kigiz
to'shalgani holda, bu hujrada
qip-qizil gilam,
uttalar-
da
bo‘z ko'rpalar
koYilgan bolsa, munda
ipak va adras
ko‘rpalar,
narigilarda
qora charog‘
sasig‘anda, bu hujrada
sfram’ yonadir...» 0 ‘quvch¡
dongdor
karvonsaroyning eng
yaxshi - «qip-qizü giiamlar», «ipak va adras ko‘rpalar»
ío'shalgan, qimmatbaho sham yoritib turgan hujrasidagi
odamning baland mavqeli, obroli va boy-badavlat ekanini
(ayniqsa, boshqa hujralar bilan qiyoslab) darrov fahmlay-
di. Zero, bundagi detallar - narsa-buyumlar obrazlari shu
ma’noni ifodalashga xizmat qiladi. Yoki Xo‘ja Ma’oz qabris-
tonidagi tun manzaralari, bo'zaxonada yangragan Navo
kuyining bayoni, Mingo'rik saylida koYilgan tabiat tasviri -
bularning har biri alohida obraz bolgani holda, hammasi
qahramon ruhiyatini chuqur ochib berishga xizmat qiladi.
To‘g‘ri, ayrim asarlar borki, ularda inson obrazi yaratil-
gan emas: masallar, hayvonlar haqidagi ertaklar, peyzaj
lirikasi va b. Biroq ularda ham yo majoziy ravishda irison,
inson hayoti haqida so‘z boradi (masallar, hayvonlar haqi-
da ertaklar), yo inson qalbi suratlanadi (peyzaj lirikasi).
Masalan, L.Tolstoyning «Xolstomer», E.Seton-Tompson-
ning «Yovvoyi yoYg'a», Ch.Aytmatovning «Alvido, Gui
san» asarlari markazida ot obrazi turadi. Biroq ularning
bari, birinchidan, insonlashtirilgan: inson kabi o'ylaydi, iz-
tirob chekadi, quvonadi... Ikkinchi tomondan, ular majoziy
tarzda inson hayoti haqida, kishilik jamiyatidagi ajabtovur
holatlar-u murakkab shaxslararo munosabatlar haqida fikr
yuritish vositasidir. Deylik, «Xolstomer»da insonga egalik
qilish - chor krepostnoy tuzumining g'ayriinsoniy mohiya-
ti ochilgan, «Yovvoyi yo‘rg‘a»da inson erki g'oyat baland
pardalarda kuylangan bolsa, «Alvido, Gulsari»da shoYo
jamiyatidagi inson qadr-qimmati, sha’ni masalalari o'tkir
qilib qo'yiigan. Ko'rib o'tilganlar majoziy ma’noga ham ega
98
www.ziyouz.com kutubxonasi
realistik obrazlar bolsa, narsa-buyum va jonivorlar ma-
joz - allegoriya olaroq tasvirlangan asarlar ham ko‘plab
uchraydi. Bunday asarlarda jonivorlar-u narsa-buyumlar
xuddi odamlardek harakatlanishi, gapiraverishi mumkin,
ya’ni ularda faqat majoziy ma’no borki, u ham tolasicha
insonga aloqadordir.
Adabiyotshunoslikka doir manbalarda
inson obrazi
tushunchasi ko'pincha
personaj
termini bilan ifodalanadi.
Personaj (lot.
persona -
shaxs, teatr maskasi) deganda
badiiy adabiyotdagi inson obrazi, adabiy asardagi voqea
ishtirokchisi, his-kechinma va nutq subyekti tushuniladi.
Demakki, asarda qimirlaganki inson obrazi bolsa - katta
yo kichikligi, syujetdagi ishtiroki, asar strukturasida tutgan
o‘rnidan qat’i na zar- hammasini personaj deb atash mum-
kin. Sababi, bu termin
qahramon, ishtirok etuvchi, xarak-
ter
terminlari bilan bitta sinonimik qatorni tashkil qiladi va
neytral ma’nosi bilan dominant vazifasini o‘taydi. Shu bois
personaj
terminini ularning o'rnida bemalol qollash mum-
kin, aksicha qollash esa xato boladi. Chunki bu termin-
lar o'zining asardagi mavqeyi, tashiyotgan g'oyaviy-badiiy
yuk zalvori, syujet voqealaridagi ishtiroki, umumlashtirish
darajasi kabi jihatlardan farqli inson obrazlarini anglatadi.
Badiiy adabiyotda inson obrazini tolaqonli yaratish, uni
o'quvchi ko‘z oldida konkret jonlantirish uchun xizmat qila-
digan qator vositalar mavjud. Bularga
muallif xarakteristi-
kasi, portret, badiiy psixologizm, personaj nutqi
kabi badiiy
unsurlar kiradi.
Obrazga bevosita yozuvchi tomonidan berilgan ta’rif
«muallif xarakteristikasi» deb yuritiladi. Muallif xarakteris-
tikasida obrazning fel-atvoriga xos asosiy xususiyatlar
umumiy tarzda bayon qilinadi. Odatda, muallif xarakteris
tikasi asarning boshlanishida yoxud konkret obraz asar vo-
qeligiga kirib kelgan o'rinlarda beriladi. Muallif xarakteristi
kasi o‘quvchida personaj haqida yaxlit tasavvur hosil qilib,
uning keyíngi xatti-harakatlari, gap-so‘zlarini anglashida
99
www.ziyouz.com kutubxonasi
muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, «Kecha» romanida
y a y r a b - o ‘y n a b
turgan qizchalar ustiga Razzoq so‘fi kirib ke-
ladi-da, dag‘dag‘a soladi: «Nima bu qiyomat?!» Muallif syu-
jet harakatini shu joyda to'xtatib, Razzoq so'fi ta’rifiga o‘ta-
di. Ta’rif anchagina uzun va tafsilli bo‘lganidan muallif urg‘u
bergan bitta nuqtani ko'rib o‘tish bilan kifoyalanamiz: «Yoz
faslida ko'proq kunduzi uxlaydi, kechalari tong otguncha
o‘zi yolglz baland ovoz bilan «Oblohu!» aytib o‘z oilasi va
qo‘ni-qo‘shnini uxlatmaydi. <...> Uyda bolsa xonaqo singari
salqin qildirib, undan keyin cho‘ziladi va peshindan keyin
uyquga ketgan boisa, shomga borib zo‘rg‘a turadi: shunda
ham Qurvonbibining qichqirishlari bilan... Namozgar aksari
uyquga qurbon boladi...» Ko'ryapmizki, birinchidan, so'fida
riyo bor, ya’ni uning ibodati xolis Alloh uchun emas, xo'ja-
ko'rsinga. Ikkinchidan, u - nafsining quii, huzur-halovati
yolida asr namozidan kechib qo'yaveradi. Xullas, oti so'fi
bolgani bilan, e’tiqodda juda sust, sobit ham emas. So‘fi-
ning mudom tama bilan, nazr-niyozdan tegadigan ulush hi-
sobiga yashashga ko‘ngani, «benamozga qiz bermayman»
degani holda eshonbobo oraga tushishi hamono tez fikrini
o'zgartirishi, akasining peshona teri bilan halol luqma topib
yeyishga da’vatîni rad etishi - barining tagzaminida, boshqa
omillardan tashqari, e’tiqod zaifligi ham yotadi. Demak, mu
allif xarakteristikasida
umumiy
tarzda zikr qilingan xususi-
yat asar davomidagi personaj xatti-harakatlari, gap-so‘zlari
orqali konkretlashtirilar ekan.
Personajning so‘z bilan chizilgan tashqi qiyofasi - por-
tret ham inson obrazini yaratishda muhim vosita sanaladi.
Portret, avvalo, personajning o'quvchi ko‘z oldida konkret
inson sifatida gavdalanishiga ko‘maklashadi. Ikkinchi to-
mondan, badiiy asarda portret xarakterologik belgilarga
ega boladi. Ya’ni yozuvchi personaj siyratiga xos xususi-
yatlarni suratida aks ettirishga intiladi. Yozuvchi personaj
qiyofasini ancha mufassal chizishi yoki uning qiyofasiga
xos ayrim detallarni berish bilan kifoyalanishi ham mum-
100
www.ziyouz.com kutubxonasi
kin. Chunki portret - vosita, demak, uning qanday bo'li-
shi ko'proq muallif niyati, yozuvchining o‘ziga xos tasvir
uslubi, personajning asarda tutgan mavqeyi kabilar bilan
bogliqdir. Deylik, A.Qodiriy o‘quvchisini qutidorxonadoniga
qo'lidan tutib olib kiradi-da, koYsatib tanishtiradi go'yo: «...
ichidan atlas ko‘ynak, ustidan odmi xonatlas guppi kiygan,
boshig'a oq dakanani xom tash!ag‘an, o'ttuz besh yoshlar
chamaliq go‘zal, xushbichim bir xotin. Yuzidan muloyimlik,
eriga itoat, to‘g‘riliq ma’nolari tomib turg'an bu xotin qutidor-
ning rafiqasi - Oftob oyim...» E’tibor berilsa, bunda portret
chizgiiari umumiy tarzda («go‘zal», «xushbichim»; kiyim-
bosh va yosh) berilgani holda siyrat chizgiiari («yuzidan
muloyimlik, eriga itoat, to‘g‘riliq ma’nolari tomib turg‘an)
bo‘rtiqroq ifodalangan. Siyrat chizgiiari bilan suratni to'ldirib
olish vazifasi esa o‘quvchi zimmasida qoldiriladi. Zéro, Of
tob oyim tabiatidagi muslima, mushfiqa, munisa ayollarga
xos xususiyat aynan «yuzdan yog'iladigan nur»dirki, shu
nurning o‘zi beshak go'zallik olaroq qabul qilinadi. Muhimi,
Oftob oyimning keyingi xatti-harakatlari, gap-so‘zlari hech
bir oYinda o‘sha farishta yuzga soya solmaydi. Aksincha,
o‘quvchi «uzun bo‘ylik, qora cho‘tir yuzlik, chag'ir ko‘zlik,
chuvoq soqol, o‘ttuz besh yoshlarda bo‘lg‘an koYimsiz bir
kishi» - Homidni ilk koYganidayoq yomonlik sharpasini his
qilgandek bo‘ladi, chunki portret chizgiiari («qora cho‘tir
yuz», «chag‘ir ko‘z»)dan sovuqlik ufuradi.
«Mehrobdan chayon»dagi muallifning mashhur «Men
rassom emasman. Agar menda shu san’at bo'lganda
edi, so‘z bilan biljirab olturmasdim» degan e’tirofi zamiri-
da so'zning tasvir imkonlaridan qoniqmaslik yotadi. Adib
o‘quvchisiga qahramonini o‘zi koYgandek taqdim etol-
mayotganidan, o‘quvchisi uning ko'zi bilan qaray olmas-
ligidan xavotirda go'yo. Shu his ta’sirida bo‘lsa kerak,
Ra’no tasvirida so‘zda mavjud tasvir imkoniyatlarining ba-
rini maksimal namoyon etishga intiladi: «Bizning o‘zbeklar-
da, ayniqsa, Qo‘qong!a maxsus bir tus, sariqqa moyil bir
101
www.ziyouz.com kutubxonasi
tus bor. Lekin bu tusni kesdirib sariq deb bolmaydir. Chun-
ki biz og'riq kishining tusini sariq deymiz. Zarcha, za’far
tusiari ham bunga dag‘alliq qiladirlar. Ta’birimiz qo‘pol
tushmasa, bu go'zal qiz och ra’no gulining tusida yoki
oq-sariq tusda yaratilg'an edi. A’zoda o'skan tuklarga ham
haligi tusning ta’siri bo'ladir. Ra’noning sochi gungurt-qo-
ra, ya’ni quyoshsiz joylarda qora ko'rinsa ham, quyoshda
biroz sarg'ish bolib ko'rinar edi. Shunga o‘xshash Ra’no
ning ko'zida ham buning asari ko'ruladir: mudavvarga
moyilroq jodu ko‘z¡ kishiga qattiq qarag'anda qoraliqdan
boshqacha yana bir turluk nur sochar edi. Kipriklari ostida
nafis bir surma doirasi bor edi. Qoshi tutash kabi ko'rinsa
ham, ko'ndalang yotqan ikki qilich orasini nafis bir quyuüb
kolarilish ajratib turar edi. Burni hech bir munaqqidg'a
berishmaslik mutanosib, har zamon uyaiish tabassumiga
hozir turg'an nafis irinlarining yuqorig'i qismida sezilar-se-
ziimas tuklar ko'kargan edi. Yuzi cho‘ziq ham emas, oykul-
cha ham deb bo'lmas, kishiga kuiib qarag'anda qizii olma
ostlarida ikkita zamma ravishlik shakl hosil bo'lar, go‘yo
bizga chin ra’no guli ochilg'an holatda ko‘rinaredi. Sochlari
juda quyuq, sanoqsiz kokillar Ra’noning orqa-o‘ngin¡ tutib
yotar, qaddi uzunliq bilan qisqaliqning o'rtasi, do'ndiq
barmoqlarining jimjilog‘ida xina gullari, har holda, bu qiz
yolg'iz Qo‘qonningg‘ina emas, umuman Farg'onaning kuy-
lariga qo‘shulib maxtaladirg'an go'zallaridan edi».
E’tibor berilsa, Oftob oyim va Homid portretlaridan farqli,
Ra’no portreti o‘z holicha ham badiiy-estetik qimmat kasb
etayotgani anglashiladi. Demak, uning asar strukturasi-
dagi maqomi o'zgardi: u endi avvalgi ikkita portret singari
faqat yordamchi vazifa bajaruvchi detalgina emas. Tamsil
qilmoqchi bolsak, deylik, bir xonadonga kirdingiz-u nigo-
hingiz bekaning devordagi mohirona ishlangan portretiga
tushdi, zum o'tmay bekaning o‘zi ham ko'rindi. Sizda endi
bekani goh musavvir nigohi bilan, goh bevosita ko‘rish im-
koni tug'ildi, ayni paytda, ikkala nigohning bir-birini toMdiri-
102
www.ziyouz.com kutubxonasi
shi hisobiga obyekt haqidagi tasavvurni boyitishingiz ham,
portret va natura muvofiqligini mushohada qilishingiz ham
mumkin. Ya’ni portret mustaqil badiiy-estetik qimmat kasb
etgani holda, inson obrazini to'laqonli yaratish vositasi si-
fatidagi funksiyasini ham o‘zidan soqit qilmaydi.
A.Qodiriydan farqli o'laroq, Cho'lpon sevimli qahramoni
Zebining portretini chizmagan. Adib ko'proq personajning
siyratini chizadi, uning xatti-harakatlarini jonli tasvirlaydi,
gap-so‘z!aridagi jonli ohangni ifodaiashga intiladi, xullas,
har bir o'quvchining o‘z Zebisini tasavvur etib olishiga im-
kon yaratadi. Natijada qahramon qiyofasini chizmaslikning
o‘zi o'ziga xos badiiy usulga aylanadiki, uning yordamida
adib o'quvchini qahramoniga «yaqinlashtiradi». Demak,
qahramon qiyofasining qanday va qay darajada chizilishi
belgili emas, bu o'rinda portretning (yoki portret detalla-
rining) inson obrazini tolaqonli yaratish va o'quvchining
tasavvjjr eta olishi uchun yetarli bo‘lishi asosiy mezondir.
Inson obrazini tolaqonli yaratishning muhim sharti,
ayni paytda, samarali vositasi
Dostları ilə paylaş: |