Epik asar kompozitsiyasi
I
Epik nutqning kompozitsion shakllari, ularning o‘zaro
munosabati. Syujet - epik asarning kompozitsion o‘za-
gi sifatida. Epik asarda obrazlar sistemasi. Personajlar
sistemasi va uning asar qurilishidagi o'rni. Epik asarda
badiiy vaqt xususiyatlari. Nuqtayi nazar. Arxitektonika
- tashqi kompozitsiya haqida. «Kompozitsion tafakkur»
tushunchasi.
Zamonaviy adabiyotshunoslikda epik asar qurilishini
tadqiq etishda matn kompozitsiyasi, syujet kompozitsiyasi,
1 Каронов Д., Ра*монов Б. Гарб адабий-танк;идий тафаккури тарихи очерк-
лари. - Тошкент: Фан, 2007. - Б.167 - 168.
182
www.ziyouz.com kutubxonasi
personajlar sistemas!, badiiy vaqt va zamon, rivoya kom-
pozitsiyasi, nuqtayi nazar kompozitsiyasi kabi masalalar
diqqat markazida turadi.
Epik asar matni
rivoya, tavsif \ia dialogúan
tarkib topadi,
shu bois ular epik nutqning kompozitsion shaklíari sifati-
da e’tirof etiladi. Rivoya makon va zamonda kechgan vo-
qealarni so‘z vositasida aks ettirish, sodda qilib aytsak, hi-
koya qilishdir. Avvalo, aytish kerakki, xuddi ko'chirma gap
tarkibida avtor gapi sintaktik qurilmani yaxlitlashtiruvchi
unsur bo'lgani kabi, rivoya ham epik asar nutq shakllarini
yaxlitlashtiruvchi omildir. Ya’ni tavsif ham, dialog ham rivo
ya orqali, bamisoli rivoyaga o‘rab taqdim etiladi. Agar rivo
ya obyekti harakat bolsa, tavsif turg'un holatdagi narsa,
joy, holat, xususiyat kabilarni o‘z ichiga oladi. Jumladan,
voqea yuz berayotgan joyga oid tafsilotlar, peyzaj, interyer,
portret, muallif xarakteristikasi, ruhiy holat tasviri kabilar.
Ayrim mutaxassislar epik nutqning kompozitsion shaklíari
sirasída
muallif mushohadalarin\
ham alohida ko'rsatadi-
lar. Biroq bunda biroz sun’iylik bor, chunki muallif musho-
hadalari ham tabiatan tavsifning bir ko'rinishi, xolos. Shun-
ga ko‘ra, muallif mushohadalarini ham, lirik chekinishlar
qatori, tavsifning bir ko‘rinishi hisoblash to‘g‘riroq bo'ladi.
Dialogda nutq subyektlari o'zgarsa ham, jarayon baribir ri
voya orqali tasvirlanadi: personajlar nutqini roviy izohlab,
sharhlab, to'ldirib boradi, natijada o'quvchi personaj gapla-
rini go‘yo roviy «qulog'i» bilan eshitadi. Rivoya, tavsif va
dialogning salmog‘i, ularning muayyan ketma-ketlikda va
mutanosib tarzda joylashtirilishi epik asar kompozitsiyasi-
ga qo'yiluvchi muhim talablardan sanaladi. Deylik, rivoya
salmog'i ortib ketgan holda o'quvchining voqea zamiridagi
mohiyatdan chalg‘ib qolishi, tavsif ko'payib ketganida esa
asarning o'quvchini zeriktirish xavfi ortadi.
« 0 ‘tkan kunlar»ning boshlanishini eslang. Adib avval
vaqtni («1264-inchi hijriy, dalv oyining o‘n yettinchisi, qish-
ki kunlarning biri, quyosh botqan, tevarakdan shorn azoni
183
www.ziyouz.com kutubxonasi
eshitiladir...») qayd etadi. So‘ng voqea yuz beradigan joy
(«darbozasi sharqi-janubiyga qaratib qurilg‘an bu dong‘dor
saroy») ataladi. Shundan keyin karvonsaroyda ayni vaqt-
da kechib turgan umumiy manzara tasvirlanadi: «... saroy-
dagi bir-ikki hujrani istisno qilish bilan boshqalari musofir-
lar ila to‘la. Saroy ahli kunduzgi ish-kuchlaridan bo'shab
hujralariga qaytqanlar, ko‘b hujralar kechlik osh pishirish
ila mashg'ul, shuning uchun kunduzgiga qarag‘anda sa
roy jonliq: kishilarning shaqillashib so'zlashishlari, xoxolab
kulishishlari saroyni ko‘kka ko‘targudek...» Adib bularni
go'yo yanada muhimroq gapi bordek tezgina aytadi-da,
saroy to‘ridagi hujraning boshqalaridan afzalligini bir-ikki
qiyos (... anovi hujralarga kiygiz to‘sha!gani holda bu huj-
rada qip-qizil gilam...) bilan anglatadi, shunga mos holda
hujra egasining «boshqacha yaratilishda» - ulug‘vor va
sirli-salobatli ekanini ta’kidlab, bir-ikki portret detallarini
qayd etgach, uni tanishtiradi: «Qandog‘dir bir xayol ichida
o‘lturg‘uchi bu yigit Toshkandning mashhur a’yoniaridan
bo‘lg‘an Yusufbek hojining o‘g‘li - Otabek». Ko‘rib turgani-
mizdek, bularning bari - tavsif, ya’ni ilk jumladan ayni shu
nuqtagacha matnning bitta kompozitsion bolagidir. Matn-
ning keyingi bolagi rivoya shakiida:
«Saroy darbozasidan ikki kishi kelib kirgach, uiardan bi-
ravi darboza yonidag‘i kimdandir so‘radi:
- Otabek shu saroyga tushkanmi?
Bizga tanish hujra ko‘rsatilishi bilan ular shu tomonga
qarab yurdilar». Avvalgi bo‘lakdan farqli o‘laroq, bunda
harakat tasvirlanmoqda, ya’ni bu - musofir Otabekni mar-
g‘ilonlik ota qadrdonining o‘g‘li yo‘qlab kelishi voqeasining
bir qismi. Zero, ilgari aytganimizdek, voqea shu kabi xat-
ti-harakatlardan tarkiblanadi. Shuning ortidanoq kelguchi-
Iar: Rahmat bilan Homid tanishtiriladi, ya’ni yana tavsifga
o'tiladi. So'ng mezbon bilan mehmonlarsuhbati tasvirlana
di - dialog boshlanadiki, u ham, o‘z navbatida, tavsif, shu-
ningdek, rivoya unsuri bolmish izoh va sharhlar - muallif
184
www.ziyouz.com kutubxonasi
remarkalari bilan almashinib turadi. Sirtdan qaralsa, rivoya
salmog‘i tavsif va dialog salmoglga nisbatan juda kamdek.
Shunga qaramay, rivoya uyushtiruvchilik, tashkillovchilik
maqomida turadi. Nega deganda hikoya qilinayotgan vo-
qea - margilonliklarning musofirni yo‘qlab kelishlari orqa-
ligina karvonsaroyga, Otabek, Rahmat va Homidga oid
tafsilotlar, ularning orasida kechgan suhbat asardan o‘rin
olmoqda.
Epik asar kompozitsiyasining o'zagini syujet tashkil qi-
ladi. Bu tabiiy ham. Negaki, voqeabandlik - epik asar ta-
biatini belgilovchi xususiyat, bu turdagi asarlar makon va
zamonda kechuvchi voqeaiarni hikoya qilish asosiga qu-
riladi. Ilgari aytilganidek, fabula voqealarnlng tabiiy oqimi
bo‘lsa, syujet ularning muayyan maqsadga muvofiq qayta
tartiblangan, ya’ni badiiy qayta ishlangan shaklidirki, shu
bois ayrim manbalarda «fabula» o'miga «syujet», «syujet»
o'rnig^ «syujet kompozitsiyasi» termini ishlatiladi. Ya’ni
syujet haqida aytilgan gaplarning aksariyati mohiyatan
syujet qurilishi - kompozitsiyasi haqidagi gaplardir. Shuni
hisobga olganda, syujet kompozitsiyasi masalasiga yana
to'xtalishga zarurat yo‘q koYinadi.
Obrazlar sistemasi ham kompozitsiya masalasi bo‘iib,
buning asoslari obraz turlari haqida so‘z borganda bayon
qilingan. Obrazning predmetlilik darajasiga ko‘ra tasni-
fi yodga olinsa, detal obrazlardan boshlab badiiy voqelik
qadar bir-biriga bog‘liq iyerarxik tizim ko‘z oldimizga ke-
ladi. Deylik, alohida olib qaralsa, yuqorida tilga olganimiz
karvonsaroy ham bitta obraz bolib, u bir qator detallardan
tarkib topadi:
darbozasi sharqi-janubiyga qaragan,
dongdor,
Toshkent, Samarqand va Buxoro savdogarlari to'xtaydi,
musofirlarga to‘la,
bir-ikki hujrani istisno qilinsa, hammasi band;
kechka tomon shovqinli, jonli, hamma ovqatga unnagan.
185
www.ziyouz.com kutubxonasi
Keltirilgan detallar asosida o'quvchi ko‘z oidida asar-
da yaratilgan badiiy voqelikning bir bolagi - karvonsaroy
obrazi gavdalanadi. Ayni chog'da, ushbu obraz detal sifati-
da voqea - Otabekning yo‘qlab kelinishini to'laqonli tasvir-
lashga xizmat qiladi. 0 ‘z navbatida,
Dostları ilə paylaş: |