O`qish darslarida she`riy asarlarni o`rganish uslubiyati.
Mundarija
I.Kirish. II. Asosiy qism. 2.1. She’riy asarlarni o`qish darslarining maqsad va vazifalari. 2.2. 4-sinf o`qish darsligidashe’riy asarlarni o’rganish yo’llari. 2.3.She’riy asarlarni o`rganishda yangi pedagogik uslubiyatni qo`llash. III.Xulosa. IV.Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Mavzuning dolzarbligi. Muhtaram yurtboshimiz I.A.Karimov “Xalqimizning ma’naviy boyliklarini,jahon sivilizatsiyasi eng yaxshi yutuqlarini o`zida mujassamlashtirgan eng muhim vazifasidir. Faqat shu asosdagina oldimizga qo`yilgan yuksak maqsadlar barchamiz uchun hayotimizning mazmuniga aylanib qolgandagina millatning ongli vatanparvarlik ruhini yuksaltirib, rivojlanayotgan mamlakatlar kabi taraqqiyot yo`lidan ildam qadam tashlash imkoni tug`ildi”,-deb ta’kidlagan edi.
Darhaqiqat, bugungi kunda O`zbekistonning jahon miqyosida munosib o`rin egallashi uchun ma’naviy,siyosiy,iqtisodiy yo`nalishlarda g`oyat muhim va murakkab ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, bu borada O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dastur”i, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O`zbekiston Respublikasida umumiy o`rta ta’limni tashkil etish to`g`risida”gi qarorlari ta’limni muvaffaqiyatli tashkil qilish omillari bo`lib xizmat qilmoqda. Komil insonni voyaga yetkazishda boshlang`ich ta’lim shubhasiz, mustahkam poydevor ro`lini o`ynaydi.
Mavzuning ishlanganlik darajasi. Ma’lumki, boshlang`ich sinf o`quvchilariga ta’lim-tarbiya berishdagi muhum vazifalarning asosiy qismi o`qish darslarida amalgam oshiriladi. O`qish va nutq o`stirish darslari jarayonida Dasturda belgilangan mavzular asosida o`quvchilarga muayyan bilim beriladi. O`qish ko`nikmalarini takomillashtira borish bilan bir qatorda o`quvchilarni ma’naviy barkamol inson ruhida tarbiyalash vazifasi ham diqqat markazida bo`ladi.Boshlang`ich ta’limda o`qish va nutq o`stirish dasturining maqsad va vazifalariga ko`ra o`qish darslari orqali o`quvchilar to`g`ri, ongli, ravon, tez va ifodali o`qishga o`rgatiladi. Bolalar bu jarayonda kitob bilan ishlash ko`nikmasiga ega bo`la boradilar va ularda kitobga muhabbattuyg`usi uyg`otiladi.