Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi


www.ziyouz.com kutubxonasi Dramatik asar kompozitsiyasi



Yüklə 8,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/179
tarix29.11.2023
ölçüsü8,8 Mb.
#169675
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   179
Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari (2018)

202
www.ziyouz.com kutubxonasi


Dramatik asar kompozitsiyasi
Dramatik asarning tashqi qurilishi. Ramka unsurlari va
ufarning funksiyalari. Qatnashuvchilar ro'yxati. Muallif
qaydiari - remarkalar. Dramatik asarning parda va ko‘ri-
nishiarga bo‘linishi. Aristotel va Gegel drama qismlari ha-
qida. Dramatik asarning kompozitsion qismlari.
Dramatik asar kompozitsiyasi haqidagi gapni uning 
tashqi qurilishi - tashqi kompozitsiyasidan boshlash maq- 
sadga muvofiq. Negaki, bu nav asarning tashqi qurilishi- 
dayoq sahnadagi va sahnadan tashqaridagi unsurlar, ya’ni 
matnning personajlarga tegishli qismi (asosiy matn) bilan 
muallifga tegishli qismi (yondosh matn) yaqqol ajralib tura- 
di. To‘g‘ri, asar muallifi, nomi, janri kabi ma’lumotlarning 
aniq ajralib ko'zga tashlanishi barcha turdagi asarlarga 
hamxos. Biroq dramada, masalan, bundan keyingi ramka 
unsurlari (qatnashuvchilar ro'yxati, parda, sahna yoki epi- 
zodlarning ajratib belgilanishi, voqea kechadigan joy tavsifi 
va b.) ham sahna voqeasidan aniq ajralib turadi. Masalan:
Sharof BOSHBEKOV
TEMIR XOTtW
Jiddiy komediya
Ishtirok etuvchilar: 
QO'CHQOR - traktorchi 
«ALOMAT» - robot 
OLIMJON - yosh olim 
QUMRI - Qo‘chqorning xotini 
SHAROFAT - qo'shni juvon 
SALTANAT - qo'shni ayol 
SUVON - mulla
TUROBJON - Qo'chqorning o‘g‘li
203
www.ziyouz.com kutubxonasi


BIRINCHI SAHNA
Qishioq. Oddiy, kamtarona hovli. To'g'rida bir necha ustunli 
peshayvon, o'ngda pastakkina ko‘cha eshigi, oldinroqda yog'och 
karavot. Sahnadagi har bir jihoz, har bir buyumda nimadir ye- 
tishmaydi: eshik-deraza romlarining yarmi 
b o ‘y a lg a n , 
yarmining 
rangi o'chib ketgan; yog'och karavotning bitta oyog‘i yo‘q, oYniga 
g'isht terib qo'yilgan; ko'rpa-yostiqqa yamoq tushgan; piyolalar- 
ning labi uchgan yoki chegaiangan, choynakning jo ‘mragiga tu- 
nuka kiygaziigan va hokazo.
Peshayvon ustuniga QO'CHQOR arqon bilan chandib tash- 
langan, ust-boshi, aft-angoriga qarab bo'lmaydi. Shu ko‘yi uxlab 
qolgan bo'lsa kerak, avval sekin qimirlab qo'yadi, so‘ng ko'zini 
ochmay esnaydi. Oyoq-qo‘linnng o'ziga bo'ysunmayotganiga 
hayron bo‘lib, bir-ikki chiranib ko‘radi.
Ramka unsurlarini navbati bilan bir-bir koYib o'tamiz. 
Eng avval, muallif ismi-sharifi, Muallifning kim (klassik, 
mashhur, taniqli, boshlovchi) ekani o'quvchining asar- 
ga dastlabki munosabatini belgilovchi omildir. Zéro, mu­
allif nomi bilan boglîq holda o‘quvchida muayyan 
estetik
kutuv
hosil bo'ladiki, mutolaa davomida kutuvi yo o‘zini 
oqlaydi, yo sarob bo'lib chiqadi, yo kutilmaganlik effektiga 
do'nadi. Hozirda urf bo'lgan so‘z bilan aytsak, muallif nomi 
o‘ziga xos «brend»dir. Albatta, asarni tovarga mengza- 
ganimiz biroz qo‘pol ko'rinar, lekin bu oYinda mohiyatdagi 
mushtaraklik, funksiyalar o'xshashligiga ko‘z yumish ham 
to‘gYi bo'lmaydi.
Asar nomi - sarlavha ham o'quvchi diqqaîini jalb etishi, 
qiziqtirishi lozim. Masalan, «Ternir xotin» haqida umuman 
ma’lumotga ega bolmagan odam uchun nomdagi sirli- 
lik kutuvni kuchaytiruvchi omil bo‘ladi. Tezdayoq, ishtirok 
eiuvchilar ro‘yxati bilan tanishgach, sirni fahmlaydi (ya’ni 
sarlavha mavzuga ishora qiladi) va endi qiziqishi robot 
ishtirokidagi voqeaga yo'naladi. Aksincha, «Ternir xotin» 
haqida eshitgan (yoki filmini koYgan) odam uchun sar-
204
www.ziyouz.com kutubxonasi


