Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi



Yüklə 8,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/179
tarix29.11.2023
ölçüsü8,8 Mb.
#169675
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   179
Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari (2018)

fan, san’at, si-
yosat, huquq
kabi sohalar, ayniqsa, faol va samarali ekani- 
ni ta’kidlash lozim bo'ladi.
Ijtimoiy ong shakllari orasida badiiy adabiyot va san’at 
borliqni badiiy obrazlar vositasida idrok etishi bilan farqla- 
nadi. Xususan, badiiy adabiyot so‘z vositasida ish ko'radi. 
So‘z esa universal bilish va ifodalash vositasi sanaladi. 
So‘z vositasida ish ko‘rgani uchun ham badiiy adabiyot- 
ning badiiy bilish imkoniyatlari anchagina keng: u jamiyat
51
www.ziyouz.com kutubxonasi


hayotidagi turfa muammolarni, inson ruhiyatidagi nozik 
harakat-u evrilishlarni, shaxslararo munosabatlardagi zid- 
diyat-u chigalliklarni badiiy idrok etadi. Ushbu jarayon- 
da anglangan va obrazlarda tajassum topgan haqiqatlar 
o'quvchi ommaning olam va odam haqidagi bilim va tasav- 
vurlarini boyitadi.
Aytilganlardan ayon bo'lyaptiki, adabiyot kishilik jami- 
yatida salmoqli o'rin tutib, uning joriy holati va taraqqiyo- 
tiga kuchli ta’sir ko'rsatadi. Shu jihatdan Cho'lponning 
«Adabiyot yashasa, millat yashar», Abdulla Qahhorning 
«Adabiyot atomdan kuchli...» degan mashhur gaplariga 
shunchaki chiroyli lutf deb qaramaslik joiz. Biroq adabiyot- 
ning o‘rni va ahamiyatini anglashga ojiz, uni shunchaki 
ko'ngil xushi deb biladiganlar hamisha bo'lgan, afsuski, 
hozir ham yo‘q emas. Shu bois bu masalaga batafsilroq 
to'xtalish foydadan xoli bo'lmaydi.
Badiiy adabiyotning jamiyat hayotidagi o'rnini aniq 
tasavvur qilish uchun u bajaradigan ijtimoiy funksiyalar 
(vazifalar) nimalardan iborat ekanligini ko‘rib chiqish ke- 
rak. Badiiy adabiyot zimmasidagi eng muhim va birinchi 
navbatdagi vazifani qisqa qilib 
insonni komillikka yetaklash
deya ta’riflash mumkinki, uning uddalanishi 
jamiyatning
mukammallashuviga xizmat qiladi.
Shundan kelib chiqsak, 
«badiiy adabiyot dunyoni o'zgartiradi» deyilsa ham aslo 
mubolag'a emas, ayni haqiqatdir. Zero, 
badiiy adabiyot
insonni o'zgartirish orqaii dunyoni o'zgartiradi.
Ishtibohlar- 
dan butkul forig' etmoq uchun buning amalga oshish me- 
xanizmiga bir qur nazar tashlash maqsadga muvofiq: ba­
diiy adabiyot real voqelikni aks ettiribgina qolmaydi, yo'q, 
u ideal asosida fikrlaydi - voqelikni ideal asosida qayta 
yaratadi, chinakam san’at asaridagi badiiy hukm ideal- 
dan kelib chiqqan holda chiqariladi. Ideal esa, ma’lumki, 
o'zida mukammal inson, mukammal jamiyat haqida ming 
yillar davomida shakllanib kelayotgan tasavvurlar, orzu-in- 
tilishlarni mujassam etadi. Ijodkor sog‘ingan ideal badiiy
52
www.ziyouz.com kutubxonasi


asar orqali o‘quvch¡ga, o‘quvchilarga ko'chadi va, biíingki, 
ideal sog'inchini o‘ziga yuqtirgan o'quvchi o'zgargan in- 
sondir. Insonning o‘zgarishi esa, tabiiyki, jamiyatda, dun- 
yoda sodir bo'lajak o'zgarishlarning asosidir. Demak, ba- 
diiy adabiyotning eng muhim vazifalaridan biri jamiyatni 
shu íarzda mudom idealga yaqinlashtirib, muvofiqlashtirib 
borish ekan.
Mutaxassislar san’at, xususan, badiiy adabiyot haqida 
so‘z borganda ularning polifunksionalligi, ya’ni ko'p vazifa 
bajarishini aytadilar. Yana bir jihati, adabiyotshunoslikka 
oid manbalarda bu vazifalarning adadi ham, tarkibi ham 
turlicha. Quyida biz badiiy adabiyot ijtimoiy hayotda baja- 
ruvchi vazifalar xususida qisqacha to'xtalib o'tamiz.

Yüklə 8,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin