Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi



Yüklə 8,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/179
tarix29.11.2023
ölçüsü8,8 Mb.
#169675
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   179
Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari (2018)

xu d d i 
biz kabi - biz ham dun- 
yodan uzilgan - shundan boshqani koYmaganmiz - che- 
garalarimiz mustahkam - shu muhitni zoY deb yashashga 
mahkummiz». Diqqat qilinishi kerak nuqta shuki, «hovuz
- tilla baliqcha» assotsiatsiyalar zanjiridagi bitta halqaning 
mazmun-mohiyati (shoYlik shu yerda yashashga majbur) 
bir turtki (xuddi biz kabi) o'Iaroq shoir ongida «biz - muhit» 
silsilasini harakatga keltiradi. Umid qilamizki, mazkur misol
95
www.ziyouz.com kutubxonasi


san’atkor narsa-hodisalar mohiyatidagi o‘xshashlikni qay 
yo'sin ilg'ab olishi, umuman, badiiy obraz yaratishida as- 
sotsiativlikning qanchalar muhimligi haqida muayyan da- 
rajada tasavvur hosil qilish ¡mkonini beradi.
Yuksak darajadagi assotsiativ tafakkur natijasi o'laroq 
yaralgan badiiy obraz yakma’no bo‘!olmaydi, 
k o ‘p m a ’no-
lilik
uning tabiatiga xos yana bir xususiyatdir. Zero, badiiy 
obrazning ko'pma’noliligi, o‘z navbatida, uning tabiatiga 
xos 
assotsiativlik
va 
tugallanm aganlik
xususiyatlaridan 
kelib chiqadi. Birinchi holni, ayniqsa, assotsiativlik daraja- 
si yuqori bo'lgan ramziy obrazlar misolida yaqqol ko‘rish 
mumkin. Masalan, Oybekning mashhur«Na’matak» she’ri. 
She’rda tasvirlangan tabiat manzarasini obraz deb olsak, 
tabiiyki, uning birinchi ma’nosi tabiat manzarasining o‘zi- 
da. Ya’ni go'zal manzara, uning ko‘z oldida gavdalanishi- 
dan olinayotgan zavq va shu asosda tug'ilgan hol-kayfiyat 
bir she’r uchun, uni tugal lirik asar sanash uchun kifoya 
qiladi. Holbuki, shoir o‘z vaqtida shu manzarada assotsi­
ativ ravishda istibdod tuzumi sharoitidagi ijodkor taqdirini 
ham ko'rgan va shu ma’noni obrazda ifodalagan. Shuni- 
si ham borki, mazkur obrazning ma’no ko'lami shuiarning 
o‘zi bilangina cheklanmaydi: o‘quvchi o‘z hayotiy tajribasi, 
she’rni o‘qish paytidagi ruhiy holati bilan bogliq ravishda 
shu obraz-manzara asosida ulardan tamom boshqa - o‘z 
mazmunini ham shakilantirishi mumkin boladi.
Ikkinchi ko'rinishdagi - badiiy obrazning tugallanma- 
ganligi bilan bogliq ko'pma’nolilik nafaqat ramziy, bal- 
ki tom ma’nodagi realistik obrazlarga ham xosdir. Faqat 
bunda endi ko'pma’nolilikning yuzaga kelish mexanizmi 
o'zgacharoq. Avvalo, 
tugallanm aganlik
tushunchasini 
izohlab o'tish zarurati bor. Gap shundaki, san’atkor ba­
diiy obraz orqali ifodalamoqchi bolgan fikrni oxirigacha 
tugal aytmaydi (ya’ni kitobxon og'ziga chaynab solib 
qo'ymaydi), obrazning ayrim chizgilarini punktirlar (uzuq- 
uzuq chiziqlar) bilan tortadi - tugallanmaganlik deganimiz
96
www.ziyouz.com kutubxonasi


shu. Boshqacha aytsak, san’atkor obrazda muayyan im- 
koniyatlar yaratib 
q o ‘ya di-da , 
ularni ro‘yobga chiqarishni 
o'quvchiga qoldiradi. Bu xil imkoniyatiar, ayniqsa, «obyek- 
tiv tasvir» yo'sinidan borilgan, yozuvchi xolis kuzatuvchi 
mavqeyida turgan asarlarda kuchli namoyon boladi. Gar- 
chi asarda tasvirlangan narsa bitfa bolsa-da, o'quvchilar- 
ning ijodiy tasavvur imkoniyatlari, hayoíni bilish darajasi, 
dunyoqarashi farqiiligidan konkret obraz ularning ongida 
turlicha akslanadi, turli xulosalarga olib keladi. Shu bois 
ham o'quvchilar tasavvurida minglab Otabeg-u Kumush- 
lar, Qobil bobo-yu Saidalar, Zeb¡~yu Miryoqublar yashaydi. 
Badiiy obrazga xos ayni shu xususiyat tufayli ham asarni 
turli davrlarda turlicha uqish, uning zamiridan yangi-yangi 
ma’nolarni ochish imkoni yaratiladiki, ayni shu xususiyat 
chinakam san’at asarini boqiylikka daxidor etadi.
Adabiyotshunoslikda «badiiy obraz» atamasi keng va 
tor ma’nolarda ishlatiladi. Keng ma’noda «badiiy obraz» 
deganda borliqning san’atkor ko‘zi biian ko'rilgan va ijodiy 
qayta ishlangan har qanday aksi (jonivorlar, narsa-buyum- 
lar, hodisalar, tabiat obrazlari) nazarda tutilsa, tor ma’noda 
badiiy asardagi inson obrazi tushuniladi.
Borliqni badiiy idrok etishni maqsad qilgan badiiy adabi- 
yotning markazida inson obrazi turadi. Negaki, borüqning 
o'zida inson shu xil mavqe egallaydi. Shunday ekan, badiiy 
adabiyotning borliqni idrok etishida inson obrazining aso- 
siy vosita bolishi ham tabiiy va qonuniydir. Mazkur fikrni 
obrazlar tizimidagi darajalanish aniq-ravshan ko'rinadigan 
katta epik asarlar misolida tushunish va tushuntirish qulay- 
roq. Sababi, epik asarlarda boshqa (tabiat, narsa-buyum- 
lar, jonivorlar, hodisalar va sh.k.) obrazlarning hammasi 
inson obrazini yorqin tasvirlash, atroflicha ochib berish 
maqsadiga xizmat qilayotgani yaqqoi ko'zga tashlanadi.
Misol uchun yana « 0 ‘tkan kunlar»ga murojaat etamiz. 
Yodingizda bolsa, adib sanani qayd etiboq, Margllonning 
dongdor
karvonsaroyidagi kechki payt uchun odatiy hayot
97
www.ziyouz.com kutubxonasi


tarzi bilan uch-to‘rtta jumlada tanishtirgach, Otabek joy- 
lashgan hujra tasviriga o‘tadi: «Saroyning to‘rida boshqa- 
larg'a qarag‘anda ko'rkamrak bir hujra, anovi hujralarga 

Yüklə 8,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin