Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi


www.ziyouz.com kutubxonasi Savol va topshiriqlar



Yüklə 8,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/179
tarix29.11.2023
ölçüsü8,8 Mb.
#169675
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   179
Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari (2018)

86
www.ziyouz.com kutubxonasi


Savol va topshiriqlar:
1. Estetik faoliyat tushunchasiga izoh bering. Estetik faoliyat va
badiiy ijod tushunchalarining o‘zaro munosabati qanday?
2. Amaliy va badiiy san’atlarning mushtarak va farqli tomonlarini
tushuntiring. Xususan, amaliy faoliyat o’zi yo'naltirilgan pred-
metni o'zgartirishi aytildi. Shu jihatdan qarab haykaitarosh-
likning badiiy san’at turi ekanini asoslab bering.
3. Badiiy san’at turlarini umumlashtiruvchi va farqlovchi jihatlar
qaysilar?
4. Badiiy adabiyotning o'ziga xosiigini boshqa san’at turlari, ma-
salan, musiqa va rangtasvir bilan qiyoslab tushuntirib bering.
5. Badiiy adabiyotni kino san’ati bilan qiyoslang, o ‘xshash va
farqli tomonlarini ko'rsating. Kino asari tomosha qilinadi,
adabiy asar o'qiladi. Badiiy asarni ikkixilyo'sinda qabul qilish-
ning farqli tomonlari nimada? Insonning ma’naviy-ruhiy yuk-
salishiga bulardan qaysisi kuchliroq ta’sir ko'rsatishi mumkin?
Nima uchun?
f
87
www.ziyouz.com kutubxonasi


OBRAZLIUK VA BADIIY OBRAZ
Badiiy obraz vositasida tafakkur qilish (obrazlilik) san’at-
ning spetsifik xususiyati sifatida. Badiiy obraz tushun-
chasi. Badiiy obraz xususiyatlari. Inson obrazî va uni
yaratish vositalari. Badiiy obraz turlari.
Badiiy obraz vositasida fikriashi (va ifodalashi) san’at- 
ning spetsifik, ya’ni tur sifatida belgilovchi xususiyati bo'lib, 

obrazlilik
deb yuritiladi. San’atkor badiiy obraz vositasida 
dunyoni anglaydi, o‘zi anglagan mohiyatni va o‘zining ang- 
lanayotgan narsaga hissiy muriosabatini ifodalaydi. Shu 
ma’noda obraz adabiyot va san’atning fikrlash shakli, usuli 
sanaladi; obrazlar vositasida fikrlagani uchun ham adabi­
yot va san’atga xos fikrlash tarzi «obrazli tafakkur» deb 
yuritiladi.
Obrazli tafakkur bilan tushunchalar vositasidagi tafak­
kur tarzining farqi nimada? Oradagi farqni yorqinroq tasav- 
vur etish uchun fandagi va badiiy adabiyotdagi tafakkur 
tarzini qiyoslab ko'rish mumkin. Misol uchun, birxil masala 
yuzasidan fikr yuritayotgan olim va shoirni olib ko'raylik. 
A.Oripovning mashhur «Ayol» she’rida Ikkinchi jahon uru- 
shi tufayli eridan yosh beva qoigan, endi umrini farzandiga 
bag'ishlagani holda sadoqat bilan yashab o'tayotgan ayol 
haqida so‘z boradi. Shoir ko‘z oldimizda 
konkret ayol
ni 
gavdalantiradi, uning foje taqdiri, yolglzlikda kechayotgan 
mashaqqat-u alam-iztirobga to'liq turmushini bir nechtagi- 
na yorqin badiiy detal yordamida tasvirlash orqali umuman 
urush haqida, uning oqibatlari -xalqim iz boshiga keltirgan 
kulfatlar haqida, og'ir damlarda sinaluvchi insoniy hislar 
haqida mushohada yuritadi.
88
www.ziyouz.com kutubxonasi


Endi xuddi shu she’rdagi masala xususida, masalan, 
tarixchi yo demograf olim qanday fikr yuritishini kuzata- 
miz: «Ikkinchi jahon urushining dastlabki kunlaridanoq ...
- ... - yillarda tugllgan yigitlar froniga to‘la safarbar etildi. 
Sho‘ro hukumati urush harakatlarida insonni tejash yo'lini 
tutmagani tufayli janggohlarda ... nafar yigitlarimiz halok 
boldi. Buning natijasida urush davri va undan keyingi yil­
larda jamiyafdagi erkak-ayol nisbafida nomutanosiblik yu- 
zaga keldi: demografik vaziyat tanglashdi. Ko'plab ayollar 
yolg'iz umrguzaronlik qilishga mahkum boldi. Jamiyatda 
«yolg‘iz ayol» toifasi yuzaga keldi».
Ko'rib turganimizdek, olim shoirdan tamomila farq- 
ii yoldan boradi: uni urush davridagi konkret odam taqdiri 
emas, urush oqibatlari bilan bogliqumumlashma faktlar qi~ 
ziqtiradi. Shu bois harn urush dahshatlarini boshdan o'tkaz- 
gan konkret insonlardan o‘zini fikran chetlashtirib - abstrakt 
tafakkur qiladi, umumlashma tushunchalar asosida fikrlaydi. 
Ya’ni olim urushga safarbar etilib qaytmagan falonchi haqida 
emas, umuman safarbar etilib qaytmaganlar haqida; o‘sha 
falonchining bevasi haqida emas umuman urush tufayli 
yolglzlikda umr kechirgan ayollar haqida fikr yuritadi.
Ko‘ryapmizki, mohiyat e’tibori bilan shoir va olimni o‘y- 
lantirayotgan muammo bitta. Biroq shoir bitta konkret ayol 
taqdirini badiiy tasvirlash (obrazini yaratish) orqali umum- 
lashmaga boradi, baski, obraz uning uchun fikrlash shakli, 
usuli bolib qoladi. Ya’ni olim ko'plab faktlarni (konkret ho- 
disaiar, insonlar va b.) o‘rganib, ularning umumiy xususi- 
yatlari asosida iimiy xulosalar, umumlashmalar chiqarsa, 
san’atkor konkret faktni individual tasvirlash orqali umum- 
lashmaga intiladi.
Estetika, san’atshunoslik va adabiyotshunoslik fan- 
laridagi o‘zak tushunchaiardan birini anglatuvchi ter- 
minga rus tilidagi ko‘p ma’noii «obraz» so'zining «biror 
nimaning ongdagi aksi» (keyingi o'rinlarda «biror ni- 
maning tasviri») ma’nosi asos bo'lib xizmat qilgan. Ter­
89
www.ziyouz.com kutubxonasi


min sifatida «obraz» faisafa va psixoiogiyada harn faoi 
qollanib, bunda voqelikning, undagi narsa-hodisaning 
inson ongidagi aksi tushuniladi, Shuni hamisha yodda 
tutish kerakki, so'zning lug'aviy ma’nosi bilan istiiohiy 
ma’nosi bir xil bolmaganidek, bitta terminning turli fan- 
lar doirasida ifodalayotgan ma’nolarida ham muayyan 
farqlar kuzatiladi. Ya’ni lug'aviy va istiiohiy ma’no orasi- 
da mushtarak nuqialar bo‘lsa-da, muayyan fan doirasida 
istiloh ostida aniq bitta ma’noni tushunish talab qilinadi. 
Shuni nazarda tutgan holda eng avval juda muhim bitta 
aniqlik kiritib oiishimiz zarur. U ham bolsa shuki, garchi 
ilmiy muomalada ko'pincha «obraz» tarzida qollashga 
odatlangan esak-da, bunda hamisha «badiiy obraz»ni 
nazarda tutamiz. Zero, yuqorida estetika, san’atshunos- 
lik va adabiyotshunoslik fanlaridagi o‘zak tushuncha de- 
ganimiz - «badiiy obraz», faqat qulayligi vajhidan uni 
qisqa qilib «obraz» deb o'rganganmiz. Xullas, istiloh 
ma’nosini aniqlashtirish uchun eng avval «badiiy obraz» 
tushunchasiga ta’rif berishimiz lozim.
Badiiy obraz borliqning (undagi narsa, hodisa va b.) 
san’atkor ko‘zi bilan ko'rilgan va ideal asosida ijodiy qay- 
ta ishlanib, hissiy idrok etish mumkin bolgan shaklda 
ifodalangan aksidir, Albatta, bu aksda borliqning ko'plab 
tanish izlarini topamiz, biroq bu endi biz bilgan borliqning 
aynan o‘zi emas, balki tamoman yangi mavjudlik - badiiy 
borliqdir. Tushunishimiz osonroq bolishi uchun rangtas- 
vir san’atiga, musavvir ijodiga murojaat qilaylik. Musav- 
vir yaratgan peyzaj - tabiat manzarasi tasviri bilan «na­
tura» - asarga asos bolgan real manzara orasida juda 
katta tashqi o'xshashlikni topishimiz, hatto «xuddi o‘zi-ya» 
deya hayratlanishimiz mumkin. Ehtimol, kimlar uchundir 
tomoshabinning bu nav hayrati musavvir ijodiga berilgan 
yuksak baho bolib ko‘rinar ham. Biroq haqiqatda bu san’at- 
ni tushunmasligimizdan dalolatdir. Zero, biz real manzara 
bilan tasvir orasidagi o'xshashlikni ko'roldik, xolos. Tas-
90
www.ziyouz.com kutubxonasi


virda musavvir ayricha bo'rttirgan ranglarni, ularning qalb 
kechinmalariga «hamohang» jilosini, bizning nazarimizda 
ahamiyatsiz ko'ringani uchun e’tibor bermaganimiz, biroq 
muallif nazarida muhim bo'igani uchun bo'rttiribroq beril- 
gan chizgini, naturada bo‘lsa-da asarda aksini topmagan 
yoki bo‘!masa-da asarda aks ettirilgan jajji detalni... ilg'ay 
olmadik, demak, san’at hodisasiga oshno bo‘lolmadik, 
undan bebahra qoldik. Boshqacha aytsak, biz obrazdagi 
obyektiv ibtidoni ko'rganimiz holda undagi subyektiv ibti- 
doni - asarga singdirib yuborilgan muallifni, muallif qalbini 
ko‘ra olmadik. Modomiki badiiy obrazda faqat obyektiv ibti- 
donigina ko'rar ekanmiz, demak, asarni ko'rmagan - badi- 
iyat hodisasidan chetda qolgan bo'lib chiqamiz. Zero, ba- 
diiyat ijod va retsepsiya (o'qish, tomosha qilish, tinglash) 
jarayonlaridagina mavjuddir. Ayon boladiki, haqiqatda 
badiiy obrazning materiali real voqelikgina emas, ijodkor 
shaxsiyati hamdir. Ya’ni 

Yüklə 8,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin