avval uning shaxsiy nuqtayi nazari,
qarashlari aks eta-
di. Ikkinchi tomondan, bu fikr muayyan darajada shartli
ekanini ham unutmaslik kerak. Zero, agarki muallif nuqtayi
nazari va qarashlari genezisiga ko‘ra ijtimoiy ekan, asarda
shaxsiylangan ijtimoiylik
aks etadi,
shaxsiylik va ijtimoiy-
lik uyg‘un mujassamlashadi
deyish to‘g‘riroq. Sababi, bu
o'rinda zuhurotgina shaxsiy, ya’ni ijtimoiylik shaxsiylikka
butkul singib ketgani uchungina
biz asarda ijodkorning
shaxsiy nuqtayi nazari, qarashlari aks etadi deymiz. Zotan,
haqiqiy ijod to‘lg‘og‘ida dunyoga kelgan asarda shunday
bo'lishi kerak ham: ijod jarayonining «qalb qozonida qay-
natmoq», «qalb prizmasidan o‘tkazmoq» deya ta’riflanishi
bejiz emas. Aksincha yo‘ldan boriisa, ya’ni ijodkor shaxsi
ijtimoiylikda singib yo'qoisa, ijodiylik yo'qoladi, bu holda
ijod ham, badiiyat hodisasi ham mavjud emas. Negaki, bu
holda yozuvchi voqelikni tayyor qolip (sxema)lar asosida
ko'radi, o'sha qoliplarga muvofiq tasvirlaydi va uiardan ke-
lib chiqib baholaydi - sxematizm yuzaga keladi. Sirasini
aytganda, kompyuter texnikasi yuksak rivojlangan bizning
zamonamizda, ehtimol, bunday
sxematik asarni dasturiy
jihatdan yaxshi ta’minlangan kompyuter ham yozishi mum-
kin. Sho‘ro davri adabiyotining fojiasi ayni shunda - ijodkor
shaxsining ijtimoiylikda singib yo'qolib ketganida edi.
Badiiy ijod dunyoqarash bilan bogliq tarzda kechadi.
Dunyoqarash deganda konkret insonning dunyo haqidagi
bilimlari, tushunchalari, g'oyalari jamini tushunamiz. Badiiy
asarda akslangan badiiy voqelik ijodkor tomonidan ko‘ril-
gan, ijodiy qayta ishlangan va g‘oyaviy-hissiy baholangan
voqelik ekan, demak, badiiy asar mazmuni ijodkor dunyo-
qarashi bilan bog'liq bo‘ladi. Ma’lumki, har bir inson dun-
yoni o'zicha ko'radi, uni o'zicha idrok qiladi va o‘zicha ba
holaydi. Qizig‘i
shundaki, hammamiz ham o‘zimiz ko‘rgan
voqelikni real voqelik deb tushunamiz. Holbuki, bu - vo-
qelikning ongimizdagi biz ko'rolgan va idrok etolgan aksi,
xolos, ya’ni individual borliqdir. Shunday ekan, birjoyda, bir
61
www.ziyouz.com kutubxonasi
davrda yashab turgan ikki inson ongidagi voqelikning aksi
bir xii bo‘lolmaydi. Buning yorqin misoli sifatida Co'lpon-
ning «Kecha» va Oybekning «Qutlug1 qon» romanlarini olib
ko‘rishimiz mumkin. Ikkala muallif bir davrda yashagani, bir
davrni qalamga olgani holda, har ikki romanda akslangan
badiiy voqelik bir-biridan tubdan farq qiladi. Sababi, har
ikki adibning asarida ham individual
borliq - ularning ongi-
da akslangan voqelikning badiiy modeli o‘z aksini topgan.
Voqelikning ijodkor ongida qay tarzda akslanishi bevosita
uning dunyoqarashiga bog'liqdir. Tasavvur qilingki, ikkinchi
jahon urushi voqealarini ikki qarama-qarshi tomon vakillari
bolmish yozuvchilar aks ettirdi. Bu holda ulardan biri, ma-
salan, Berlinda o‘z jonini xavfga qo'yib tank ostidan nemis
qizalog'ini qutqargan sho'ro askarini bo'rttirib ko'rsatishi,
ikkinchisi esa vujudi intiqom olovida yongan, yovuzlikka
yovuzlik bilan javob berishga jazm qilgan sho'ro askarining
xatti-harakatlarini bo'rttirishi mumkin. Holbuki,
urushda uni-
si ham, bunisi ham sodir bo'lgan bolishi mumkinligini hech
kim inkor qilolmaydi. Ko'ramizki, voqelikning qaysi jihatla-
rini ko'rish, qaysilarini bo'rttirgan holda uning mohiyati sifa
tida taqdim qilish ijodkor dunyoqarashi bilan bog'liq ekan.
Haqiqiy san’atkor qaysi ijtimoiy guruhga mansubligidan,
qanday ijtimoiy maqsadlarga xizmat qilishidan qat’i nazar,
u yaratgan badiiy asarda umuminsoniy qadriyatlar ustu-
vorlik qiladi. Shu bois ham chinakam badiiy asarda ijodkor
har vaqt ezgulik, go'zallik, adolat, insoniylik kabi mangu
qadriyatlar tomonida turadi. Umuminsoniy qadriyatlarga
zid g‘oyalarni o'ziga singdirgan asarning chinakam ba
diiy qimmatga ega bo'lishi mumkin emas. Zéro, bunday
asar o'quvchini o‘zidan uzoqlashtiradi (ilon tanasi qancha
go‘zal ranglarjilosiga ega bo'lmasin, o'ziga jalb qilish o'rni-
ga o'zidan itaradi). Ko'ramizki, badiiy adabiyot va san’at-
dagi go‘zallik ma’naviyatdan
ayro holda yashay olmaydi,
badiiyat estetik kategoriyagina emas, ma’lum ma’noda etik
kategoriya ham sanaladi.
62
www.ziyouz.com kutubxonasi