akslanaveradi). Yuqorida probíemaning o‘zida g‘oya kurtak
holida mavjud boMishini aytdik. Demakki, hayot materialini
tanlashdan boshlab uning qanday umumlashtirilishi, badi-
iy voqelikda obrazlarni iyerarxik tartibda joylashtírish, ular-
ning qiyofasini chizish, fe’l-xo‘yini ta’riflash, xatti-harakat-
lari va ruhiyaíini tasviríash - barida muallif subyekti, u
ifodalamoqchi bo'lgan g'oyaning ta’siri sezilib turadi. Ayni
shu narsa asarning o'quvchi tomonidan qabul qilinishini
boshqaradi, o'quvchini asarni muallif istagandek tushu-
nishga yo‘naltiradi. Shu bois muallifning o‘zi tasvirlayotgan
voqea-hodisalarga g'oyaviy-hissiy munosabati, obrazlar
sistemasida o‘z ifodasini topuvchi problemani anglashi va
baholashi
tendensiya
deb yuriíiladi. Zero, «tendensiya» lo-
tincha so‘z bo'lib, terminga uning «yo‘naltirmoq» ma’nosi
asos bo'lgan.
Yuqoridagilardan ayon bo‘lyaptiki, tendensiya asar
problematikasidan kelib chiqib taniangan hayot materi-
ali talqinini muallif ko'zlagan g'oyaviy-badiiy maqsadga
yo'naltirgan holda badiiy g'oyaga aylantirar ekan. Ya’ni
asarda qo‘yilgan probíemaning qalamga olingan hayot
materiali asosida idrok etilishi va baholanishidan
Dostları ilə paylaş: