Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi



Yüklə 8,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/179
tarix29.11.2023
ölçüsü8,8 Mb.
#169675
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   179
Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari (2018)

syujet situatsiyasi
tushunchasi 
bilan uzviy bog'liqligi ayon bo'ladi.
Tizimdagi personajlar orasida turli-tuman munosabat- 
lar mavjud. Deylik, ayrim personajlar bajarayotgan vazifa 
badiiy detal darajasida. Masaian, bir qarashda To‘ybeka 
obrazi o'quvchining qutidor xonadoni, undagi turmush tar- 
zini jonli tasavvur qilishiga, do‘kondor Ali esa Otabekning 
sevgilisi hijronida o'tkazgan kunlari haqidagi tasavvurni 
to'ldirishga xizmat qiladi, xolos. Ya’ni ikkala holda ham per­
sonajlar zimmasidagi vazifani boshqa biron-bir detal ham 
muvaffaqiyat bilan bajaraverishi mumkindek. Ayni chog'da, 
kundalik turmush manzarasida birchizgi bo‘lish («to'ldiruv- 
chilik») bilan birga ularning birinchisi Kumush, ikkinchisi 
esa Otabek ruhiy holatini anglatishga ham xizmat qiladi. 
Yoki syujet nuqtayi nazaridan qaralsa, Xushro'y Zaynab- 
ning «ko‘zini ochadi» va bu bilan syujet voqealarining 
ma’lum yo'nalishda rivojlanishiga zamin hozirlaydi. Biroq 
kompozitsiya nuqtayi nazaridan qaralsa, uning bundan-da 
muhim funksiyalari borligi koYiladi. Personajlar tizimida 
Xushro'yning Zaynabga 
zidlangani
(kontrast
), Kumush bi­
lan esa 
yonma-yon qo‘yilgani
(sopostavleniye
) ularni kom- 
pozitsion tafakkur unsuriga, muallifning qarashi, bahosini 
ifodalash vositasiga aylantiradi. Zero, ayni munosabatlar- 
ning birinchisi «Zaynab tabiatan emas, sharoit taqozosi 
bilan qotila», ikkinchisi esa «Toshkentga kelgan Kumush- 
ning xatti-harakatlari mohiyatan Xushro‘yniki kabi» degan 
fikrga boshlaydi. Shunga o'xshash, syujet rivojida muhim 
oYin tutuvchi usta Alim kompozitsion nuqtayi nazardan 
Otabek bilan 
yonma-yon qo‘yilgan\
bu ikki personajni qi- 
yosiash orqali adib o‘z zamonida g‘oyat o'tkir muammo
- «yangicha» va «eskicha» fikrlovchi odamlar haqida, 
ulardan qay biri haq ekani haqida mushohada yuritadi, bu 
masala yuzasidan o‘z qarashini ifodalaydi.1
1 Qarang: Куронов Д. Душманни танитган дуст // Мутолаа ва идрок машк^а- 
ри,- Т.: Академнашр, 2013,- Б.3-9
188
www.ziyouz.com kutubxonasi


Ayon bolyaptiki, u yoki bu personajning asar (sistema) 
dagi joyiashuvi, maqomi, boshqa personajlar bilan muno- 
sabatlari unga yuklanayotgan badiiy-estetik funksiyalar 
bilan, yana ham aniqrog'i, yozuvchining g'oyaviy-badiiy 
niyati, ifodalash ko‘zda tutilgan mazmun bilan bevosi- 
ta bog‘liq ekan. Demak, asar personajlar sistemasida u 
yoki bu personaj tabiiy ravishda, ya’ni hikoya qilinayot- 
gan voqealarda ishtirok etayotgani uchungina o‘z-o‘zidan 
o'rinlashib qolavermaydi. Aksincha, personajlar sistemasi 
muayyan reja (badiiy niyat)ga muvofiq ravishda «quriladi», 
shuning uchun ham u epik asar kompozitsiyasining muhim 
komponentiga aylanadi.
Ma’lumki, badiiy asarda tasvirlanayotgan voqealar ma- 
kon va zamonda kechadi, shunga ko'ra, adabiyotshunos- 
likda «badiiy vaqt» tushunchasi keng qollanadi. Avvalo, 
badiiy asarda tasvirlanayotgan voqealarning yuz berish 
vaqti bilan ularni hikoya qilish vaqtini farqlash kerak. 
Asardagi voqealarning yuz berish vaqtini «syujet vaqti», 
ularning hikoya qilinish vaqtini esa «kompozitsiya vaqti» 
deb olinsa, u holda bu ikkisining har vaqt ham bir-biriga 
mos kelmasligini ko‘rish qiyin emas. Chunki asar ustida 
ishlayotgan yozuvchi ijodiy niyatini amalga oshirish yo‘lida 
«badiiy vaqt» imkoniyatlaridan turli yo‘sinlarda foydalani- 
shi mumkin. Deylik, u zaruro‘rinda asar vaqtidan chekinib, 
o‘tmishda yuz bergan voqealarni tasvirlashi («retrospektiv 
vaqt») mumkin. Avvalgi bobda « 0 ‘tkan kunlar» misolida 
voqeaning haqiqatda yuz berish tartibini syujetda o‘zgar- 
tirib berishning estetik samarasini ko‘rib o‘tdik. Retrospek- 
siya deb ataluvchi bu usulning mohiyati shuki, unda yozuv­
chi syujet voqeaiarini, ya’ni faqat oldinga oquvchi vaqtni 
go‘yo to'xtatib qo‘yadi-da, o‘tmishda bo‘lib o‘tgan voqeani 
tasvirlashga o‘tadi. Agar A.Qodiriy mazkur usulni roman- 
ning bittagina o'rnida qollagan bo‘lsa, ba’zi asarlar borki, 
ularning syujet qurilishida retrospeksiya yetakchi mavqe 
egallab, asarning badiiy vaqtidagi va o'tmishdagi voqealar
189
www.ziyouz.com kutubxonasi


navbatma-navbat berib boriladi. Garchi syujetning alohida 
turi sifatida tasnif etilmasa-da, ayrim adabiyotlarda u syujet 
kompozitsiyasi nuqtayi nazaridan 

Yüklə 8,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin