Tilshunoslik terminlari lug’ati: tarkibi va mazmuni



Yüklə 28,01 Kb.
səhifə1/7
tarix21.12.2023
ölçüsü28,01 Kb.
#188838
  1   2   3   4   5   6   7
TILSHUNOSLIK

TILSHUNOSLIK TERMINLARI LUG’ATI:TARKIBI VA MAZMUNI

REJA:

  • 1.Termin va terminologiya haqida umumiy ma’lumot.
  • 2. O‘zbek tili terminoloiyasi fanining maqsad va vazifalari.
  • 3.Til haqida tushuncha.

Termin grekcha terminus so ‘zidan olingan bo ‘lib, chek, chegara degan ma’noni bildiriadi. U fan-texnika, qishloq xo‘jaligi, san’at va madaniyat sohasiga xos so‘z hisoblanadi. Terminologiya - terminlar haqidagi ta’limot va terminlar majmui degan ma’nolarni anglatadi.

  • Termin grekcha terminus so ‘zidan olingan bo ‘lib, chek, chegara degan ma’noni bildiriadi. U fan-texnika, qishloq xo‘jaligi, san’at va madaniyat sohasiga xos so‘z hisoblanadi. Terminologiya - terminlar haqidagi ta’limot va terminlar majmui degan ma’nolarni anglatadi.
  • Termin so ‘zi o ‘rnida ba’zan atama, istiloh so ‘zlarini ishlatish hollari uchrab turadi. Ammo bu to ‘g ‘ri emas. Atama termin so’ziga nisbatan tor tashunchani ifodalaydi. Istiloh so’zi esa arabchadir. Uni xalq tushunmaydi va meyorga aylangan emas. Terminologiya masalalari hamisha tilshunoslikning dolzarb masalalaridan biri bo‘lib kelgan. Chunki terminlarning sohalar lug‘aviy qatlamlaridagi o‘rni va vazifasini belgilash, tushunchaning mazmun-mohiyatini to‘g‘ri anglash imkonini beradi.

Terminologiyaga bag‘ishlangan ishlarning barchasida u yoki bu sohaning muayyan tushunchalarini anglatadigan, definitsiyaga ega bo‘lgan va, asosan, nominativ funktsiyani bajaradigan birliklar termin hisoblanadi deb qaraladi.

  • Terminologiyaga bag‘ishlangan ishlarning barchasida u yoki bu sohaning muayyan tushunchalarini anglatadigan, definitsiyaga ega bo‘lgan va, asosan, nominativ funktsiyani bajaradigan birliklar termin hisoblanadi deb qaraladi.
  • . A.Reformatskiy terminga ta’rif berar ekan, “... terminlar – bu maxsus so‘zlardir” degan xulosaga keladi.

A.V.Kalinin muayyan fanlar va kasbkorlikda ishlatiladigan so‘zlarni “maxsus leksika” deb ataydi va uni ikki guruhga ajratadi. 1. Maxsus leksikaga, birinchi navbatda, terminlar kiradi. 2. Maxsus leksika tarkibiga terminlardan tashqari professionalizmlar ham kiradi. U o‘z fikrini davom ettirib, “Termin bilan professionalizmlar o‘rtasidagi farq shuki, termin bu muayyan fan, sanoat sohasi, qishloq xo‘jaligi, texnikadagi tamomila rasmiy bo‘lgan, qabul qilingan va qonunlashtirilgan biror tushunchaning ifodasidir, nomidir, professionalizm esa biror kasb, mutaxassislik, ko‘pincha jonli tilda tarqalgan, aslini olganda, tushunchaning qat`iy, ilmiy tavsifiga ega bo‘lmagan yarim rasmiy so‘zdir”,-deydi.

  • A.V.Kalinin muayyan fanlar va kasbkorlikda ishlatiladigan so‘zlarni “maxsus leksika” deb ataydi va uni ikki guruhga ajratadi. 1. Maxsus leksikaga, birinchi navbatda, terminlar kiradi. 2. Maxsus leksika tarkibiga terminlardan tashqari professionalizmlar ham kiradi. U o‘z fikrini davom ettirib, “Termin bilan professionalizmlar o‘rtasidagi farq shuki, termin bu muayyan fan, sanoat sohasi, qishloq xo‘jaligi, texnikadagi tamomila rasmiy bo‘lgan, qabul qilingan va qonunlashtirilgan biror tushunchaning ifodasidir, nomidir, professionalizm esa biror kasb, mutaxassislik, ko‘pincha jonli tilda tarqalgan, aslini olganda, tushunchaning qat`iy, ilmiy tavsifiga ega bo‘lmagan yarim rasmiy so‘zdir”,-deydi.

Yüklə 28,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin