Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi



Yüklə 8,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/179
tarix29.11.2023
ölçüsü8,8 Mb.
#169675
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   179
Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari (2018)

mutlaq g ‘oya
ifodasidir. Keyinchalik, 
realizm bosqichiga o'tilgani sari, har ikki tomonga birdek 
ahamiyat berish tamoyili kuchayib boradi.
140
www.ziyouz.com kutubxonasi


Shunisi ham borki, «shakl» va «mazmun» farqlanishi 
bilan ularning dialektik bírligini tushunmasdan mexanik 
tarzda ajratish ehtimoli ham yuzaga keldi. Natijada yuqori- 
da aytganimiz «oltin qoida»dan chekinish hollari ham ku- 
zatiladi. Jumladan, shaklning ahamiyatini mutlaqlashtirib, 
uni badiiyatning bosh mezoni deb biluvchilar 
formalistlar,
ularning faoliyati o'laroq yuzaga keluvchi hodisa 
formalizm
deb yuritiladi. Formalizm ko'rinishlari XIX asr oxiri - XX asr 
boshlaridan ham ijod amaliyotida, ham adabiyotshunoslik 
ilmida yuz ko'rsatdi. Xususan, badiiy adabiyot tarixidagi fu- 
turizm, ¡majinizm, dadaizm kabi oqimlar badiiyatni asosan 
shaklda ko'rib, turli yangi badiiy shakllar ixtirosiga o‘tdi- 
lar. Biroq ularning aksar ixtirolari «shakl - shakl uchun» 
shiori ostida kechib, mazmundan ko'pincha ayro tushgani 
uchun-da samarasiz yakun topdi. 0 ‘z vaqtida ayni shu xil 
qarashlarni yoqlagan, ularni nazariy jihatdan asoslamoq- 
chi bo‘lgan adabiyotshunoslarning ishlari ham badiiy asar 
tabiatiga nomuvofiq bo'lgani bois aksar biryoqlama bo'lib 
qoldi.#
Ta’kidlash kerakki, formalizmga batamom salbiy muno- 
sabatda boMish, uning adabiy-nazariy tafakkur rivojida- 
gi o'rni va ahamiyatini mutlaqo inkor qilish ham to‘g‘ri 
bo'lmaydi. Avvalo, formalizm adabiyotshunoslikdagi psi- 
xologik maktabga zid o‘laroq maydonga chiqqanini yodda 
tutish kerak. Gap shundaki, biryoqlamalikka og‘ib ketgan 
psixologik maktab vakillari adabiyotshunoslikning maqsa- 
di ijodkor ruhiyatini o‘rganish, adabiy asar esa shu maq- 
sadga erishish vositasi deb bildi. Ya’ni adabiyotshunoslik 
uchun adabiy asar ilmiy o'rganish obyekti bo‘lmay qoldi. 
Formalizm vakillari shunga qarshi borib, adabiyotda ilmiy 
o‘rganish mumkin bo'lgan, ya’ni ilmiy tadqiqot obyekti bo‘ta 
oladigan yagona real narsa asarning shakli degan g'oya bi­
lan chiqdi. Shuning uchun ham o‘z vaqtida B.Eyxenbaum: 
«Formal metod» maxsus metodologik tizim yaratilishi nati- 
jasida emas, balki adabiyot ilmining mustaqilligi va aniqligi
141
www.ziyouz.com kutubxonasi


uchun kurash jarayonida shakllandi»1, - deb yozgan edi. 
Ikkinchi tomondan, formalistlarning badiiy asar shaklini 
o'rganishga ayricha e’tibor qilganlari adabiyotshunoslik- 
da izsiz ketdi deyish ham insofdan emas. Ular badiiy asar 
shakliga xos ko‘p jihatlarni: badiiy til, uslub, she’r tuzilishi, 
she’r kompozitsiyasi, ritm, metr, syujet qurilishi, badiiy asar 
kompozitsiyasi kabi muhim poetika masalalarini maxsus 
va chuqur tadqiq etdilar. Xususan, rus formai maktabi va- 
killari bolmish V.B.Shklovskiy, B.M.Eyxenbaum, Y.N.Tin- 
yanov, V.M.Jirmunskiy, V.V.Vinogradov, B.V.Tomashevs- 
kiy, G.Vinokur, R.Yakobson kabi olimlar amalga oshirgan 
tadqiqotlar adabiyotshunoslik rivojida muhim ahamiyat- 
ga molik bo‘ldi. Ularning izlanishlari keyinchalik struktur 
adabiyotshunoslik, semiotik tahlil kabi yo'nalishlar uchun 
asos, rivojlanish omili bo'lib xizmat qildi. Formai maktab 
namoyandalarining asariari hozirda ham poetika sohasida 
amalga oshirilayotgan tadqiqotlar uchun boy manba, ilmiy 
asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
Shuningdek, adabiyotshunoslikda badiiy asarning 
shakliga ko‘z yumib, uning qimmatini mazmundan kelib 
chiqibgina baholashga urinishlar ham bo'lgan. Xususan, 
20-yillar sho'ro adabiyotshunosligida mafkuraning sinfiy 
shartlanganligi haqidagi marksistik ta’limotni bayroq qilib 
oigan adabiyotshunoslar faoliyatida badiiy asarni faqat 
g‘oyaviy mazmunidan, sinfiy mohiyatidan kelib chiqib ba- 
holash amaliyoti kuzatiladi. 0 ‘zlarini mutlaqo yangi - pro- 
letar adabiyoti vakillari deb bilgan bu adabiyotshunoslar 
badiiy ijod toMaligicha jamiyatdagi iqtisodiy munosabatlar 
va ijodkorning sinfiy mansubligi bilan bevosita bog'liq deb 
hisoblaydilar. Ularning talqinidagi badiiy adabiyot bilan ijti- 
moiy fanlarning mazmun-mohiyati-yu maqsadlari mutlaqo 
farqsiz, adabiyot ijtimoiy hayotning shunchaki «obraz- 
li illyustratsiyasi», xolos. Badiiy adabiyotning mohiyatini 
bunday tor va siyqa talqin qilish sho'ro adabiyotshunos-
1 Эйхенбаум Б. О литературе. Работы разных лет. - М., 1987. - С.375.
142
www.ziyouz.com kutubxonasi


ligida o‘sha yillariyoq keskin qoraiandi, unga «vulgar sot- 
siologizm» degan nom berildi. Sirasi, ushbu nom hodisa 
mohiyatini aniq-ravshan ifodalaydi ham. Zero, birikmadagi 
«sotsiologizm» so‘zi ijtimoiy hayot bilan bog‘iiqlikni ang­
laisa, uni aniqlayotgan «vulgar» so'zi «siyqa», «qo'pol», 
«jo‘n» ma’nolarini ifodalaydi. Ya’ni vulgar sotsiologizm 
adabiyotning tabiatiga xos ijtimoiylikni jo'nlashtirib, siyqa- 
lashtirib talqin qiladi. Adabiyotga vulgar sotsiologik yon- 
dashuvning mohiyati, tahlil va baholash tamoyillari uning 
V.M.Friche, V.A.Keltuyala, V.F.Pereverzev kabi nazari- 
yotchilari asarlarida, shuningdek, mafkuralashgan turli 
proletar yozuvchilar uyushmalarining nashrlari bo‘lmish 
«На литературном посту», «На посту» kabi jurnallarda 
chop qilingan maqolalarda aks etgan.
Ta’kidlash kerakki, vulgar sotsiologizm badiiy adabi­
yotning san’at hodisasi ekanini inkor qilish, uni mafkura 
quroliga aylantirishning qo‘pol ko‘rinishi edi. Bunday deyi- 
shimizning boisi shuki, garchi sho‘ro adabiyotshunosligi 
vulgar sotsiologizmga o‘z vaqtida keskin zarba bergan 
bo‘lsa-da, uning o‘zi ham to oxirgi kunlariga qadar bir 
oyog‘i bilan shu mavqeda turdi, ya’ni mohiyatan u badi­
iy adabiyotga shu xil yondashuvning «yumshoq» varianti 
edi, xolos. Sho‘ro davrida yangi tuzumni, kommunistlar 
Yüklə 8,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin