Ushbu rivojlanish miya hajmi oʻsishiga mos kelgan boʻlishi mumkin; aksariyat tilshunoslar til tuzilishini tegishli muloqot va ijtimoiy vazifalarga xizmat qilish uchun evolutsiyalangan, deb qarashadi. Til odam miyasining turli, xususan Broca va Wernicke sohalarida ishlanadi. Odamlar tilni yosh bolalik paytidagi ijtimoiy oʻzaro munosabat orqali oʻzlashtiradilar va oʻrtacha uch yoshga kelib ravon gapira oladilar. Til ishlatish odam madaniyatiga chuqur singgan. Binobarin, til faqatgina muloqot vositasi boʻlib qolmay, balki individuallik, ijtimoiy stratifikatsiya, parvarish va ermak kabi ijtimoiy va madaniy rollarga ham ega.

Tillar vaqt oʻtishi bilan oʻzgaradi, ularning evolutsiyasini qadimgi tillar keyingi bosqichlar sodir boʻlishi uchun qanday belgilarga ega boʻlganini aniqlovchi va ularni zamonaviy tillarga taqqoslovchi tarixiy tilshunoslik oʻrganadi.

Umumiy ajdoddan keluvchi tillar guruhiga tillar oilasi deyiladi. Bugungi kunda jahonda eng keng tarqalgan tillar, jumladan inglizcha, ispancha, portugalcha, ruscha va hindchahind-yevropa tillari; mandarin xitoychasi va kantoncha esa sino-tibet tillari; arabcha, amharcha va ivrit esa semit tillari; suahili, zulu va shona esa bantu tillari oilasiga kiradi. Tilshunoslar fikriga koʻra bugun mavjud tillarning 50 dan 90 foizigachasi 2100-yilga kelib yoʻqolib ketadi.