ADABIY ASAR KOMPOZITSIYASI
Badiiy asardagi shakl komponentlarini mazmunni shakl-
lantirish va ifodalash uchun eng
qulay tarzda uyushtirish
kompozitsiyaning zimmasidagi vazifa sanaladi. Kompozit-
siya
(lot.
tartibga solish, tuzib chiqish) asardagi barcha
unsurlarni shunday uyushtiradiki, natijada unda bironta
ham ortiqcha unsurning o‘zi bo'lmaydi. Zero, har bir un-
sur asar butuniigida o'zining funksiyasiga ega, muayyan
g‘oyaviy-badiiy yuk tashiydi. Asarda ularning har biri o‘z
o‘rnida, me’yorida ishlatilishi,
butun bilan mustahkam alo-
qada boladigan va bu aloqalar anglanadigan tarzda joy-
lashtirilishi muhim. Avval aytganimizdek, yozuvchi ijod
oniaridayoq o'qish jarayonini ham nazarda tutadi. Ayni
shu narsa - o'qish jarayonining ijod jarayoniga ta’siri asar
kompozitsiyasida, ayniqsa, yaqqol ko'rinadi. Kompozitsion
jihatdan yaxshi tashkillangan asardan o‘quvchi to so‘nggi
nuqtaga qadar yangi-yangi mazmun qirralarini kashf etib
boradi, o'qish davomida turfa hissiy holatlarni qalbdan ke-
chiradi, aqliy yoxud ruhiy toliqish, zerikish unga tamomila
yot bo‘ladi. Bulardan ko'rinadiki, kompozitsiya asar qism-
larini badiiy niyat (muayyan badiiy
konsepsiyani shakllan-
tirish va ifodalash, ko'zlangan g‘oyaviy-estetik ta’sir) ijro-
si uchun eng optimal tarzda joylashtirish, ularning o‘zaro
aloqa va munosabatlari ravshan anglashiladigan tarzda
butunlikka biriktirish demakdir. Ya’ni kompozitsiya badiiy
shakl unsuri emas, balki asarning barcha komponentlarini
uyushtirib, uning shakliy va mazmuniy butunligini ta’min-
laydigan, o'qilishi, uqilishi va kitobxonga g‘oyaviy-estetik
ta’sirini boshqaradigan, xullas, uni chinakam san’at ho-
disasiga
aylantiradigan amal, shu amal asoslanadigan
ijodiy tamoyil ekan. Shu bois ham kompozitsiyani - asar-
180
www.ziyouz.com kutubxonasi
ning qurilishida amal qilinayoígan tamoyilni nutq sathidan
íortib tasavvurimizda gavdaianuvchi badiiy voqeligi qadar
barcha nuqtalarida kuzata olamiz, biroq uni konkret his
etib bolmaydi.
Aytilganlardan muayyan asar badiiyati haqida so‘z
ketganda eng avval uning kompozitsíon xususiyatlariga,
ijodkor badiiy mahorati haqida so‘z borganda esa kom-
pozitsiya yaratish mahoratiga ayricha e’tibor
berilishining
bejiz emasligi anglashiladi. Zero, badiiy asarda voqelik
muayyan badiiy shaklda aks etadi, yangi reallik - badiiy
voqelik yaratiladi. Ya’ni san’aíkor bir butunlikdan ikkinchi
bir butunlikni - uning badiiy modeiini yaratadi, hayot mate-
ria!i (dispoziísiya)ni badiiy asar (kompozitsiya)ga aylantira-
di. Shunga ko‘ra, dispozitsiyani kompozitsiyaga aylantira
olish iqtidori ijodkor shaxsning tug'ma imkoniyatlari sirasi-
da g‘oyat muhim sanalib, iste’dod
kuchi uning qay daraja-
da ekani biian belgilanadi.
Kompozitsiyaning mohiyati, funksiyasi va ahamiyati
haqida qarashlar mushtarak bo‘lsa-da, uning elementlari
- kompozitsion birliklar masalasida turlicha fikrlar mavjud.
Jumladan, ayrim mutaxassislar asarning bitta íasvir shak-
li (rivoya, tavsif, dialog, monolog, ichki monolog, makíub,
lirik chekinish kabi) saqlangan qismini, boshqa birlari esa
uning bitta nuqtayi nazardan tasviriangan qismini bitta
kompozitsion birlik hisoblaydilar. Shuningdek,
kompozit-
siyani asar nutq ¡y qurilishidan keíib chiqqan holda tavsif-
lash yoki u haqda syujetni asos qilib oigan holda fikrlash
an’anasi ham mavjud. Xullas, manbalarda o‘rganilayotgan
masala bo‘yicha qarashlarning bir-biridan farqlanishini
hamisha yodda tutish, ularni tanqidiy-qiyosiy yondashgan
holda o'zlashtirish maqsadga muvofiqdir.
An’anaga ko'ra, badiiy shaklning uch aspekti farqlanadi:
1) asarning
nutqiy qurilishi,
2) tasvirlanayotgan predmetli
olam -
badiiy voqelik;
3) bu ikki sath birliklarini bir-biriga
o‘zaro munosabatdorlikda va uyg‘un muvofiqlashtirgan
181
www.ziyouz.com kutubxonasi
holda
joylashtirish -
kompozitsiya.
Ushbu an’ana ildizi
antik ritorikaga borib taqaladi. Jumladan, Rim notiqligida
qollangan
inventio
(nutqda taqdim etiluvchi predmetlarni
yaratish),
dispositio
(ularni muayyan tartibda joylashtirish)
va
elocutio
(nutqqa zeb bergan holda yorqin ifodalash)
terminlari1 mos ravishda
badiiy voqelik, kompozitsiya
va
nutqiy qurilish
atamalariga mohiyatan mos keladi. Keyin-
chalik, XVI - XVII asrlarda bu istilohlar G‘arb
poetika ilmi-
ga olib kirilgan. Xullas, badiiy shaklni murakkab, ko‘p sathli
hodisa sifatida tushunish, kompozitsiya - asarda shakl un-
surlarini muayyan maqsadga muvofiq tarzda joylashtirish
nechog'lik katta ahamiyatga egaligini anglash ancha ilgari-
dan boshlangan.
Yuqorida aytganimizdek, asarning nutq sathidan bosh-
lab to badiiy voqeligi qadar o‘z qurilishiga - kompozitsi-
yasiga ega. Bu esa epik, dramatik va lirik turga mansub
asarlarning kompozitsiyasi bir-biridan
jiddiy farq qiladi
deganidir. Shuning uchun ham ularning har biriga alohida
to'xtalish kerak bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: