Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi


www.ziyouz.com kutubxonasi BADIIY ASAR MAZMUNI



Yüklə 8,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/179
tarix29.11.2023
ölçüsü8,8 Mb.
#169675
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   179
Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari (2018)

146
www.ziyouz.com kutubxonasi


BADIIY ASAR MAZMUNI
Badiiy mazmun obyektiv va subyektiv ibtidolar birligi si-
fatida. Badiiy mazmunning yuzaga chiqishi va mazmun
uzvlari haqida. Badiiy asar mazmunining aktual va tub es-
tetik qailamlari xususida. Ijodkor dunyoqarashi va badiiy
mazmun, Badiiy mazmunning o‘ziga xos xususiyatlari
Avvalo, badiiy asarda tasvirlanayotgan va badiiy idrok 
etilayotgan narsani farqlash zarur. Negaki, adabiy asarlar- 
da bu ikkisi doim ham aynan emas: bir narsa tasvirlan- 
gani hoida butunlay boshqa narsa idrok etilishi mumkin 
(« 0‘g‘ri», «Na’matak», «Soxta Néron»). Shu bois ham 
badiiy asar mazmuni unda tasvirlanayotgan hamda idrok 
etilayotgan narsalar birligida tushuniladi. Mazkur fikrni 
izohlashga masal g'oyat qulay bolganidan misol o‘laroq 
Ezopning «Toshbaqa bilan Quyon» masalini olaylik: 
«Toshbaqa bilan Quyon qay birimiz chopag'onmiz deya 
bahslashib qolishdi-yu bahsni beliashuvda hal qilishga qa- 
ror berishdi. Quyon o'zining tug‘ma chopag‘onligiga isho- 
nib unchalik jon kuydirmadi: yo‘l chetiga yonboshladi-yu 
qattiq uyquga ketdi. Toshbaqa esa o'zining imiliab yurishi- 
ni bilgani uchun beto'xtov chopdiki, natijada bahsda g‘olib 
bo'lib mukofot oldi.
Alqissa, ko'pincha kamolga yetkazilmagan tug‘ma iste’- 
doddan mehnatsevarlik ustun keladi».
E’tibor berilsa, masalda tasvirlangan narsa - Toshbaqa 
bilan Quyon bahsi ham, masalchining «alqissa» deya qis- 
sadan hissa tarzida chiqarayotgan xulosasi ham o“z holi- 
cha mazmunga egaligini ko'rish qiyin emas. Ayni chog‘da, 
masal mazmuni shu ikkisining birligidagina yuzaga chiqa- 
di. Zéro, masalan, xuddi shu «Toshbaqa bilan Quyon» vo-
147
www.ziyouz.com kutubxonasi


qeasini bundan boshqacharoq hayotiy holatga tatbiq et- 
gan holda « 0 ‘zingni er bilsang, o‘zgani sher bill» degan 
xulosa chiqarish ham mumkin. Shuningdek, «Ko‘pincha 
kamolga yetmagan tug‘ma iste’doddan mehnatsevarlik 
ustun keladi» degan xulosani boshqa bir voqea asosida 
ham chiqarsa bo'ladi. Ayon bo'ldiki, badiiy asar mazmu- 
ni deyilganda uning birgina g'oyaviy mazmunini tushunish 
ham, unda tasvirlangan voqealar mohiyatidan kelib chiqa- 
digan mazmunnigina tushunish ham yanglishdir. Bu esa 
badiiy asar mazmunining obyektiv va subyektiv birlik ekan- 
iigi bilan bog'liq izohlanadi. Agar asarda tasvirlanayotgan 
shaxslar, narsalar, voqea-hodisalar, xullas, tasavvurimizda 
gavdalanuvchi badiiy voqeiikni obyektiv ibtido desak, ijod- 
korning o‘zi tasvirlayotgan badiiy voqelikka munosabati va 
shundan tug'iluvchi o‘y-fikrlari-yu his-tuyg‘ulari subyektiv 
ibtidoni tashkil qiladi. Shunga ko‘ra, badiiy asar mazmuni­
ni so'zlab berish mumkin emas. Odatda, amaliyotda ko‘p 
duch kelinadigan «mazmunni so'zlab bering» deyilgan 
holatlarda uning bir qirrasi, aniqrog‘i, mazmunni uyushti- 
ruvchi muhim unsur - fabula, ya’ni asarda tasvirlangan 
voqeaiar haqiqatda yuz berish tartibida so'zlab beriladi, 
xolos. Sirasi, buni hatto muallifning o‘zi ham uddalay ol- 
maydi, chunki «bitta daryoga ikki marta sho‘ng‘ish mum­
kin emas». Ya’ni yozuvchi o‘sha asarni yaratish paytidagi 
ma’naviy-ruhiy holatiga aynan kirolmaydi, demak, mabodo 
mazmunini «so'zlab» berishga jazm etgudek bolsa ham, 
asarda aks etgan 
o ‘y - h is la r i 
aynan takrorlanmaydi, bas, u 
so‘zlab berayotgan mazmun ham endi aynan emas, bosh­
qa bo'ladi.
Adabiyotshunoslikda «tema» (mavzu) termini ikki 
ma’noda faol ishlatiladi: 1) asarda tasvirlanayotgan hayot 
materiali; 2) asarda badiiy idrok etish uchun qo'yilgan ij- 
timoiy, ma’naviy-axloqiy, falsafiy va boshqa problemalar 
majmuyi. Shuningdek, bu ikki ma’noni birlashtiradigan 
talqin ham mavjud. Jumladan, akademik I.Suitonga ko‘ra,
148
www.ziyouz.com kutubxonasi


«mavzu - yozuvchi ongida va qalbida hali badiiy shakllan- 
tirishni talab qilib yotuvchi hayotiy material va sotsial-axlo- 
qiy problemadir». Ko'rib turganimizdek, ustoz «mavzu» va 
«problema» terminlariga sinonim sifatida qaraydi: «Yozuv- 
chini hayajonga solgan va qoliga qalam olishga majbur 
etgan hayotiy material «mavzu» yoki «problema» deb ata- 
ladi».1 Bundan farqli o'laroq, biz mazmun komponentlari- 
ni badiiy ijod jarayoni va asarda namoyon bo'lishi nuqtayi 
nazaridan farqlash tarafdorimiz. Shunga ko'ra, «proble­
ma» va «mavzu» alohida tushunchalar, ularni ikkita ata- 
ma bilan nomlash to‘g‘ri bo'ladi deb hisoblaymiz. Endigi 
vazifamiz shu qarashni badiiy ijod tabiatidan kelib chiqqan 
holda asoslash bo‘ladi.
Badiiy asar ijodkorning borliq bilan munosabati mahsuii 
o'laroq dunyoga keladi, Ya’ni borliqda yashayotgan individ 
sifatida ijodkorni muayyan muammolar o'ylatadi, tashvish- 
ga soladi. Ijodkor o‘sha muammoni idrok etishga intilishi 
ichki ehtiyojga aylangani uchun ham asarga qo‘l uradi. 
Tabiiyki, «boshidan o'tgan tabib» deganlaridek, bu masa- 
lani ijodkordan ko‘ra yaxshiroq biladigan bo'lmasa kerak, 
shuni o'ylab A.Qahhorga murojaat etamiz. A.Qahhor yosh- 
lar seminarida so‘zlagan nutqida aytadiki, «yozuvchi biron 
hodisaga o‘quvchida muhabbat yoki nafrat hissi qo‘zg‘ati- 
shi uchun avval o'sha his o‘zida bolishi kerak». His etish 
uchun esa «ijtimoiy hodisalarni tahlil qilish, uning yaxshi, 
yomon ekanini bilish» lozim. «Yozuvchi turmush hodisasini 
tahlil qilganidan so‘ng unga ma’lum munosabatda bo‘ladi. 
Bu munosabati uning qanoati bo'ladi. Uning biron hodisani 
his qilishi mana shu qanoati asosida bo‘ladi».2 E’tibor be- 
rilsa, A.Qahhorning «qanoat» degani bilan biz «problema» 
deb atayotgan tushunchaning bitta narsa ekani ko'rinadi. 
Adib talqinidagi «qanoat» ijtimoiy hodisaning «yaxshi, yo­
mon ekanini bilish»dan tug‘ilgan munosabat ekani shunday
1 k t e a iC y j r r o H . A fla 6 n é T H a 3 a p n flc n . - T o iiiK e H T : YKHTyBHM, 
1986. - B. 172 - 173.
2 Kjawop A. Acapnap. 5 )KnnflnnK. 5->Knnfl. - ToLUKeHT, 1989. - B.66.
149
www.ziyouz.com kutubxonasi


deyishga tola asos beradi. Zero, problema ham ijtimoiy 
hodisalarni ideal asosida mushohada etish, ular orasidagi 
muvofiqlik yoki nomuvofiqlikni anglashdan yuzaga keladi. 
A.Qahhorga ko‘ra, «yozuvchi hech vaqt «Nima to‘g‘risida 
yozsam ekan?» deb o'ylab, keyin birdaniga biron to‘g‘ri- 
da yozishni ixtiyor qilmaydi. Aksincha, hodisaga malum 
munosabati, qanoatidan kelib chiqqan rozilikyoki norozilik 
uni yozishga majbur qiladi, uni o‘z ixtiyoriga qo‘ymaydi».1 
Ya’ni bundan yozuvchining «nima to‘g‘risida yozishi»ni -
mavzuni «qanoat» belgilaydi degan xulosa kelib chiqadi.
Demak, yuzaga kelishi nuqtayi nazaridan problema bir- 
lamchi bolib, u ijodga turtki beradi. Negaki, problemada 
pirovardida ifodalanuvchi g'oya (ya’ni ijodkorning o‘quv- 
chisiga aytmoqchi bolgani) kurtak holida mavjud - uni 
barg yozdirish, obrazlar yordamida shakllantirish va ifoda- 
lash zarur. Ya’ni problemani - uni yuzaga keltirgan omil- 
lar va hal etish yollarini badiiy idrok etish, bu jarayonda 
anglagan haqiqatlari bilan o'rtoqlashish ijodkor uchun endi 
zaruratga, uning ichki ehtiyojiga aylanadi. Shu jihatdan qa- 
ralsa, badiiy asarni «ehtiyoj farzandi» deb ta’riflagan Ab­
dulla Oripov tola haqdir.
Ta’kidlash kerakki, problema haqida yuqorida bildiril- 
gan fikrlarni mutlaqlashtirish ham durust emas. Zero, uiar 
ko'proq epik asarlarga, o'shanda ham ijtimoiy xarakterdagi 
asarlarga tatbiqan o‘zini tola oqlaydi. Deylik, izhor yoki vasf 
asosiga qurilgan lirik she’rlar, shuningdek, majoziy-ramziy 
xarakterda bolmagan peyzaj lirikasi namunalaridan ham 
problema izlash to‘g‘ri emas. Chunki ularning yaratilishi- 
ga turtki bergan narsa - mualliflarining «qanoatidan ke­
lib chiqqan rozilik», mavjud holatdan rozi odamda esa, 
tabiiyki, problema bolmaydi. Ayni chog‘da, yor yoki tabi- 
at go'zalligidan ko'ngilning zavq-u shavqqa tolib ketishi 
ham ijodga turtki beradi - «bo'shanish zarurati»ni yuzaga
10'sha joyda.
150
www.ziyouz.com kutubxonasi


keltiradi. Yoki ommaviy adabiyot vakili sanaluvchi detektiv, 
sarguzasht va fantastik asarlarda ham ko'pincha problema 
ko‘zga tashlanmaydi. Sababi, ularda ¡jodkor maqsadi asar- 
dan chetga chiqmaydi, ya’ni sarguzasht davomidagi o'tkir 
kechinmalar, izquvar bilan birga jumboqlarni yechish-u 
xayolotning mutlaqo erkin parvozidan keladigan zavqning 
o‘zi maqsadga aylanadi. Boshqacha aytsak, ularda san’at- 
ning «o‘y¡n» xususiyati ustuvorlik kasb etib qoladi.
Adabiyotshunoslikda «problema» bilan birga «prob- 
lematika» istilohi ham ishlatiladi. Gap shundaki, hayotni 
qamrov ko'lami keng epik va dramatik asarlarda badiiy 
idrok etilayotgan muammolar ham shunga yarasha, ya’ni 
bir emas, bir nechta problema qo'yilishi mumkinki, ularning 
jami problematika deb yuritiladi. Odatda, asar problema- 
tikasi bir-biriga bog'liq va bir-birini taqozo etuvchi proble- 
malardan tarkiblanib, o'ziga xos butunlikni tashkil qiladi. 
Masalan, « 0 ‘tkan kunlar»ning bosh probiemasini «millat 
ozodligi va taraqqiysi» tarzida ifodalash mumkin bo'lsa, 
uning tolaqonli badiiy idrok eíilishi «milliy birlik», «saltanat 
va raiyat», «taraqqiy va manfaati shaxsiya», «inson erki», 
«ayol huquqi», «otalar va bolalar» kabi qator yondosh 
problemalar yordamida amalga oshadi.
Ijodkoro'zini o'ylatgan, tashvishga solgan muammo(lar) 
ni badiiy idrok etish uchun qulay va keng imkon beruvchi 
hayot materialini tanlab tasvirlaydiki, shu asar mavzusidir. 
Ya’ni «asarda 

Yüklə 8,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin