115
www.ziyouz.com kutubxonasi
ADABIY ASAR HAQ1DA
«Badiiy asar», «adabiy asar» va «adabiy-badiiy asar» isti-
lohlari xususida. Badiiy asar - badiiy kommunikatsiya
vositasi. Badiiy ijod jarayoni haqida. Badiiy asar sistem
butunlik sifatida.
Eng avvalo,
«badiiy asar
» degan birikma-istiioh keng va
tor ma’noda qollanishini aytish kerak. Keng ma’noda badi
iy asar deyilganda san’atga (musiqa, rassomlik, haykalta-
roshlik, kino, teatr va b.) aloqador, insonning go'zallik qo-
nuniyatlari asosidagi ijodiy-ruhiy faoliyati mahsuli o'laroq
dunyoga kelgan yangi mavjudiikni íushunamiz. Bu ma’no
da musiqa asari ham, haykal yoki rangtasvir ham, film yoki
spektakl ham - bari badiiy asar sanaladi, ularning ham-
masiga nisbatan «badiiy asar» atamasini qo'llash to‘g‘ri
boladi. Adabiyotshunosiikda esa ushbu istiioh ko'proq tor
ma’noda - so‘z san’ati vakili bo‘lgan asar ma’nosida faol
ishiatiladi. Shunirigdek, yana iste’molda
«adabiy asar»
is-
tilohi ham mavjudki, u adabiyotga mansub barcha asarlar-
ni anglatadi. Ilgari aytilganidek, har bir fan doirasida ter-
minologik aniqlikka intilish kerak. Agar shu talab nuqtayi
nazaridan qaralsa, mazkur ikki terminni sinonim sifatida
qo‘llash to‘g‘ri bolmaydi. Negaki, a g ar«
badiiy
» sifatlovchi-
si san’atga oidlikni anglatayotgan ekan, u badiiy obraz vo-
sitasida fikrlash va ifodalashni ko'zda tutadi. Holbuki, bu
jihatdan qaralsa, adabiyotga mansub asarlarning hamma-
sini ham san’atga mansub deb bolmaydi: memuarasarlar,
safarnomalar, kundaliklarda badiiy emas, balki faktografik
obrazlar yaratiladi. Demak, tor ma’noda qo‘llangan
«ba
diiy asar
» istilohi bilan
«adabiy asar
» istilohi ustma-ust
tushmaydi, ularni to'liq sinonim sifatida qo‘llash xatodir.
116
www.ziyouz.com kutubxonasi
Zero, adabiyotga tatbiqan íor ma’noda ishiatilganida
«ba
diiy asar»
termini «
adabiy-badiiy asar»
ni anglatadi. Ya’ni
«adabiy asar»
adabiyotga mansub barcha asarlarni,
«ada
biy-badiiy asar»
esa ularning birqismini bildiradi.
Adabiyot va san’at badiiy asar shaklida yashaydi. Ya’ni,
masalan, «Navo», «Rost», «Segoh», «Tanovar» ... kabi
minglab kuylar taralib turgani uchun musiqa san’ati; «Ma-
hallada duv-duv gap», «Maftuningman», «Yor-yor» ... kabi
yuzlab filmlar ekranlarda jonlanib turgani uchun milliy kino
san’ati yashayapti deymiz. Tabiiyki, bu gap so'z san’atiga
ham to‘la tegishli. Zero, kichik fardlardan tortib «Xamsa»-
ga qadar, jajji hikoyatdan tortib roman-epopeyalarga qa-
dar yozuvda manguga muhrlangan asarlar borligi uchun
milliy adabiyot yashayapti. 0 ‘sha asarlarni dunyoga keltir-
gan zotlar o'tdilar, zamonlar oqdi-ketdi - himmat-u saxo-
vati bilan shoirlarni himoyatiga oigan shohlar-u ularni xor
tutgan tuzumlar yitdi, fayzli mushoiralar-u ziddiyatli adabiy
jarayoniar kechdi... - asarlar qoldi, ularga singigan ijod-
korlaming o‘y-hislari, dardi, orzu-armonlari, davr ruhi ya
shayapti. Demakki,
badiiy asar - adabiyot va san’atning
yashash shakii
degani ayni haqiqatdir.
Adabiy asar haqida gap ketganida, avvalo, uning nutq
hodisasi ekani haqida to‘xtalish lozim bo‘ladi. Negaki, ada
biy asarning moddiy asosi (artefakt) til unsurlaridan tarkib
topgan matn, ya’ni zamonda voqe bolgan va yozuv yor-
damida qotirib qo'yilgan nutqdir. Til unsurlari esa, ma’lum-
ki, muloqot jarayonidagina nutq hodisasiga aylanadi. De-
mak, adabiy asarning asosi bo'lmish matn ham muloqot
jarayonida vujudga keladi, ya’ni adabiy ijodning o‘z¡ mohi-
yatan muloqotdir. Buni yorqinroq tushunish uchun tamsil
qilishga zarurat bor. Tasavvur qilingki, siz kimgadir maktub
yozmoqdasiz. Tabiiyki, siz maktubingiz kimga yozilayot-
gani, uning qanday odamligi, u bilan qay yo‘sin muomala
qilish kerakligi, yetkazilayotgan informatsiyaga taxminiy
munosabati ... kabilarni hamisha nazarda tutasiz. Bosh-
117
www.ziyouz.com kutubxonasi
qacha aytsak, maktubni yozish davomida adresat har vaqt
xayolingizda turadi: yetkazmoqchi bolgan xabaringizni u
tushunadigan va qabul qila oladigan, unga siz istagan-
dek ta’sir qiladigan qilib yozishga harakat qilasiz. Demak,
aslida xat yozish jarayonida siz adresat bilan muloqotga
kirishasiz - tasavvuringizdagi suhbatdosh bilan «xayolan
gaplashasiz» va ayni shu suhbat (muloqot jarayoni) yozuv
orqali qog'ozga muhrlanadi.
Qog'ozda muhrlangan «suhbat-muloqot», maktub adre
sat qo'liga yetib borgach, yana jonlanadi. Endi siz adresat
tasavvuridagi suhbatdoshsiz: real suhbatdoshga aylangan
adresat sizning gaplaringizni «eshitadi». Ma’lum bo'ladiki,
maktub, umuman yozma nutq muddati kechiktirilgan mu
loqot, matn esa muloqotning amalga oshish vositasi ekan.
Shunga o‘xshash, yozuvchi ham ijod onlarida tasavvurida
gi o'quvchi bilan muloqotda bo'ladi: unga muayyan badiiy
informatsiyani yetkazadi, o‘zining
o ‘y - h is la r i
bilan o'rtoqla-
shadi, u bilan bahslashadi, uni nimalargadir ishontirishga
intiladi... Ayni shu muloqot - ijodiy jarayon asar matnida
muhrlanadi. Xuddi maktubga o'xshash, adabiy asarni
o'qish jarayonida muloqot qaytadan jonlanadi, endi yozuv
chi tasavvurdagi «suhbatdosh» mavqeyiga o‘tsa, o'quv
chi real suhbatdoshga aylanadi. Ko‘ramizki, badiiy matn
muddati kechiktirilgan badiiy muloqot, badiiy asar esa shu
muloqotning amalga oshishini ta’minlovchi vosita ekan.
Demak, ijodkor va o'quvchi orasidagi badiiy muloqotni
amalga oshirishga xizmat qilgani uchun ham badiiy asar
badiiy muloqot vositasi deb tushuniladi.
Shu o‘rinda nihoyatda muhim bir nuqtani ta’kidlab o‘tish
maqsadga muvofiq. Adabiy asarning moddiy asosi (arte-
fakt) sanaluvchi matn o'quvchi unga badiiy informatsiya
olish niyati bilan yondashgan taqdirdagina estetik obyekt-
ga - badiiyat hodisasiga aylanadi. Zero, badiiyat hodisasi
faqat ikki ong tutashgan nuqtadagina mavjud (M.Baxtin)
bo'la oladi. Demak, adabiy asar o‘qish (hamda ijod) jarayo-
118
www.ziyouz.com kutubxonasi
nazarda tutadi? Badiiy ijod bilan shug'ullanishga layoqati
bor odam qanday bo'ladi?
Badiiy ijodga layoqatli odam, avvalo, hayotni o‘tkir
idrok (his) qila olishi bilan farqlanadi. Uning o'tkir nigohi
siz-u biz ko‘rmagan (ehtimol, mutlaqo e’tibor bermagan)
narsalarni koYadi, koYadigina emas, siz-u bizga mutlaqo
ta’sir qilmagan narsa uning ko‘nglida chinakam to'fon
qo‘zg‘ashi; siz-u bizga ahamiyatsiz koYingan narsa unga
olam-u odam mohiyatidan so‘zlashi, chigal muammolarni
yechishi uchun kalit bolib xizmat qilishi mumkin. Mazkur
xususiyatni
Dostları ilə paylaş: |