Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi



Yüklə 8,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/179
tarix29.11.2023
ölçüsü8,8 Mb.
#169675
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   179
Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari (2018)

u ideal qo'ynida
yashaydi.
Ayni paytda, san’atkorning ideali g‘oyibdan kel- 
gan narsa emas: u, bir tomondan, asriardan beri ajdodlar 
sinovidan o‘tib kelgan olm as qadriyatlarni, ikkinchi to­
mondan, o‘sha san’atkor yashayotgan muhit sharoitida 
yetilgan eng ilg'or orzu-intilishlarni o‘zida mujassam etadi. 
Ya’ni san’atkor estetik idealiga o‘z davrining ilg'or ijtimoiy 
maqsadi ham singib ketadi. Faqat bir sharti bor: o‘sha ijti­
moiy maqsad san’atkor uchun shu darajada shaxsiylanib 
ketishi zarurki, endi u o'sha maqsadga o‘z-o‘zining maq-
66
www.ziyouz.com kutubxonasi


sadi deb qarasin - ijtimoiylik va shaxsiylik chegaralari 
yo‘q bo‘lib ketsin. Mana shu shartni uddalay oigan ijodkor 
endi hech kimning xizmatchisi emas, aniqrog'i, u endi o‘z 
idealining xizmatchisi, xolos. Istiqlolning otashin kuychisi 
Cholponni eslang. 0 ‘z davrining eng ilg'or ijtimoiy maq- 
sadi - yurt ozodligi Cholpon ongida shu darajada shax- 
siylandiki, endi u shoirning shaxsiy dardiga, orzusiga, 
hayotining mazmuni - IDEALIga aylandi. Shu bois ham 
mustabid boltasi ostida turib istiqlol ruhida she’rlar bitish- 
ga Cho‘lponni birov majbur qilgan emas, ERK mafkura- 
sini yurtdoshlar diliga singdirishga intilgan shoir birovga 
xizmat qilishni o'ylamagan.
Davrining ilg'or ijtimoiy maqsadini estetik idealiga sing- 
dirgan san’atkor voqelikni o‘sha ideal nuqtayi nazaridan 
baholaydi. Baski, u endi mavjud voqelikdagi o‘sha maq- 
sadga muvofiq jihatlarni ma’qullagani holda nomuvofiqla- 
rini qoralaydi. Faqat shu holdagina uni «mafkuraga xiz­
mat qildi» deyish mumkin boladi. Aksincha, agar ijodkor 
mafkuraning ko‘r-ko‘rona targ'ibotchisi bolsa, mavjud vo­
qelikni ideal nuqtayi nazaridan xolisona badiiy tadqiq qilish 
va g'oyaviy-hissiy baholash o'rniga faqat voizlikni kasb qil- 
sa, qilar ishi mafkurani madh etish-u o‘z nazdida uning hi- 
moyachisiga aylanib qolsa, bilingki, u mafkuraning foydasi 
emas, aksincha, zarariga ishlayotgan bolib chiqadi. Dey- 
lik, istiqlol dardini o‘z vaqtida Cholpon, Fitrat, A.Qodiriylar 
yonib kuylagan edilar, ularning yurt ozodligi mavzusidagi 
asarlari chinakam dardning mahsuli ediki, shu bois ham 
bu asarlarni «yurak qoni bilan bitilgan» deb ta'riflaymiz. 
0 ‘quvchini tolqinlantiradigan yuksak tushunchalar haqi- 
da asar yaratish uchun kishida ma’naviy huquq bolmo- 
g‘i kerak, bu huquqni esa ijtimoiy dardning chinakamiga 
shaxsiylanganligigina berishi mumkin. Shu jihatdan qa- 
ralsa, buyuklarimiz guldek hayotini garovga qo‘yib, yurak 
qoni bilan yozgan VATAN, ERK, OZODLIK kabi mavzular- 
da yengil-yelpi, chinakamiga hissiy idrok qilinmagan o‘y-
67
www.ziyouz.com kutubxonasi


fikrlar, kechinmalarni yozish oq qog'oz oldida ham, o‘quv- 
chilar oldida ham gunohdan o'zga emas.
Alohida ta’kidlash zarurki, milliy mafkuraga xizmat qilish 
degani istiqlol, vaían va sh.k.lar haqida yozish deganigina 
emas. Chinakam san’atkor nima haqida yozishidan qat’i 
nazar - u ma’naviy muammolarni badiiy tadqiq etadimi, 
o'zining qalb qa’rlariga nigoh tashlaydimi, ishq-muhabbat 
haqida yozadimi... - o‘zi badiiy tasvir va tadqiq predmeti 
sifatida oigan narsani umuminsoniy qadriyatlar, ezgulik, 
insoniylik nuqtayi nazarlaridan yoritar va baholar ekan, 
bilingki, u milliy mafkuramizning shakllanishiga, mustah- 
kamlanishiga, jamiyat a’zolari shuuriga singishiga xizmat 
qilayotgan bo'ladi. Zero, yuqorida ta’kidlaganimizdek, 
jamiyatimizning shakllanayotgan mafkurasi umuminsoniy 
qadriyatlarga harjihatdan muvofiqdir.

Yüklə 8,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin