KIRISH
O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi fanni o‘qitishda talabalarning o‘zbek tilidan egallagan bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash va yanada kengaytirish, tanlagan ixtisosligi doirasida davlat tilini puxta bilishlariga yordamlashish , nutqini kasbiy atamalar bilan boyitish, o‘zbek tilida yuqori darajada nutqiy savodxonlikni ta’minlash. O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi fanining maqsadi talabalarning o‘zbek tilidan egallagan bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash va yanada kengaytirish, tanlagan ixtisosligi doirasida davlat tilini puxta bilishlariga yordamlashish, nutqini kasbiy atamalar bilan boyitish, o‘zbek tilida yuqori darajada knutqiy savodxonlikni ta’minlashdir.
Shuningdek, kundalik mehnat faoliyati hamda turmushda zarur bo‘lgan nutqiy mavzularda o‘zbek tilida yuqori darajada nutqiy savodxonlikni ta’minlash, nutqiy mavzularda o‘zbek tilida mustaqil so‘zlay olish va yozish malakalarini takomillashtirish, ixtisoslikka oid turli nutq uslublarida matn tuza olish, uni o‘zgartira olish malakalarini shakllantirishdir. Muayyan nutqiy mavzular doirasida zaruriy grammatik bilimlarni berish, ixtisoslik doirasida og‘zaki va yozma nutqni o‘stirish, o‘zbek tilidagi axborotni tushunish, unga tanqidiy, tahliliy munosabat bildirishni o‘rgatishdan iboratdir.
1-mavzu. O‘zbek tilini sohaga yo‘naltirib o‘qitishning maqsadi, vazifalari. Sohaviy atama va so‘zlarning kelib chiqishi va ularning vazifaviy xususiyati.
O‘zbek tilini sohaga yo‘naltirib o‘qitishning maqsadi talabalarning o‘zbek tilidan egallagan bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash va yanada kengaytirish, tanlagan ixtisosligi doirasida davlat tilini puxta bilishlariga yordamlashish, nutqini kasbiy atamalar bilan boyitish, o‘zbek tilida yuqori darajada nutqiy savodxonlikni ta’minlashdir. Fanning asosiy vazifasi kundalik mehnat faoliyati hamda turmushda zarur bo‘lgan nutqiy mavzularda o‘zbek tilida yuqori darajada nutqiy savodxonlikni ta’minlash, kundalik mehnat faoliyati hamda turmushda zarur bo‘lgan nutqiy mavzularda o‘zbek tilida mustaqil so‘zlay olish va yozish malakalarini takomillashtirish, ixtisoslikka oid turli nutq uslublarida matn tuza olish, uni o‘zgartira olish malakalarini shakllantirishdir. Muayyan nutqiy mavzular doirasida zaruriy grammatik bilimlarni berish, ixtisoslik doirasida og‘zaki va yozma nutqni o‘stirish, o‘zbek tilidagi axborotni tushunish, unga tanqidiy, tahliliy munosabat bildirishni o‘rgatishdan iboratdir.
Amaliy mashg‘ulotga quyidagi mavzular kiradi:
1. O‘zbek tilini sohaga yo‘naltirib o‘qitishning maqsadi, vazifalari. Sohaviy atama va so‘zlarning kelib chiqishi va ularning vazifaviy xususiyati.
2. Sohaviy atamalar va so‘zlarning boyib borish manbalari va usullari.
3. O‘zbek adabiy tili me’yorlari. O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari.
4. O‘zbek adabiy tili. Unli va undosh harflar imlosi O‘zbek tilida tinish belgilari.
5. O‘zbek adabiy tili. Asos va qo‘shimchalar imlosi.
6. O‘zbek adabiy tili. Qo‘shib va ajratib yozish.
7. O‘zbek adabiy tili. Bosh harflar imlosi. Bosh harflar imlosi. Ko‘chirish qoidalari. Tinish belgilarining qo‘llanilishi va qo‘llash xususiyatlari.
8. O‘zbek adabiy tili. Bosh harflar imlosi.
9. O‘zbek adabiy tili. Ko‘chirish qoidalari. Tinish belgilarining qo‘llanilishi va qo‘llash xususiyatlari.
10. Adabiy til me’yorlari. Fonetik va talaffuz me’yorlari.
11. Adabiy til me’yorlari. Imloviy va grammatik me’yorlar.
12. Adabiy til me’yorlari. Lug‘aviy va semantik me’yorlar
13. Adabiy til me’yorlari. Og‘zaki va yozma nutqning o‘ziga xosligi.
14. Adabiy til uslublari
15. Ilmiy uslubda atamalarning qo‘llanilishi.
Soha terminlari fan, texnika, adabiyot, san’at va boshqa sohalarga oid ixtisoslashgan, qo‘llanishi muayyan soha bilan chegaralangan tushunchalarni ifodalaydigan nominativ birliklardir: gulkosa, shona (botanikada); to‘rtburchak, kvadrat (geometriyada); ega, kesim (tilshunoslikda), qofiya, turoq, vazn (adabiyotshunoslikda) kabi.
Terminlarning ifoda plani so‘zga (hujayra, to‘qima) yoki turІun birikmaga (o‘q ildiz, popuk ildiz) teng bo‘ladi. Har ikki ko‘rinishda ham termin leksema deb hisoblanadi, bunda uning nominativ birlik ekanligi e’tiborga olinadi.
Terminlarning mazmun planida muayyan soha tushunchalari ifodalangan bo‘ladi: Masalan, boshoq terminining mazmun planida «poya uchida o‘sadigan to‘pgul yoki to‘pmevaning bir xili» tushunchasi ifodalangan.
Shaklan so‘zga teng termin aslida leksemaning o‘zidir, chunki u ko‘pincha til sistemasida mavjud bo‘lgan yoki shu tilning so‘z yasalish modellari asosida shakllangan leksemaning terminlashishi natijasida yuzaga keladi, natijada terminning ifoda plani ham, mazmun plani ham leksema bazasiga tayanadi. Qiyos qiling: tish (leksema: «odamning tishi», «hayvonlar tishi») - tish (termin: «odamning tishi», «hayvonlar tishi»). Bunda so‘zning leksik ma’nosi termin tushunchasiga tengdir. Demak, terminlarda ko‘pincha leksik ma’no bilan tushuncha o‘zaro teng bo‘ladi: gul-botanikada: «o‘simlikning urchish (ko‘payish) organi»; gul-amaliy san’atda: «Biror narsaga chizib, tikib, bosib yoki o‘yib tushirilgan bezak, naqsh». Bu misollarda gul so‘zi o‘zining bosh ma’nosida botanikada, ko‘chma ma’nosida esa amaliy san’atda terminlashgan. Ammo bir sohaning o‘zida leksemaning ikkita tushuncha nomi sifatida terminlashishi (ko‘p ma’noli termin bo‘lishi) terminologiyaning izchilligiga xilof bo‘ladi. Masalan, urug‘ leksemasi uzoq yillar botanikada ikki tushunchaning nomi bo‘lib keldi: 1) «o‘simlikning urug‘i» (ruscha: semya); 2) «turdan katta, oiladan kichik taksonomik kategoriya» (ruscha: rod). Ba’zan termin o‘ta ommalashib, umumtil birligiga aylanib qoladi. Xususan, radio, televizor, telefon so‘zlari ham ma’lum soha terminlari sifatida yuzaga kelgan, ammo hozirgi paytda bu terminlar ommalashib, barchaning nutqida qo‘llanadigan, barchaga tushunarli bo‘lgan so‘zlarga aylangan. Bu hodisa tilshunoslikda determinlashish deyiladi.
Til kishilarning o‘zaro muloqotga kirishuvi va fikr almashuviga bo‘lgan ehtiyoj natijasida paydo bo‘lgan ijtimoiy hodisadir.
Til paydo bo‘lgandan keyin (bu, olimlarning taxminicha, ibtidoiy jamoa tuzumi davrida yuz bergan) jamiyat tez rivojlana boshlagan.Til jamiyat uchun, uning a’zolari bo‘lmish insonlar uchun xizmat qiladi, shuning uchun til ijtimoiy
hodisa hisoblanadi, ya’ni til yakka odamga emas, balki butun jamiyatga daxldor bo‘lib, shu jamiyat a’zolari yordamida shakllantirilib, rivojlanib boradi.
Shu tufayli ham tilning taqdiri jamiyatning taqdiri bilan chambarchas bog‘liq. Til bo‘lmasa, jamiyatning bo‘lishi mumkin emas, ya’ni til odamlarni jamiyat sifatida jipslashtirib turuvchi buyuk ne’matdir. Jamiyatsiz tilning mavjud bo‘lshi mumkin emas. Jamiyat a’zolari ham tilning yashashi, rivojlanishiga o‘z hissalarini qo‘shadi. Shu munosabat bilan o‘tgan asrning 80-90-yillaridagi o‘zbek tilining ahvolini eslash o‘rinlidir. Bu davrda o‘zbek tilining faoliyat ko‘rsatish doirasi juda torayib, uning yo‘q bo‘lib ketish xavfi paydo bo‘ldi.
Ana shunda jamiyatimizning ilg‘ or vakillari ona tilimizni himoya qilib, uning taqdiri uchun qayg‘urib, amaliy harakatlarni boshlashdi va buning natijasida 1989 yil 21-oktyabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berish haqidagi Qonun qabul qilindi. Aytish mumkinki, bu Qonunning qabul qilinishi istiqlol tomon qo‘yilgan dastlabki qadamlardan biridir.
Til tafakkur bilan, kishining fikrlash faoliyati bilan chambarchas bog‘liq. Har qanday fikr til materiallari asosida shakllanadi.
Dostları ilə paylaş: |