To‘g‘ri, u yoki bu asarining yoziüshi tarixiga to'xtalgan yo-
zuvchining ijodiy niyat birdan íug‘ilganini ta’kidlagan hollar
ham tez-tez uchraydi. Balki, shundaydir, biroq, masalan,
chaqmoq yarq etishi uchun avval bulutlar elektr zaryadiga
to'yinishi kerak emasmi? Yana tamsil qilsak, Nyutonga qa- „
dar ham necha-necha odamlaming boshiga olma tushgan,
biroq butun olam tortishish qonunining
kashfi faqat unga
nasib etmadimi?! Demak, gap asió olmada emas, bosh-
da ekan-da. Shunga o‘xshash, u yoki bu asarni yozish bi-
lan bogliq ijodiy niyat ham faqat shu haqda o‘ylab yurgan
odamda tug'ilishi mumkin, xolos.
Ijodiy niyatda yaratilajak asarning asosiy chizgilari, bir-
muncha xiraroq tarzda bo‘!sa-da, ko‘zga tashlanib turadi.
Ya’ni ijodiy niyat yaratilajak asarning san’atkor ongida-
gi xomaki eskizidir. Badiiy ijod jarayonining o'ziga
xosligi
shundaki, san’atkor ijodiy niyatdayoq o'quvchiga muayyan
ta’sir qilishni ko'zda tutadi. Baski, maqsad ijroga ta’sir
qiladi, niyat va ijro birlashadi. Bu jarayonni birmuncha
o'zgacharoq tushuntirish qulayroq ko‘rinadi: san’atkorning
estetik ideali bilan mavjud voqelik orasidagi nomuvofiqlik
badiiy ijodga undovchi motiv bolsa, idealga yaqinlashish
ijodning maqsadidir. Demak, ijodiy niyat bilan ijro,
ijod mo-
tivi bilan maqsadining birligi badiiy ijod jarayonini yaxlit,
butun hodisaga aylantiradi. Shu yaxlit jarayon - badiiy ijod
davomida ijodiy niyat ijro etiladi, san’atkorning o‘y-f¡krlari,
bahosi badiiy obrazlar tizimi vositasida moddiylashtiriladi.
Biz
badiiy ijod jarayoni
deganda san’atkor ongida ijodiy
niyat yetilib, «bo'shanish» zarurati yuzaga kelgan paytdan
to asarga so'nggi nuqta qo‘yilgunga qadar bo'lgan
vaqtni
ko'zda tutamiz. Ayni shu vaqt oralig'ida san’atkor ongida
kechgan
ijodiy-ruhiy jarayon
badiiy asarda akslanadi. Shu
bois ham mazkur jarayonning o‘ziga xos xususiyatlariga
ayricha e’tibor zarur. Avvalo shuki, ijod onlaridagi ijodiy-
ruhiy holat san’atkorning bungacha kechirgan hayoti,
ko'rgan-kechirganlari zaminida yuzaga keladi.
Biroq ijod
124
www.ziyouz.com kutubxonasi
onlarida u oldingi hayotidan, zamindan uziladi go'yo: endi
u tamomila o‘zga olchamda - IDEAL olamida yashaydi.
Ayon bo'ladiki, san’atkorning hayot yo‘l¡, unga oid fakt
va hodisalar, shaxsiyati, sajiyasi kabilar bilan badiiy asar
orasidagi aloqa ko‘proq genetik (paydo bolishi,
dunyoga
kelishí jihatidan) xarakterga egadir. Zero, badiiy asarda real
san’atkor emas, uning ijod oniaridagi
ma’naviy-ruhiy bu-
tunligi
aks etadi. Shunga ko'ra, hayotda biz bilgan san’at
kor bilan ijod oniaridagi san’atkor orasiga tenglik alomati
qo'yib bo'lmaydi: real san’atkor bilan asarda aks etgan
muallif obrazi (yoki lirik qahramon) bitta emas. Ikkinchidan,
ijod oniaridagi ijodiy-ruhiy hoiat
betakrorbo'Wb,
bitta daryo-
ga ikki bora sho‘ng‘ib bolmaganidek, san’atkorning
xuddi
shu ijodiy-ruhiy holatga qayta tushishi mumkin emas. De-
mak, o‘zida muayyan ijodiy-ruhiy holatni aks ettirgan badi
iy asar ham betakror (fenomenal) hodisa sanaladi. Shunga
ko'ra, badiiy asardagi har bir unsur o‘sha ijodiy-ruhiy holat
mahsuli, asarda bironta ham ortiqcha unsur mavjud emas.
Zero, asardagi barcha unsurlar, hatto bizning nazdimizda
ortiqchadek tuyulganlari ham muallifning ijod oniaridagi
ruhiy holatini ifodalaydi, demakki, asarning mazmun-mo-
hiyatini anglashga xizmat qiladi.
Aytilganlar
Dostları ilə paylaş: