karvonsaroy
va unda
kechgan
voqea
obrazlari Otabek bilan Homid bahsi asosi
da
xarakter va sharoit
obrazini yaratishga zamin yaratadi.
Nihoyat, bularning bari asardagi eng ko'lamli obraz - ba
diiy voqelikning muhim uzvi, detallaridir.
Epik asarda personajlar sistemasi - uiarning o'zaro
aloqadorlikda joylashtirilishi g‘oyat muhim ahamiyat kasb
etadi. Amaliyotda «obrazlar sistemasi» va «personajlar
sistemasi» terminlari ba’zan sinonim o‘laroq qo'llanadiki,
bu to‘g‘ri emas. Negaki, «obrazlar sistemasi» atamasi,
yuqorida ko‘rib o‘tdik, asardagi barcha obrazlarni anglat-
sa, «personajlar sistemasi» deganda shuning bir qismi -
inson obrazlari tizimigina ko‘zda tutiladi. Personajlarning
sistemada tutgan o‘rni, zimmasidagi g'oyaviy-estetik yuk
zalvori bir xil emas. Shu jihatdan asardagi personajlar (bu
narsa katta epik janrga mansub asarlarda yaqqol ko‘rina-
di) tabaqalanadi, ya’ni ular
bosh personaj
(yoki
bosh qah-
ramon), personaj
(yoki
qahramon), ikkinchi darajali perso-
nay'lar va
epizodik personajlar
tarzida bir-biridan farqlanadi.
Bu jihatdan, masalan, « 0 ‘tkan kunlar»da Otabek - bosh
personaj, Kumush, Yusufbek hoji, Homid va Zaynablar -
personaj, Qutidor, 0 ‘zbek oyim, Hasanali va Usta Alim -
ikkinchi darajali personajlar, qolganlari esa epizodik per
sonajlar sifatida tasniflanishi mumkin. Albatta, bu tarzda
tasniflash barcha epik asarlar uchun universal bo'lolmay-
di, bas, hikoya yoki qissa personajlarini xuddi shu yo‘sin
to‘rt pog‘onali tabaqalashga urinish o‘rinsiz. Hatto bittagina
epizod qalamga olingan hikoya personajlarining maqomi
bir xil - tabaqalashtirishning umuman imkoni yo‘q (mas.,
Cholpon «Taraqqiy»; S.Ahmad «Qoplon»).
186
www.ziyouz.com kutubxonasi
Katta epik asarlar personajlar sistemasining element-
lari, odatda, mikrosistema (komponent)larga birlashadi.
Markazida personajlardan biri turuvchi bu mikrosistemalar
badiiy voqelikning to'laqonli bolishini ta’minlash, syujetni
rivojlantirish, muayyan mazmunni shakllantirish va ifoda-
lash kabi maqsadlarga xizmat qiladi. Masalan, « 0 ‘tkan
kunlar»dagi Homid mikrosistemasi Mutai, Sodiq va Jan-
natni o‘z ichiga olib, syujetni harakatlantirishda muhim
ahamiyat kasb etadi. Yoki Homidning tarafkashi bo'lmish
qo'rboshi bilan Otabek vositasida roman voqeligiga olib
kirilgan 0 ‘tabboy qushbegi, Musulmonqul va Xudoyorxon
yana bitta mikrosistemani tashkil qiladi. Ushbu mikrosiste
ma markazida dastlab Musulmonqul turadi va u Yusuf-
bek hoji, Azizbek va unga sodiqlik ontini ichgan «shahar
xalqi»dan tarkiblanuvchi mikrosistema bilan ziddiyat hosil
qiladi. Ayni ziddiyat ijtimoiy-tarixiy syujet chizigl voqeala-
rini hàrakatlantiradiki, oqibatda markaziga Xudoyorxon
chiqqan birinchi mikrosistema ikkinchisini barbod etib,
uning o'rniga chiqqan yangi mikrosistema - qipchoqqa
qarshi til biriktirgan Toshkent a’yonlarini o'ziga singdirib
yuboradi. Ya’ni qipchoq qirg'ini shuning natijasidir.
Ko'rinadiki, mikrosistemadagi holat barqaror emas,
muttasil o'zgarib turadi: uning elementlari orasidagi o‘zaro
munosabat ham, biron-birelementining boshqa mikrosiste
malar bilan munosabati ham o'zgarishga sabab bo'lavera-
di. Mikrosistemada muayyan vaqt davomida saqlanuv-
chi holat mohiyatan dramatik asardagi
ko'rinish
kabidir.
Ma’lumki, ko'rinish sahna epizodida ayni paytda mavjud
ishtirokchilar tarkibi bilan belgilanadi, ya’ni personajlardan
birining sahnadan ketishi yo boshqasining qo'shilishi bilan
yangi koYinish boshlanadi. Dramatik asarda syujet haraka-
ti epizodlar almashishida namoyon bolganidek, katta epik
asarlarda voqealar rivoji va yechimga intilishi mikrosiste-
malardagi o'zgarishlarda ko'zga tashlanadi. Shu jihatdan
187
www.ziyouz.com kutubxonasi
qaralsa, mikrosistemaning
Dostları ilə paylaş: |