lavha ham «brend» bo!¡adi, ya’ní u asami íanib oladi. Ayni 
chog'da, sarlavha ta’sirida «íanish»ni eslashdan hosil 
bo‘lgan qiziqish va kutuvning tabiati o'zgacha: «Asar haqi- 
da o'zgalardan eshitganim baholar qay darajada to‘g‘ri?» 
yoki «Uni ekran talqini mashhur qilganmi yo asarning o‘z¡ 
ham zoYmidi?» qabilida. Sarlavhaning eng umumiy funksi- 
yasi asar mavzusiga ishora qilish, uni lo'nda ifodalashdan 
iboratdir. Masalan, juda ko‘p dramatik asarlar («Jaloiiddin 
Manguberdi», «Mirzo Ulug‘bek», «Alisher Navoiy» va b.) 
sarlavhasiga ularning ishíirokchisi bo'lmish shaxs nom~ 
lari chiqariladi. Bunday nomlarning aksariyati asarning 
tarixiy-biografik xarakterda ekani, sarlavhaga chiqarilgan 
shaxsíar bilan bevosiía bog'liq tarixiy voqealardan bahs 
etishini anglatadi. Shuningdek, ba’zan sarlavhaga asarda 
qo‘yügan asosiy muammo (Behbudiy «Padarkush yoxud 
o'qimagan bolaning holi»; Hoji Muin «Eski maktab, yangi 
maktab»; I.Sulton «Imon») ham chiqarilishi mumkin. Ayrim 
hollarda sarlavha orqali asarda tasvirlangan voqealarga 
g'oyaviy-hissiy munosabat lo'ndagina ifoda etiladi. Jum- 
ladan, Hamzaning «Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari», 
«Tuhmatchilar jazosi»; A.Qahhorning «Tobutdan tovush», 
«OgYiq tishlar» pyesalarining nomlanishida ayni shunday 
holni kuzatish mumkin. Albatta, aytganlarimiz sarlavhaning 
badiiy-estetik funksiyalari haqidagi eng umumiy gaplar, 
xolos. Holbuki, har bir konkret holda sarlavha bulardan 
boshqa funksiyalarni bajarishi, kutilmagan ma’no qirralari- 
ni namoyon etaverishi ham mumkin. Demak, sarlavhaga 
muhim kompozitsion unsur sifatida qarash, asar íahlilida 
buni yodda tutish maqsadga muvofiqdir.
Sarlavhadan so'ng, odatda, asar janri koYsatiladi. Al­
batta, bu ham shunchaki odat emas, balki o‘quvchini asar- 
ni qabul qilishga emotsional jihatdan «sozlash»ga xizmat 
qiladigan unsurdir. Deylik, sarlavhadan so‘ng «komediya» 
deyilganini koYganida o‘quvchi yayrab kulishga, «trage- 
diya» so'zini koYganida esa o‘tkir va ziddiyatli hislarga
205
www.ziyouz.com kutubxonasi


sherik bo'lmoqqa ruhan choglanadi. Aksar hollarda mu- 
alliflar asar janri bilan birga uning tarkibini ham qayd etib 
o'tadilar: «Besh pardali tarixiy fojia» (M.Shayxzoda «Mirzo 
Ulug‘bek»), «Besh parda, o‘n ko'rinishli drama» (Uyg'un, 
I.Sulton «Alisher Navoiy»), «To'rt pardali komediya. Epi- 
logi bilan» (A.Qahhor «Og‘riq tishlar»). Ayrim hollarda, 
o‘quvchini yanada aniqroq «sozlash» maqsadi bilan bolsa 
kerak, muallif janrni noodatiy tarzda belgilaydi. Masalan, 
«Temirxotin»ning janri «jiddiy komediya» deb belgilangan. 
Avvalo, «jiddiy komediya» deyilishida paradoks borki, shu- 
ning o'ziyoq o'quvchi diqqatini jalb etadi. Ikkinchi tomondan, 
muallif o'quvchisini kulgi ostida jiddiy gaplar yotganidan 
ogoh etmoqda, ya’ni go‘yo aytmoqchi boladiki: «Maqsa- 
dim kuldirish emas, kulgi - o'tkir muammolarga diqqatin- 
gizni tortish vositasi, xolos». Aytish kerakki, asar janrini bu 
kabi qo'shimcha maqsadli qilib belgilash milliy dramaturgi- 
yamizning ilk odimlaridanoq ko'zga tashlanadi. Masalan, 
o‘zbek tilidagi ilk dramatik asar - «Padarkush»ning janri 
«Turkiston maishatidan olingan ibratnoma» deb belgilan­
gan. To‘g‘ri, Behbudiy buning ostida yana «3 parda 4 man- 
zarali, milliy birinchi fojia» deb an’anaviy tarzda asar janrini 
ham qayd etadi. Biroq muallifning o‘zi uchun «ibratnoma» 
muhimroq, bu bilan u yurtdoshlarini ibratlanishga, ko'zni 
ochishga chaqiradi. Shunga o'xshash, E.A’zam «Farrosh 
kampirning tushi» nomli asari janrini «Boshiga «kulfat» 
tushgan bir bekorchixona hangomasi», tarkibini esa «Ikki 
qism - bir talay diydiyodan iborat» deb belgilaydi. Albatta, 
ziyrak o'quvchi «hangoma» deyilganidan qarshisidagi ko­
mediya ekanini darhol fahmlaydi. Shu bilan birga, ishxo- 
naning «bekorchixona», unda yuz bermish voqealar esa 
«bir talay diydiyo» deb atalgani o'quvchiga asarning o'tkir 
satirik ruhda ekanidan darak beradi.
Qatnashuvchilar ro’yxati ham dramatik asarning muhim 
kompozitsion unsurlaridan sanaladi. Uning asosiy vazifa- 
si voqea ishtirokchilari bilan tanishtirishdan iborat. Qatna-
206
www.ziyouz.com kutubxonasi


shuvchilarni qay darajada tanishtirish, ya’ni ularga oid taf- 
silotlarning bor yo yo‘qligi, oz yoki ko‘p bo'lishi muallifning 
g‘oyaviy-badiiy niyati, syujet asosida yotgan voqea tabiati, 
ishtirokchilar tarkibi kabi qator omillar bilan bog‘liq. Deylik, 
misol qiiib olingan «Ternir xotin»da qatnashuvchilarga oid 
tafsilotlar deyarli yo‘q: na yoshi, na qiyofasi, na fe’l-xo‘yi, na 
boshqasiga oid chizgi - hech biri berilgan emas. Masalan, 
bosh qahramonni «Qo'chqor - íraktorchi» deya tanishti­
rish bilangina cheklanilgan. Gap shundaki, asar yozilgan 
davrda - respublikada yetti yoshdan yetmish yoshgacha 
hamma paxtakor bolgan sharoitda bunga ehtiyoj yo‘q edi. 
Zero, «traktorchi» deganining o‘zi erta-yu kech qoramoy- 
ga belanib ishlagani bilan, kosasi oqarmay, hayotda pax- 
tadan ham muhim narsalar bo'lishi mumkinligini xayoliga 
yaqin ham keltirolmay qolgan odamni - ijtimoiy-tarixiy tip- 
ni tasavvur qilish uchun yetarli edi. Bundan farqli o'laroq, 
Hamza «Zaharli hayot...» qatnashchilarini ancha mufassal 
tanishtiradi. Masalan: «Mirzo Hamdamboy. 0 ‘rta bo'yüq, 
mosh-birinch soqol, qizil yuzli, o‘rtacha kiyingan, 55 yosh- 
da, ro‘z-davlatlik bo'lsa ham, ilm ma’rifatdan iroq kishi». 
Personaj qaddi-basti, qiyofasi, yoshi haqidagi tafsilotlar o‘z 
yo'liga, bu yerda muallif uchun eng muhimi - «ilm ma’ri­
fatdan iroq» sifati. íkkinchi qatnashuvchi «Abduqodirboy. 
Mirzo Hamdamboyning oshnasi, Mahmudxonga muhab- 
batlik, birozgina zamondan xabardor kishi. Uzun bo'ylik, 
qora soqol, rasmiy kiyingan» deya taqdim etilganki, bun- 
da «birozgina zamondan xabardor»lik urg'ulanadi. Shunga 
o‘xshash, Mahmudxonning «ovrupocha kiyingan, xususiy 
muallim olib o‘qigan»i, Maryamxonimning esa sevgilisi 
ta’sirida «roman, gazeta, jurnal kabi maorif ta’sirotidan qal- 
bi uyg‘ongan»i ta’kidlanadi. Albatta, bu eng avval asar ja- 
did ma’rifatchisi mavqeyidan turib yaratilgani bilan bog'liq. 
Ya’ni bu tarz tanishtiruvning g'oyaviy-badiiy funksiyasi 
ham aniq - personajlar xatti-harakatlari, voqeaning muallif 
istagan talqinda tushunilishini ta’minlash. Boshqa tomoni,
207
www.ziyouz.com kutubxonasi


Hamza hamma qatnashuvchilarga ham bunaqa tafsilli ta’rif 
bermaydi. Ayrimlari haqida «Eshon. Uzun to‘n va katta sal- 
lali», «Sora. Maryamxonning onasi, 35 yoshlarda» deyish 
bilan cheklanadi. To‘g‘ri, bunda muailif munosabatining 
ta’siri seziladi. Biroq, 
yaxiit 
olib qaralsa, qatnashuvchilarga 
berilgan ta’riflarning farqliligida har bir personajning asar- 
da tutgan o‘rni va maqomi, shuningdek, ma’lum darajada 
ularning o'zaro munosabatlari ham namoyon bo'ladi. Shu ji- 
hatdan qaralsa, qatnashuvchilar ro‘yxatini asar personajlar 
sistemasining eskizi deyish mumkinki, u o'quvchining asar 
voqeligini tolaqonli tasavvur etishiga zamin hozirlaydi.
Dramatik asarlarning tashqi kompozitsiyasiga xos ji- 
hatlardan biri ularning parda va ko!rinishlarga bo'linishidir. 
Umuman, asarni bu tarzda bo‘laklarga ajratish an’anasi 
antik davrlardan keladi. Jumladan, Aristotel «Poetika»da 
tragediyaning, bir tomondan, 

Yüklə 8,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin