san’at deyilganda insonning
go'zallik qonunlari asosida borliqni badiiy o ‘zlashtirish (va
o‘zgartirish)ga qaratilgan ijodiy-ruhiy faoliyati, shu faoli-
yat natijasida yaratilgan qadriyatlar va ularning ijtimoiy
munosabatlar tizimidagi keyingi hayoti tushuniladi.
Avvalo,
ushbu ta’rif bilan yuqorida keng ma’nodagi san’atga beril-
gan ta’rif orasidagi farqlarga diqqatni qaratamiz. Ko'rinib
turibdiki, bu o'rinda gap
badiiy,
ya’ni san’atga xos obrazlar
vositasidagi o'zlashtirish (va o‘zgartirish) hamda san’at
ga xos
ijodiy-ruhiy
faoliyat turi haqida borayotir. Yana bir
muhim farqli jihati shuki, bunda
yaratilgan q a driya tlar-
ba
diiy asarlar retsepsiyasi (ya’ni ularning qabul qilinishi: o‘qi-
lishi, tinglanishi, tomosha qilinishi) ham qamrab olinadi.
Xullas, bundan keyingi o‘rinlarda «san’at» istilohi tor
ma’nosida qo'llanib, bunda
Dostları ilə paylaş: