Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi



Yüklə 8,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/179
tarix29.11.2023
ölçüsü8,8 Mb.
#169675
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   179
Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari (2018)

san’atkorona nigoh
deb atab turaylik. Demak, 
san’atkorona nigoh ijodkorga voqelikdagi badiiy jihatdan 
ahamiyatga molik narsa-hodisalarni, ularning zamiridagi 
ijtimoiy-estetik mohiyatni ilg'ab olish imkonini beradi.
Ta’kidlash joizki, yuqorida aytganimiz ijodkorga xos 
ta’sirchanlik
ham jo‘n tushunilmasligi kerak. Zéro, hodi- 
sot-u mo‘jizaiarga, turli hayotiy holat-u turfa taqdirlarga, 
anvoyi fe’i-sajiyali odamlarga boy hayotda hamma ham 
ta’sirlanadi. Albatta, bu taassurotlarning namoyon boli- 
shi-da turfa xil. Deylik, o‘z hayot yolida foje, ayanch ho- 
latga duch kelganida kimdir yig'laydi, kimdir yotib qoladi, 
kimdir taskinni shisha tubidan izlaydi va b. San’atkorda 
bularning aniq birini koYishga intilish ham to‘gYi emas. 
Sababi, san’atkor sirtdan mutlaqo beta’sir qolishi, biroq, 
ayni damda, qalbida ulkan to'fonlar qo‘zg‘algan, aqli-yu 
shuuri shu holatning mushohadasi bilan band bo'lishi 
mumkin (ayni shu holatdan ta’sirlanish keyinroq, biror-bir 
asarida namoyon boladi). San’atkor hayotida duch kelgan 
va ta’sirlangan narsalar uning ko'nglida (ongida) chuqur 
iz qoldiradi. Yuqorida aytdikki, hayotda hamma ham ni- 
malardandir ta’sirlanadi, biroq bu taassurotlar vaqt o'tishi 
barobarida unutiladi - ongosti qatlamlariga singib ketadi. 
Bundan farqli o‘laroq, san’atkor taassurotlari yashovchan- 
lik xususiyatiga ega; ular tez-tez san’atkorni bezovta qilib 
turadi, san’atkor ularni qayta-qayta ko'nglidan kechira oia-
120
www.ziyouz.com kutubxonasi


di. Ya’ni san’aíkorga xos muhim tug'ma xususiyat shuki, 
u ongosíi qatiamlaridagi, xotiradagi taassurotlarni qayta 
uyg‘ota oiadi va ularni ijodiy tasavvurga jalb etadi. Shu 
bois ham ijodkor olis bolaiigida o!gan taassurotini yetuk- 
iik paytida yozgan asarida aks ettirishi mumkin, shunda 
ham o‘sha taassuroí yangidek tuyuladi bizga. Yuqoridagi- 
lardan ko‘rinadiki, xoíira - badiiy ijodning muhim unsuri. 
Ayni payída, san’atkor xotirasi faktíar-u taassurotlar to‘pla- 
nadigan ombor emas, balki 
faoliyatdagi (safarbarlikdagi)
xotira,
zéro, undagi badiiy-estetik ahamiyatga molik fakt-u 
taassurotlar san’atkor ongida har lahza tirilishi, ruhiy par- 
vozga qanot berishi mumkin.
Badiiy ijodning yana bir muhim unsuri - tasavvur. 
San’atkorning ijodiy tasavvuri xotirada mavjud fakt va ta- 
assurotlardan keraklilarini (ijodiy niyat bilan bog'liq ravish- 
da) uyg'otib, ularni muayyan tartibga solingan manzara 
holida «ko‘rish» imkonini beradi. Ya’ni ijodiy tasavvur ha- 
yot materiali (dispozitsiya)ni badiiy asar (kompozitsiya)ga 
aylantirishda hal qiluvchi ahamiyatga egadir.
E’tibor bergandirsiz, adib-u shoirlarimiz badiiy ijod haqi- 
da so‘z ketganda ilhom haqida albatta gapiradilar. Jum- 
ladan, A.Qahhor aytadiki: «Asar ilhom bilan yozilsa, obraz- 
lar o‘z-o‘zidan gavdaianadi, hatto o'zining qiladigan ishini, 
aytadigan gapini yozuvchiga aylib, luqma solib turadi. Il­
hom yozuvchini hamma qiyinchiliklardan qutqaradi».1 Dar- 
haqiqat, ko'tarinki ishchan kayfiyatga chulg‘angan ilhom 
deb ataluvchi ma’naviy-ruhiy holatda ijod jarayoni yuk- 
sak zavq bilan, samarali, ko'ngüli va yengil kechadi. Ijod 
ahlida kuzatiluvchi mazkur holat odamlarga qadimdayoq 
ma’lum bolganki, uni turlicha izohlashga harakat qilganlar. 
Qadimgi yunonlar ilhom 
m uzalar-
ayol qiyofasidagi iíohiy 
mavjudotlar tomonidan beriladi deb hisoblaganlar, Sharq- 
da ham ilhomni g'aybdan deyishga moyillik kuchli bo'lgan.
1 Абдулла K¡a>«op. Асарлар. 5 жилдлик. Ж.5. - Тошкент: Адабиёт ва санъ- 
ат, 1989. - Б.256.
121
www.ziyouz.com kutubxonasi


Tez-tez quloqqa chalinadigan «ilhom parisi», «ilhom oti- 
ga minmoq» qabilidagi gaplar shunday tushunish izlari- 
dir. Ilhom masalasiga, ayniqsa, romantizm davri adabi- 
yotshunosligida juda katta ahamiyat berilgan, badiiy asar 
qay darajada kuchli ilhom ta’sirida yozilsa, uning badiiy 
quvvati ham shu darajada boladi deb hisoblangan. Hatto 
antik faylasuflar, xususan, Aflotun qarashlarini rivojlantirib, 
o'zni unutar darajadagi ilhom holati haqida so‘z borgan. 
Bulardan farqli o'laroq, keyingi davrlarda ilhomning man- 
bai hayotning o'zida degan qarash ustuvorlik kasb etib 
bordi. Jumladan, o‘zbek ijodkorlarining qarashlari ham shu 
o'zanda rivojlandi. Masalan, o‘z vaqtida A.Qahhor yosh 
ijodkorlarga bu masalani quyidagicha tushuntirgan: «Il­
homning makoni xalqning dilida - majburiyat emas, zaru- 
riyat, xohishga aylangan mehnatning shavkati, baxtiyor 
odamning qahqahasida, jabrdiydaning ko‘z yoshida, oshiq 
va ma’shuqalarning ko'zlari va so‘zlarida, odamda mehr va 
g!azab uyg'otadigan hodisa va voqeaiarning mag'zida... il­
hom qidirgan yozuvchi xalqning qalbiga qo‘l solishi kerak».1 
Xullas, bu xil tushunishda ilhom ijodkorning hayotda duch 
kelgani turli-tuman holat-u muammolarni badiiy idrok etish 
maqsadida ong-u shuuridan o'tkazishi, tinimsiz o'ylovlari 
natijasida yuzaga keladigan ruhiy holatdir. Albatta, ilhom 
onlarini, uning yuzaga keiishini mantiqiy izchillikda tushun- 
tirib berish qiyin va bu da’vodan yiroqmiz ham. Biroq shu- 
nisi aniqqi, ilhom yuqorida sanalgan xususiyatlarga ega 
shaxsning ijodiy-ruhiy faoliyatidagi muayyan bir bosqich 
bo'lib, unda shu paytga qadar pishib yetilib kelgan jarayon 
tezlashadi; ijodkorning umumiy ruhiy quvvati ortadi: aqliy 
va hissiy mushohada tezligi oshadi, xotira maksimal jon- 
lanadi, narsa-hodisalar orasidagi assotsiativ aioqalarni 
ilg'ay olish qobiliyati, nigoh o'tkirligi, ta’sirchanlik kuchaya- 
di, ijodiy tasavvur kolami kengayadi... Ayni shu damlarda
1 Ko'rsatilgan manba. - 5.228.
122
www.ziyouz.com kutubxonasi


ijodiy jarayon ko'ngilli, oson va mahsuldor kechadi - asar 
go‘yo «quyulib» keladi. Demak, ilhomni g'aybdan kelgan 
narsa sifatida emas, balki san’atkor ongi-yu qalbida kech- 
gan ijodiy-ruhiy jarayonning yuksak nuqtasi, uning tug'ma 
imkoniyatlari maksimal darajada kuchaygan palla sifatida 
tushunish ham mumkin ekan.
Yaxshi bilasiz, yozuvchi va shoirlarimiz asarni ko'pincha 
farzandga qiyos etadilar. Haqiqatan ham, badiiy asarning 
dunyoga kelishini farzand tug'ilishiga qiyos etsa arzigulik. 
Farzand to'qqiz oy davomida ona vujudida yetiladi - qat- 
radan inson shakiiga kiradi, bu vaqt davomida u onaning 
jismoniy va ruhiy quvvatini o'ziga oladi, so'radi. Payti kel- 
gach, onani to'lg'oq tutadi - farzand dunyoga keladi. Shun- 
ga o'xshash, badiiy asar ham ijodkor ongida yetilib boradi, 
payti kelgach, uni ham to‘lg‘oq tutadi: bo‘shanish - asarni 
yaratish, o'quvchisi bilan o'rtoqlashish uning uchun zaru- 
ratga aylanadi. Ya’ni endi ijodkor ongida yetilgan o‘sha 
asarning yaratilmasligi mumkin emas, ijod psixologiyasi 
shuni taqozo qiladi. Adabiyot tarixi buni qator faktlar bilan 
tasdiqlaydi: ko'plab ijodkorlar yaratajak asari noxushliklar 
keltirib chiqarishi, hatto hayotlariga xavf solishi mumkin- 
ligini bilganlari holda ham uni yozganlar. Aks holda, agar 
o‘sha asarni yozmaslik ham mumkin bolganida edi, ehti- 
mol, A.Qodiriy, Cho'lpon kabi buyuk adiblarimizning ayrim 
asarlari butkul yaratilmagan bo'lur edi!.. Demak, badiiy 
ijodning ruhiy mexanizmlaridan yana biri ijodkorga xos 
«bo‘shanish zarurati» ekan.
Yuqorida badiiy ijodga layoqatli shaxsga xos xususiyat- 
larga to'xtaldik. Ayni shu xususiyatlarga ega inson ongida 

Yüklə 8,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin