Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi



Yüklə 8,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/179
tarix29.11.2023
ölçüsü8,8 Mb.
#169675
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   179
Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari (2018)

ijobiy
va 
salbiy
obrazlar, ijodiy metodga ko‘ra 
realistik, romantik, syurrealistik
va b., yaratilish usuliga 
ko‘ra 
fantastik, grotesk va
b., xarakter xususiyati va estetik 
belgisîga ko'ra 
tragik, satirik, yum oristik
obrazlar farqlana- 
veradi. Ko'pincha badiiy obrazning predmetli tomoni - tas- 
vir planidan kelib chiqib 
inson obrazi, jo nivo rlar obrazi, ta-
biat obrazi, narsa-buyum iar obrazi
tarzidagi atamalar ham 
ishlatiladi. Shuningdek, murakkablik darajasiga ko‘ra badi­
iy obrazlarni 
elem entar obraz, detal-obraz, peyzaj (inter-
ye r va natyurmort), in son obrazi, obrazli gipertizim
tarzida 
beshta (A.I.Nikoîayev) yoki ko'lamlilik jihatidan darajala- 
gan holda 
megaobraz, makroobraz, m ikroobraz
(I.Kovalik, 
M.Kotsyubinskaya) tarzida uchta turga ajratish ham e’ti- 
borga molik va, albatta, ilmiy muomalada bu kabi tasniflar
atamalar ham o‘rni bilan kerak. Biroq hozirda mavjud tas- 
niflarning hech biri badiiy obrazlarni to'la qamrab ololmay- 
di. Shu bois badiiy obrazlarni kengroq ko'lamda qamrov- 
chi tasniflardan birini asos qilib olgan holda boshqalarini 
ham e’tiborda tutish maqsadga muvofiq. Tizimli yondashuv 
asosida amalga oshirilgan shunday tasniflardan biri badiiy 
obrazlarni: 1) predmetlilik darajasi; 2) umumlashtirish da-
109
www.ziyouz.com kutubxonasi


rajasi; 3) tasvir va ifoda planlari munosabati (strukturasi)ga 
ko'ra guruhlashni (M.Epshteyn) ko'zda tutadi.
Obrazning predmetlilik darajasi deganda o‘sha obraz 
tasvirlayotgan narsaning kolami nazarda tutiladi. Bu ji- 
hatdan badiiy reallik to‘rtta sathdan tarkib topadi: 1) detai- 
obrazlar; 2) voqea-hodisaiar obrazi; 3) xarakter va sharoit; 
4) dunyo va taqdir obrazi (badiiy reallik).
Detal-obrazlar (tafsiloîlar, narsa-buyumlar, portret, pey- 
zaj) o'zlarining statik holatdaligi bilan farqlanadi. Detal obraz- 
lar zaminida badiiy reallikning ikkinchi qatlami - ichki yoki 
tashqi harakatdan tarkib topuvchi voqea-hodisalar obrazi 
o‘sib chiqadi. Uchinchi qatlamni shu harakat ortida turib uni 
yurgizayotgan «xarakter va sharoit» tashkil qiladi. Xarakter 
va sharoit oldingilarini birlashtirgan holda «dunyo va taqdir» 
obrazini yuzaga keltiradi. Ayon boldiki, badiiy reallik go‘yo 
g'ishtchalar singari butunni tashkil qilishga xizmat qiluvchi 
unsurlardan tashkil topadi va bu unsurlar o'zaro predmetlilik 
darajasi, tasvir kolami jihatidan farqlanadi.
Umumlashtirish darajasiga ko‘ra badiiy obrazlar ikki ji- 
hatdan tasnif etiladi. Birinchisi ko‘proq inson obraziga tat- 
biqan bo'lib, bunda 
individual obraz, xarakter va tipik obraz
(yoki 
tip)
ajratiladi. Shunita’kidlash kerakki, bularning orasi- 
dagi farq doim ham yaqqol ko‘zga tashlanavermaydi, ya’ni 
bu tasnifda muayyan darajada shartlilik saqlanib qoladi. In­
dividual obraz deganda o'zigagina xos bo'lgan fe’l-atvori, 
gap-so‘zlari, betakror xarakter xususiyatlari bilan namoyon 
bo'luvchi obrazlar tushuniladi (mas., « 0 ‘tmishdan ertak- 
lar»dagi Babar, «Mening o‘g‘rigina bolam» hikoyasidagi 
Roqiya bibi). Xarakter deganda muayyan davr va muhit 
kishilariga xos eng muhim, xarakterli umumiy xususiyatlar 
bilan alohida shaxsga xos individual xususiyatlarni o'zida 
uyg'un mujassam etgan obraz nazarda tutiladi. Tipik obraz 
deyilganda esa muayyan ijtimoiy-tarixiy sharoit, davr va 
muhitga xos muhim xarakterli xususiyatlarni o'zida namo­
yon etgan obraz nazarda tutiladi.
110
www.ziyouz.com kutubxonasi


Umumlashtirish darajasiga ko‘ra ikkinchi jihat— muayyan 
darajada turg'un shaklni oigan holda adabiy-badiiy jara- 
yonda iakrorlanishi nuqtayi nazaridan badiiy obrazning 

Yüklə 8,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin