Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi


partiyasini, proletariat dohiysini u!ug‘lagan badiiy jihatdan



Yüklə 8,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/179
tarix29.11.2023
ölçüsü8,8 Mb.
#169675
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   179
Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari (2018)


partiyasini, proletariat dohiysini u!ug‘lagan badiiy jihatdan 
nochor asarlarning rag‘batlantirilib, chinakam badiiyat ho­
disasi sanalgan asarlarning e’tibordan chetda qolgani, eng 
yomoni, tazyiq ostiga olingani buning yorqin dalilidir.
Ko‘rinadiki, badiiy asarni o‘rganishga jazm etgan adabi- 
yotshunos, avvalo, uning tabiatidan kelib chiqishi, asar- 
ning shakl va mazmun jihatlarini birlikda olib tekshirishi 
zarur ekan. Tabiiyki, badiiy asarni o'rganayotgan adabiyot- 
shunos uning qaysidir bir jihatini diqqat markaziga qo'yishi 
mumkin. Biroq shunda ham, masalan, asar shakli haqida 
fikr yuritayotgan tadqiqotchi uning mazmunni uyushtirish 
va ifodalash, ta’sirchanligi-yu badiiy jozibasini oshirishdagi
143
www.ziyouz.com kutubxonasi


ahamiyatini; mazmun haqida fikr yuritganda uning shaklga 
qay darajada muvofiqligini nazardan qochirmasligi lozim 
boladi.
Badiiy asarda shakl va mazmunning bir buíun mav- 
judligi, ularni ajratishdagi shartlilik shunchalarki, adabi- 
yotshunosiikda shakl va mazmun komponentlarini íasnif 
qilishda hali-hanuz bir xillik yo‘q. Garchi «shakl» va «maz­
mun» kategoriya sifatida qariyb ikki asr ilgari qaror íopgan 
va shundan buyon o‘rganib kelinayotgan bo‘lsa-da, tasnif 
masalasi hanuz íugal hal etilmagani shakl va mazmunga 
ajratishdagi shartlilikni yaqqol ko'rsatib turad i. Adabiyot- 
shunoslikka oid asarlarni ko'zdan kechirsangiz, ularda 
shakl va mazmun komponentlari tasnifi masalasida, qaysi 
unsurlarni shaklga, qaysilarini mazmunga daxldor deyish 
masalasida turlichalik mavjudligiga guvoh bo'lasiz. Biz 
quyida bunga ayrim misollarni keltirib o'tamiz;
1) tema, ideya, xarakter - mazmun unsurlari; syujet, 
kompozitsiya, til - shakl unsurlari (L.Timofeyev);
2) obraz, syujet, kompozitsiya, ritm, til - shakl unsurlari; 
tema, ideya - mazmun unsurlari (V.GuIyayev, G.Abramo- 
vich);
3) tema, problema, ideya - mazmun unsurlari; syujet, 
kompozitsiya, til, ritm, obrazlar sistemasi - shakl unsurlari 
(Shepilova);
4) tema, g‘oya - mazmun unsurlari; obraz - ham shakl, 
ham mazmun hodisasi; til, badiiy tasvir vositalari, konf- 
likt, kompozitsiya, tur, janr, she’r tuzilishi - shakl unsurlari 
(T.Boboyev);
5) uslub, janr, kompozitsiya, til, ritm - shakl unsurlari; 
tema, tabula, konflikt, xarakterlar, badiiy g‘oya, tendensi- 
ya - mazmun unsurlari; syujet ham shakl, ham mazmun 
hodisasi (V.Kojinov);
6) syujet - shakl ham mazmun unsuri; tema, fabula, 
obrazlar sistemasi, konflikt - ichki shakl; kompozitsiya -
tashqi shakl; g'oyaviy mazmun - mazmun.
144
www.ziyouz.com kutubxonasi


Mazkur íasniflarning hammasida ham asosli va bahsli 
nuqtalarning mavjudligi shubhasiz. Shu bilan birga, agar 
«shakl» va «mazmun» íarzida farqlashning o‘z¡ shart- 
li ekanini etiborga oisak, qachondir hammani birdek qa- 
noaílaníiradigan, hech bir savolga o'rin qoldirmaydigan 
tasnif amalga oshiriíishi mumkinligiga ham ko‘z yeímay- 
di. Deylik, agar syujet asardagi bir-biriga bog'liq voqealar 
jami deb íushunilsa - ham shakl, ham mazmun; agar unga 
voqealar orasidagi bog'lanishlar qanday amalga oshganini 
ko'rsatuvchi qolip (sxema) deb qaralsa - shakl; agar shu 
qolip uyushtirayotgan hayot materiali deb bilinsa - maz­
mun hodisasi sifatida tasnif etilishi lozim bo'ladi. Ya’ni 
tasnifning qanday bo'lishi ko‘p jihaídan masalaga yon- 
dashuv bilan ham bog'liq ekan. Shunga ko‘ra, masalaga 
yondashuvimizdan kelib chiqqan holda o‘z tasnifimizni 
aniqlab olishimiz zarur bo'ladi. Zero, ayni tasnif faoliyati- 
mizda konkret adabiy asar tarkibini qanday tasavvur qi- 
lishimiz, pirovardida esa uni qanday tushunishimiz va 
baholashimizni belgilaydigan muhim omillardan biridir. 
Adabiy asar tarkibini tasnif etishda biz mazmunning shaki- 
ni belgilovchilik xususiyati va badiiy ijod jarayoni algoritmi- 
ni asos qilib olarniz. Shu asoslardan kelib chiqilsa, bizning- 
cha, quyidagicha tasniflash to‘g‘ri bo'ladi: 
problema, tema,
tendensiya, g ‘oya
- mazmun unsurlari; 
til, ritm, obrazlar
sistemasi, syujet, konflikt, kom pozitsiya
- shakl unsurlari.

Yüklə 8,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin